Iqtisodiy taraqqiyotning yangi xususiyatlari. M e y d z i islohotlari
m a m l a k a t d a feodal tarqoqlikka chek q o ' y d i . Natijada yagona y a p o n
ichki bozori vujudga keldi. Mamlakatda yagona pul birligi - iyen joriy
etildi. H u k u m a t ishlab chiqarishni industrlashtirish masalasiga chet
davlatlarning Yaponiya ichki ishlariga aralashuvi xavfidan himoya qiluvchi
asosiy omil deb qaradi. Shuning uchun h a m davlat sanoat korxonalari
qurilishlariga homiylik qildi. Asosiy sanoat korxonalari davlat mablag 'i
hisobiga qurildi, keyinchalik ular imtiyozli asoslarda turli firmalarga sotildi
yoki ijaraga berildi. Davlat tadbirkorlikni har tomonlama rag 'batlantirdi
va qo'llab-quvvatladi. Meydzi islohotlari tarixga «Meydzi inqilobi» nomi
bilan kirgan.