05-Chilangarlik ma`ruzalar matni


 Dastakli qaychi bilan qirqish



Download 1,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/83
Sana10.06.2022
Hajmi1,65 Mb.
#649883
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   83
Bog'liq
05-Chilangarlik ma`ruzalar matni

7.2. Dastakli qaychi bilan qirqish
Oddiy dastakli qaychilar 
0,5—1 mm qalinlikdagi rangli metallarni qirqish 
uchun qo`llaniladi. Ularning qirquvchi tig`lari to`g`ri va egri shaklda 
tayyorlanadi (110-rasm, a). Kesuvchi tig`larning joylashishi bo`yicha o`ng va 
chap qaychilar bo`lishi mumkin. O`naqay qaychi kesuvchi elementidagi 
chig`iriq o`ngtomondan, chapaqay qaychida esa chap tomondan chigirilgan 
bo`ladi. 
O`naqay kaychi bilan materialni chap chetvdan soat mili yo`nalishila 
qirqiladi, bunda zagotovkadagi reja izlari doimo ko`rinib turadi (I Yu-rasm, y). 
Chapaqay qaychida materialni o`ng chetidan soat yo`nalishig`a qaramaqarish 
yo`nalishda qirqish mumkin (110-rasm, v). 
Bunday qaichi bilan k,irqishda materialni buklab reja izlarini doimo 
nazorat qilib turish chilangarga noqulay. Shuning uchun listlar to`g`ri chiziq 
yoki egrilik (aylana) bo`yicha o`naqay qaychilar bilan qirqiladi. 
Qaychilarning uzunligi 200, 250, 320, 360 va 400 mm, kesuvchi tig`i 
sharnirgacha 55—65, 70—82, 90—105, 100—120 va 110—130 mm bo`ladi. 


35 
111-rasmda qaychini o`ng qo`lning to`rtga barmog`i bilan kaftga qisib, u 
bilan metallni qirqish ko`rsatilgan. 
To`g`ri chiziq ostida qirqishda qo`l qaychilaridan foydalaniladi. Bu holda 
listni qaychining bitta dastasini giraga qisib, ikkinchi dastasini bosib 
qirqiladi (112-rasm, a). 
Sanoat qaychisi o`zining kattaligi bilan oddiy qaychilardan ajralib turadi. 
Bunday qaychi bilan 3 mm. gacha qalinliqdagi listlarni qirqish mumkin. 
Qaychining ostki dastasi giraga yoki yog`och asosga mahkam qisib qo`yiladi 
(112-rasm, 
b, v).
Stol qaychilariningunumdorligi kam. Shuninguchun katga partiyadagi 
zagotovkalarni qirqishda ulardan foydalanilmaydi. 
Kichik o`lchamli kuchaytirilgan qaychilardan diametri 2,5 mm.gacha 
bo`lgan simlarni qirqishda foydalaniladi (113-rasm). Ularning o`lchamlari 
oddiy qaychining o`lchamidan katta emas. Qaychi dastasini giraga qisib 
dastani harakatga keltirish bilan metall qirqiladi. Ishchi dasta ikkita ketma-ket 
birikkan richaglar tizimidan iborat. Qaychining pichoklarini almashtirish, ular 
bilan diametri 8 mm. gacha bo`lgan simlarni kesish mumkin. 
Richagli qaichilar qalinligi 4 mm. gacha bo`lgan po`lat, 6 mm. gacha 
qalinlikdagi alyumin va jez listlarni qirqishda qo`llaniladi (114-rasm). 
Yuqoridagi sharnir usulida mahkamlangan pichoq (2) richag orqali 
harakatga keltiriladi, ostkisi harakatlanmaydi. Pichoqlar U8 rusumli po`latdan 
tayyorlanib, HRC
3
52—60 qattiklikkacha toblangan, kesuvchi qirralarining 
o`tkirlik burchagi 5°—8,5°. Asbobni ishlatishdan avval ishqalanuvchi qismlar 
orasida moyning borligi, richagning erkin yo`li, qirquvchi pichoklar orasidagi 
tirqishlar tekshirilishi kerak. Metallni qirqishda o`ng qo`l bilan richag dastasi (1) 
tik holatga keltiriladi, bu bilan yuqoridagi pichoqham ko`tariladi. Shundan 
keyin dastgohga zagotovka list (3) ko`yiladi.


36 
Jodi qaychi keng tarqalgan bo`lib, undan 1,5—2,5 mm 
qalinlikdagi listlarni (po`lat, dyuralyumin va b.) qirqishda 
foydalaniladi (115-rasm). Jodi qaychi cho`yandan yasalgan 
stanina (1) va stoldan (2) iborat. Kdychi sgsshiga quzg`almas 
pichoq (7) o`rnatilgan. Yuqoridagi pichoqning (4) egri 
chizikdi 
kesuvchi 
tig`i 
pichoq 
ushlagichga 
(5) 
mahkamlangan bo`lib, u muvozanatlagichga (6) ega. Listni 
(3) kesish vaqtida uni yonlama tirgakka (8) jips qo`yib, 
keskichli dastani pastga bosiladi, natijada list qirqiladi. 

Download 1,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish