Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi


 Donlarning qobig’ini ajratish usullari



Download 1,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/107
Sana09.06.2022
Hajmi1,69 Mb.
#649022
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   107
Bog'liq
O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi b

2. Donlarning qobig’ini ajratish usullari. 
Donning qobig’ini ajratishda juda ko`p turli xil mashinalar qo`llaniladi. 
Ko`p mashinalarning ishlash printsiplarini ishchi organlarini donga ta`sirini 
uchta asosiy usulga bo`lish mumkin. 
1 usul - qisish va siljish; 


63 
2 usul - bir martali va ko`p martali urilish; 
3 usul - abraziv va boshqa qattiq yuzalarda ishqalanish. 
Qisish va siljish natijasida donning qobig’ini ajratishda ikkita ishchi yuza 
orasida donga ta`sir qilinadi 5-rasm. Bunda ikki yuza orasidagi masofa 
donning o`lchamidan kichik bo`ladi va albatta bir yuza ikkinchi yuzaga 
nisbatan harakatda bo`ladi. Bu usulda don qobiq ajratish zonasiga tushadi, 
yuzalar orasida qisiladi, qobiqlari yoriladi va yuzalarni nisbatan harakati 
natijasida yorilgan qobiqlar (plyonkalar) bir biridan ajraladi va mag’iz 
qobiqlardan ozod bo`ladi. Bu usul plyonkalari mag’iz bilan birga o`smagan 
donlar uchun samaradorli bo`ladi. 1 usul bilan ta`sir qilish uch xil 
mashinalarda qo`llaniladi: valli dekali dastgoh, qobiq ajratish postavi va 
vallari rezin bilan qoplangan qobiq ajratgichlar. 
2 usul - bir martali va ko`p martali urilish natijasida qobiq ajratish 
quyidagicha bo`ladi: mashinaning qamchinlari yoki plastinkalari bilan ilg’ab 
olingan don bir marta yoki ko`p marta mashinaning qaytaruvchi ichki 
yuzasiga yo`naltiriladi 6-rasm. 
Bir martali qobiq ajratish usulini plyonkasi mag’iz bilan birga o`smagan 
va mag’izi mo`rt bo`lmagan donlarga ( suli) qo`llash maqsadga muvofiq 
bo`ladi. 
Ko`p martali qobiq ajratish usulini plyonkasi mag’iz bilan birga o`sgan 
yoki o`smagan donlarga qo`llash mumkin. Bu usulni qo`llagan holda donning 
qobig’i ajratilsa maydalangan mag’izning miqdori ancha ko`p hosil bo`ladi. 
Bu usul ikki holda qo`llanadi: don mo`rt bo`lmagan (egiluvchan) mag’izga 
ega (suli doni); qayta ishlashda maydalangan mag’izdan Yorma olinadi 
(bug’doy, arpa, makkajuxori). 
3 usul - abraziv va boshqa qattiq yuzalarda ishqalanish usulini qobig’i 
mag’iz bilan birga o`sgan donlarning qobigini ajratishda qo`llash maqsadga 
muvofiqdir. 
Bu usulda qobiq ajratish mashinasining ishchi zonasida don uzoq vaqt 
davomida harakatlanuvchi abraziv yuza ta`sirida ishqalanadi va bir me`yorda 
donning qobig’i kirib olinadi 7-rasm. Bu printsipda qobiq ajratgich-
qayroqlagich A1-ZSHN-3 rusumli mashinasi ishlaydi. Donning yuzasiga bir 
tekislikda ishlov berish nafaqat qobiq ajratishda, balki mag’izni qayroqlashda 
ham qo`llaniladi. A1-ZSHN-3 rusumli mashinada arpa, bug’doy, no`xat va 
makkajuxori donlarining qayta ishlash mahsulotlarini qobig’i olinadi, 
qayroqlanadi va silliqlanadi. 

Download 1,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish