А Х Б О РО Т Т ЕХ Н О Л О ГИ Я Л А РИ
N ozim bek Z A R IPO V
Buxoro davlat universiteti
axborot texnologiyalari
kafedrasi o' qituvchisi
U M U M IY O ‘R TA T A ’L IM M A K T A BLA R ID A IN FO R M A TIK A FA N IN I O ’Q ITISH D A
D A ST U R L A SH M U H IT ID A N FO Y D A L A N ISH N I T A K O M ILL A SH T IR ISH Y O ’LLA RI
Umumiy o ’rta ta ’lim maktablarida o ’quvchi yoshlarda mustaqil dastur tuzish k o ’nikmalarini
shakllantirish, dasturlash tillariga qiziqtirish, ularni kelajakda o ’z o ’rinini topishiga va mamlakat rivoji uchun
mukammal dasturlar yaratishiga turtki bo ’ladi.
Tayanch tushunchalar: dastur, dasturlash muhiti, delphi, maydon, alias, komponent, ilova,
m a ’lumotlar bazasi.
Эта статья развивает навыки самостоятельного программирования у учащихся средних
школ, помож ет развивать интерес к программированию и помочь им найти свое место в будущем, а
также создавать лучшие программы для развития страны.
Опорные понятия: программное обеспечение, среда программирования, delphi, поле, alias,
компонент, приложение, база данных.
This article develops self-programming skills among high school students, helps to develop an interest
in programm ing and help them fin d their place in the future, as well as create better programs fo r the
development o f the country.
Supporting concepts: software, programm ing environment, delphi, field, alias, component,
application, database.
Hozirgi kunda umumiy o ’rta ta ’lim maktablarida dars jarayonini sifatli tashkil qilish va o ’quvchilami
fanga qiziqtirish, mavzuni tushuntirishda zamonaviy axborot kommunikatsion va pedagogikaning innovatsion
texnologiyalaridan foydalanish hozirgi kunning dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi. Umumiy o ’rta ta ’lim
maktablarida dars mavzusi mohiyatini tushuntirishda o ’quvchini oddiy ma’ruza orqali yoki daftarga
ma’lumotlarni yozdirib qo’yish bilan fanga qiziqtirish, o ’quvchilami o’zlashtirishini to ’liq ta ’minlash bugungi
jadal rivojlanish davrida juda masala hisoblanadi. Shu sababli dars jarayonida mavzuga oid ko’rgazmali
materiallar, kompyuter, trenajor dasturlar, elektron doska, proyektor, o ’yin dasturlaridan foydalanish
o’quvchilami fanga qiziqtiradi va sinfda sog’lom raqobatni tashkil qiladi. Informatika va axborot
texnologiyalari fanini o ’qitishda dasturlash muhitlariga yo’naltirilgan to ’garaklar tashkil qilish, musobaqalar
uyushtirish o ’quvchilarda fikrlash qobiliyatini o’stiradi, mustaqil qaror qabul qilishga o ’rgatadi, aniq fanlarga
ayniqsa, matematika, fizika fanlariga bo’lgan qiziqishini orttiradi.
Hozirda umumiy o ’rta ta ’lim maktablarda informatika va axborot texnologiyalari fani bo’yicha
o’quvchilar ma’lumotlar bazasi, web dasturlash, kompyuter grafikasi, axborot xavfsizligi, dasturlash tillari
bo’yicha saboq olib kelmoqda. Dasturlash bo’yicha komponentlarga boy va o ’quvchi o ’zlashtirishi uchun oson
bo’lgan dasturlash muhiti bu Delphi hisoblanadi. Delphi muhitida harakatli o ’yin dasturlari, ma’lumotlar
bazasi bilan ishlash, grafikli dasturlar, biror jarayonni hisoblash dasturi, test dasturlari yaratish mumkin. Delphi
muhitida m a’lumotlar bazasi ishlash har xil turdagi jadvallarini yaratish imkonini beradi. Ma’lumotlar bazasi
bilan ishlashni quyidagi test dasturi misolida ko’rib chiqamiz. Avvalo Delphi ilovasida ma’lumotlar bazasi
bilan ishlaydigan Alias hosil qilinadi. Alias - bu ma’lum bir guruhga tegishli bo’lgan jadvallarni qaysi toifaga
tegishli ekanligini va jadvallar yo’lini o’zida saqlaydi. Delphi menyusining DataBase bo’limidan Explore
buyrug’i mavjud bo’lib, bunda m a’lumotlar bazasini yaratish mumkin. Explore oynasidan Object, New
bo’limlari orqali m a’lumotlar bazasi nomi shakllantiriladi.(l-rasm)
1-rasm
Path bo’limi jadvallar saqlanadigan papka yo’lini o ’zida saqlaydi. Odatda kompyuter diskida yangi
papka hosil qilinib, shu papka yo’li ko’rsatiladi.(2-rasm)
2-rasm
Ma’lumotlar bazasi nomini qayta nomlash yoki odatdagi Standart nom bilan ham qoldirish mumkin.
Hosil qilingan bazani saqlash uchun oynaning bo’sh sohasiga sichqoncha o ’ng tugmasini bosib, Apple[Ctrl+A]
buyrig’i orqali amalga oshiriladi(2-rasm). Ma’lumotlar bazasida jadval hosil qilish uchun Delphi oynasining
Tools menyusidan Database Desktop buyrug’i tanlanadi. Hosil bo’lgan oynadan File, New, Table bo’limlari
tanlanadi .(3-rasm)
3-rasm
Ushbu oynadan ok tugmasi tanlanadi va Field Name, Type, Size ustunlari 4-rasmda ko’rsatilgan kabi
to'ldiriladi.
4-rasm
Field Name - jadval ustuni nomi;
Type - maydon toifasi ya’ni maydonda qanday turdagi axborot kiritilishini belgilash, masalan: sonli, satrli,
mantiqiy, haqiqiy;
Size - maydon hajmi;
Key - kalit maydonini aniqlash.
Maydon toifasi uchun quyidagilar o ’rinli:
A - Alpha, satrli maydon;
N - Number, butun sonli maydon (-10307 ...+10308);
S - Sonli butun maydon (-32767 .+ 3 2 7 6 8 );
L - Logical, mantiqiy maydon;
O - OLE, tasvir, ovoz, hujjat va boshqalarni saqlash.
Maydon nomini yozishda bo’sh joy (probel)dan foydalanmang. Chunki SQL so’rovida xatoliklar kelib
chiqishi mumkin. Uning o ’rniga tag chiziq (_) yoki
shift+'-' tugmasidan foydalangan ma’qul. Jadval
maydonlari nomi kiritilgandan so’ng, Save as tugmasi bosiladi. Hosil bo’lgan oynaning Alias bo’limidan
o’zimiz hosil qilgan alias nomi(Test) tanlanadi va имя файла qatoriga jadval nomi (Baza Test) kiritilib
Сохранить tugmasi bosiladi.(5-rasm)
5-rasm
Yuqoridagi amallar bajarilgach, m a’lumotlar bazasi va jadval hosil bo’ladi. Endi esa test dasturi oynasini
sozlab olamiz. (6-rasm)
в i— у —
P
6-rasm
Test savollarini qo’shish tugmasi tanlanganda alohida oyna hosil bo’ladi va bu oyna orqali ma’lumotlar
bazasiga test savollari kiritiladi. Savollar kiritish jarayonida to ’g ’ri javob va savol tartib raqami kiritiladi.(7 -
rasm)
7-rasm
Raqam ustuniga savollarning tartib raqami kiritiladi. Javob ustuniga esa
a) javob to ’g ’ri bo’lsa, 0
b) javob to ’g ’ri bo’lsa, 1
c) javob to ’g ’ri bo’lsa, 2
d) javob to ’g ’ri bo’lsa, 3 deb kiritiladi.
Savollar kiritilgandan so’ng testni boshlash tugmasini tanlanadi. Test bajarish oynasi alohida formaga
chiqariladi. Bunda keyingi savollarga o ’tish yoki oldingi savollarni ko’rib chiqish uchun alohida tugmalar
mavjud.(8-rasm)
8-rasm
Yakunlash tugmasi tanlanganda o’quvchiga jami berilgan savollar, to’g ’ri bajarilgan savollar soni va
o ’zlashtirish foizi ekranda hosil bo’ladi.(9-rasm)
9-rasm
Yuqorida bayon qilingan test dasturiga o ’xshash bir qancha ma’lumotlar bazasi bilan ishlaydigan
dasturlar yaratish mumkin, zero avtomatlashtirilgan axborot jamiyatini shakllantirish iqtisodiy va ijtimoiy
muammolarni hal qiladi, ishchi kuchi, vaqt va qog’oz tejachkorligiga erishiladi. Biroq bunday muammolarni
hal qilishda bilim va ko’nikmalarga ega, malakali kadrlar talab qilinadi. Shuning uchun o’rta ta’limning asosiy
vazifalaridan biri yosh avlodni kompyuter bilimlari bilan qurollantirishdan iborat. O’quvchilar kompyuter bor
ekanligini bilish bilan cheklanib qolmasdan, kompyuterga mustaqil ishlay olishi, avtomatlashtirilgan dastur
tuzishi, ularni amaliyotda qo’llay olishi kerak. Buning uchun o ’quvchilar ongida informatika fanining hozirgi
jamiyatdagi o ’rni, vazifasi va ahamiyati haqidagi tushunchalarni rivojlantirish, internet, ijtimoiy tarmoqlar,
mobil ilovalar, elektron kutubxonalar, protokol, serverlar haqidagi tasavvurlarini boyitishdan iborat.
Informatika asosan axborotlar bilan ishlaydi ya’ni axborotlarni hosil qilish, saqlash, qayta ishlash,
uzatish bilan shug’ullanuvchi fandir. Shu sababdan hozirgi kunda internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali turli
xildagi vaqtni behudaga sarflovchi va salbiy turdagi axborotlar ham ko’payib borayotgan bir davrda o ’quvchi
yoshlarni axborot texnologiyalaridan unumli foydalanishi, dasturlash tillarini mukammal egallashlari uchun
yetarli darajada bilim berish va darslarni qiziqarli, ko’rgazmali, zamonaviy texnologiyalardan foydalangan
holda olib borish ta’lim sifatini oshishiga, o’quvchilarni o ’z ustida mustaqil ishlashiga sabab bo’ladi. Buning
uchun avvalo zamonaviy o ’qituvchining jamiyatni axborotlashtirish sharoitida uning tayyorgarligini
belgilovchi omillar mavjud. Bular quyidagilardan iborat:
- kasbiy vazifalarini axborot-kommunikatsion texnologiyalardan foydalangan holda bajara olishi;
- sifatli taqdimot, multimediali va tarqatma materiallarni o ’quvchilar yoshiga mos tasvir va ranglardan
foydalangan holda tayyorlash;
- vaziyatni to ’g ’ri baholash va zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda samarali
qarorlar qabul qilish;
O’qitishda qo’llaniladigan dasturiy ta ’minot vazifasiga qarab quyidagi turlarga bo’linadi:
- avtomatlashtirilgan o ’qitish tizimi uchun mo’ljallangan dasturlar;
- trenajor dasturlar;
- kompyuter o ’yinlari;
- laboratoriya mashg’ulotlari uchun dasturlar;
- o ’quvchi bilimini baholovchi dasturlar;
- mustaqil ta’lim olish uchun mo’ljallangan dasturlar;
Yuqoridagi
sanab
o ’tilgan
dasturiy ta’minotlarni
barcha turlari
o’quvchilarda
axborot
texnologiyalaridan foydalanish madaniyatini o ’stirish, kompyuterda masalalarni bajara olish, ularni
amaliyotda qo’llay bilish, algoritmlash va dasturlash haqida tushunchaga ega bo’lish, aqliy rivojlanishi,
dunyoqarashini kengaytirish, mantiqiy fikrlash qobiliyatini shakllantirish, umuminsoniy qadriyatlarga rioya
etishni rivojlantirishdan iborat.
Hozirgi kunda jamiyat hayotining barcha sohalarida ya’ni ishlab chiqarish, tibbiyot, fan, ta’lim va
boshqa turli sohalarida dasturiy ta ’minotlardan foydalanib ish olib boriladi. Dasturiy ta’minotning afzallik
tomoni shundaki, barcha sohalarda inson omilini kamaytiradi, aniqlik, shaffoflikni ta ’minlaydi, jamiyat
muammolarini hal qiladi. Dars jarayonida esa axborot kommunikatsion texnologiyalaridan foydalanish
o’quvchi yoshlar qiziqishini erta aniqlaydi, ijodkorlik qobiliyatini rivojlantiradi va mustaqil qaror qabul
qilishga o ’rgatadi.
Dasturiy ta’minotlardan foydalanib dars olib borilishining yana bir muhim jihati shundan iboratki, o ’quv
holatini modellashtirishdir. Modellashtirishning asosiy vazifasi o’quvchi tasavvur qilishi va ko’z oldiga
keltirishi qiyin bo’lgan shakllar, jarayonlarni ayniqsa, geometrik shakllar, fizika jarayonlarini tushunarli
bo’lishini ta ’minlaydi. Modellashtirish yordamida o ’quvchilarga m a’lumotlarni grafik rejimda multimediali
ko’rinishda taqdim etish samarali natija beradi. Modellashtirish orqali analitik matematik formulalar,
differensial tenglamalar yechimlarini hisoblash va grafiklarini chizish mumkin. Dasturiy ta ’minot turlari
faqatgina misol va masalalarni yechish, amaliy va laboratoriya mashg’ulotlarini bajarish jarayoni emas, balki
butun o ’quv jarayonida o ’quvchilar bilim, ko’nikma va malakalarini shakllantirishga yo’naltirilgan bo’lishi
lozim.
Xulosa qilib aytganda umumiy o ’rta ta’lim maktablarida informatika va axborot texnologiyalari fanini
o’qitishda dasturlash muhitlaridan foydalanib darsni samarali olib borish quyidagi omillarga bog’liq bo’ladi:
- o ’quvchi va o ’qituvchi hamkorlikda ishlashi;
- zamonaviy kompyuter va axborot texnologiyalari bazasi mavjudligi;
- internet tarmog’ida ishlashning uzluksizligi;
- o ’quvchilarning bilim olishga ishtiyoqi, qiziqishi va o ’zlashtirishning yuqoriligi;
- o ’qitish tizimida bilimli, malakali va tajribali o’qituvchilarning jalb etilishi;
- o ’quv adabiyotlar, elektron darsliklar, o ’quv kurslarining yetarliligi;
- darslar tizimli tarzda olib borilishi;
Mana shu sanab o ’tilgan omillarning amalga oshirilishi umumiy o’rta ta ’lim maktablari dars sifatining
oshishiga, mamlakatimiz uchun malakali dasturchi va pedagoglar yetishib chiqishiga sabab bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |