Mustaqillik uchun urushning b o s h l a n i s h i . 1 7 7 4 - y i l d a 1 3 s h t a t
vakillari Filadelfiya shahrida I Kontinental
K o n g r e s s g a y i g ' i l i s h d i . K o n g r e s s met-
ropoliyaning majbur etuvchi qonunlariga
itoat etish majburiy emasligi haqida qaror
qabul qildi. Qirol hukumati mustamlaka
shtatlar hukumatlari bilan kelishuv yo 'lini
izlash o'rniga mustamlakalarni taslim etish siyosatini yuritdi va 1775-
yilning aprelida qirol qo 'shinlari ularga qarshi urush harakatlarini bosh-
ladi. S h u n d a y sharoitda Filadelfiya shahrida II Kontinental Kongress
chaqirildi. Kongress qatnashchilari urush boshlashga ovoz berdilar va
virginiyalikpolkovnik Jorj Vashingtonni (1732-1799) Amerika Qurolli
Kuchlarining Bosh q o ' m o n d o n i etib tayinladilar. Shu tariqa mustaqillik
uchun urush boshlandi.