Qaramlikning oqibatlari. I s p a n i y a iqtisodiy j i h a t d a n Nider-
landiyaga qaraganda qoloq davlat edi. Biroq Ispaniya h a m o n harbiy
qudratini saqlab kelardi. Ispaniya monarxiyasi bu yerda о 'zining qoloq
boshqaruv tartibini o'rnatdi. Aholi juda katta miqdorda soliq to'lashga
majbur etildi. Ispaniya qiroli xazinasiga Niderlandiyadan yig'iladigan
soliq m i q d o r i u n i n g A m e r i k a d a g i m u s t a m l a k a l a r i d a n k e l a d i g a n
daromaddan 4 marta ortiq bo'lgan. Niderlandiyada «isloh qilingan din»
(protestantlik) t a r q a l a b o s h l a g a c h , qirol yuqori diniy lavozimlarga
ispanlarni tayinlay boshladi. Bu yerda h a m inkvizitsiyani va qonli
q o n u n l a r n i joriy etdi. O m m a v i y q i r g ' i n l a r u y u s h t i r d i . B u omillar
Niderlandiya xalqining keskin g'azab-nafratini qo'zg'atdi.