Janubiy Afrikaning mustamlakaga aylantirilishi. X I X asr
boshlarida Buyuk Britaniya Janubiy Afrikadagi gollandlarga qarashli
К а р koloniyasini bosib oldi. Koloniya aholisi burlar deb atalardi. Burlar
- Janubiy Afrikadagi golland, fransuz, nemis mustamlakachilarning avlodi
edi.
Burlar endi u yerdan ко 'chishga majbur bo 'ldilar. Ular yangi joy da ikkita
davlat tuzdilar. Ulardan biri Erkin Oranj Respublikasi, ikkinchisi esa
Transvaal deb ataldi. Burlar mahalliy aholiga nisbatan o'ta shafqatsiz
munosabatda bo 'ldilar. Buyuk Britaniya bu ikki davlatning paydo bo 'Ushini
istamasa-da, 1852- yilda Transvaalni, 1854- yilda esa Erkin Oranj
Respublikasini vaqtincha bo 'lsa-da, tan oldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |