U jo'Rayev, R. F a r m o n o V, s h. E r g a s h e V


Tabiat fanlari sohasidagi buyuk o'zgarishlar



Download 1,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/230
Sana15.05.2021
Hajmi1,61 Mb.
#64303
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   230
Bog'liq
jahon tarixi 8 uzb 001

Tabiat fanlari sohasidagi buyuk o'zgarishlar. XVI-XVII 
asrlarda ilm-fan taraqqiyotida katta yutuqlarga erishildi. Bu 
davrda fizika va astronomiya fanlari taraqqiyotiga ulkan hissa qo' shgan 
buyuk olimlar Nikolay Kopernik (1473-1543), Jordano Bruno  ( 1 5 4 8 -
1600) va Galileo Galiley (1564-1642)lar yashab ijodqildilar. 
Nikolay Kopernik о 'z davri uchun har tomonlama chuqur bilim oldi. 
Krakov (Polsha) va Italiya universitetlarida o'qidi. Tasviriy san'at, 
matematika, falsafa, huquqshunoslik va tibbiyotkabi fanlarni o'rgandi. 
Maxsus moslamalar yordamida 30 yil davomida osmon jismlarini kuzatdi. 
N. Kopernik о 'z tadqiqotlariga suyanib, ming yillardan beri davom etib 
kelayotgan Yerning harakatsizUgi haqidagi ta'Umotdan voz kechdi. Yerning 
Quyoshvao'z о'qiatrofidaaylanishiniisbotlabberdi. Buxulosaо'sha 
davr fanidagi haqiqiy buyuk kashfiyot edi. Ayni paytda u cherkov 
aqidalariga mutlaqo zid xulosa ham edi.  U o ' z xulosalarini 1543- yilda chop 
etilgan «Osmon jismlarining aylanishi haqida» deb atagan kitobida bayon 
etdi. N. Kopernilming xulosalari cherkovni g 'azablantirdi. Kitob chop etilgan 
davrda u о 'lim to' shagida yotardi. Faqat о 'limgina uni inkvizitsiyadan asrab 
qoldi. Keyinchalik, 1616- yilda cherkov Kopernik ta'limotini rasman 
taqiqladi. 
VII sinf «Jahon tarixi»dan olgan bilimlaringizga tayanib inkvizitsiya 
nima ekanligini tushuntirib bering. 
Jordano Bruno. 1600- yil 17- fevral kuni  R i m shahrida erkinlik va 
hurfikrlik dushmani inkvizitsiya hukmi bilan itaUyalik faylasuf, astronom va 
shoir Jordano Bruno gulxandakuydiriUb o'ldirildi. 
Xo'sh, nega shunday bo'ldi? Jordano Bruno dunyoqarashigako'ra, 
panteizm tarafdori edi. Yoshligidan xristian dini asoslari bilan birgalikda N. 
Kopernik ta' limotini о 'rgandi. U turU ta' limotlar bo 'yicha о 'zining mustaqil 
fikriga ega shaxs bo 'lib voyaga yetdi. Shu tufayli u har qanday ta' limotga 
tanqidiy ко 'z bilan qarardi. Uning qarashlari xristian cherkovi aqidalarini 
shubha ostiga qo 'ya boshladi. 
J. Bruno o'z qarashlarini «Nola falsafasi» deb atadi. Unda olamning 
cheksizHgito'g'risidagi ta'limot ilgari surildi. Ubunday debyozganedi: «01am 
cheksiz, о 'lchovsiz, uning oxiri yo 'q. Olam markazga ega emas. Yer ham, 
Quyosh  h a m olamning markazi emas. Olam - son-sanoqsiz yulduzlardir 
40 


va har bir yulduz yiroqdagi bir quyo shdir. 
Oarningharbiriatrofidao'z yo'ldoshlari 
aylanadi. Olam abadiy mavjud va u yo 'q 
bo'lmaydi». 
Inkvizitsiya uni gulxanda yoqib 
o'ldirishgahukm qildi. Keying! avlodunga 
haykal o'rnatdi. Haykal ostiga esa: «U 
barcha xalqlar uchun fikr erkinligini 
talab qildi va shu talabi uchun qatl 
etildi», deb yozib qo 'yildi. 

Download 1,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish