Hozirda GIS Er yuzasining millionlab tadqiqotchilariga
xizmat qilayotgan
soha hisoblanadi. Ular GISni turli sohalarda qo‘ llamoqdalar – global
muammolarni o‘ rganishda (xududlarning ifloslanishi, qishloq xo‘ jaligini
qayta
tashkil etish, tabiiy ofatlarni o‘ rganish va h.k.) va amaliy masalalarni echishda
(punktlar orasidagi masofalarni aniqlashda, yangi
aholi punktlarini optimal
joylashtirishda, elektr energiyasi va neft va gaz tarmoqlarini o‘ tkazishda, mahaliy
boshqarish tashkilotlarining er munosabatlari masalalarini echishda va h.k.).
Bunday yirik masalalar GISda qanday echiladi? Buning uchun GISning tuzilishi,
ishlash prinsipi va undan foydalanish yo‘ llarini ko‘ rib chiqamiz.
Geoaxborot tizimini turizmda qo‘ llash masalalari
GIS bilan ishlayotganda kompyuter ekranida bir yoki bir nechta kartani (yoki
plan-sxemani) ko‘ rish mumkin. Ish jarayonida tasvirning detallashganlik
darajasini oson o‘ zgartirish, ayrim elementlarini
kichiklashtirish
yoki
kattalashtirish mumkin. Masalan, shaharda biror bir uyni, uning pod’ ezdini,
atrofidagi ob’ ektlarni ko‘ rishimiz mumkin.
Bundan tashqari, Siz ma’ lumotlarning mavzuli tarkibi bo‘ yicha boshqarish
ishlarini
ham olib borishingiz mumkin, masalan, foydali qazilmalar kartasida ish
paytida kerakli bo‘ lmagan ba’ zi foydali qazilmalar tasvirlangan kartalarni yopib
qo‘ yish; zarur bo‘ lgan qatlamlarni esa ko‘ rsatish mumkin.
Biror ob’ ektni belgilab u haqida ma’ lumot olish mumkin: masalan,
binoning narxini, kimga qarashli ekanini, holatini, ob’ ektning o‘ lchamini, uning
shahar asosiy muhandislik tarmoqlariga ulanganligini va h.k. Bu ko‘ rsatkichlarni
kompyuter monitorida bevosita o‘ lchash ham mumkin.
GISda maxsus qidiruv tizimi ham mavjud. Talabingizga binoan sizni
qiziqtirgan ob’ ektlar ko‘ rsatkichlari haqida talab shartlari
tuziladi va avtomatik
ravishda talabingizga javob qaytariladi. Masalan, maydonning 0,1 ga dan kam
bo‘ lmagan va temir yo‘ l bekatidan 3 km uzoqda joylashgan barcha suv
havzalari, 1 km dan oshmagan masofada joylashgan
er uchastkalari ekranda
ko‘ rsatilsin va h.k.
Maxsus vositalar orqali ma’ lumotlarni analitik qayta ishlab, juda qiyin
masalalarni
ham echish mumkin, ya’ ni real borliqning modelini hosil qilish.
Masalan, suv va boshqa quvurlar trassasida ro‘ y beradigan portlashlarni kutilishi
mumkin bo‘ lgan kungilsiz holatlarni bashorat qilish; ifloslanishning tarqalish
yo‘ nalishini
tadqiq qilib, tabiiy muhitga etkaziladigan ofatni hisoblash, natijada
unga qarab rejalarni belgilash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: