Plantatsiya xo'jaligi. AQSHda xo 'jalik yuritishning ikki tizimi uzoq
vaqt davom etib keldi. Fermerlar xo 'jaligi rivojlangan shimoliy shtatlarda
qulchilik ХГХ asrning boshlaridayoq bekor qilindi. Janubiy shtatlarda esa
qulcliilikka asoslanuvchi plantatsiya xo 'jahgi hukmronlik qilardi. Janubning
tabiiy sharoitlari paxta yetishtirish uchun qulay edi. Buyuk Britaniya va
AQSHda sanoatning tez rivojlanishi paxtaga bo 'lgan talabni tobora oshirib
yuborgan. Buyuk Britaniya fabrikalari AQSHdan paxta xarid qilishni ко '-
paytirib borganlari sari qullami ekspluatatsiya qilish kuchaydi. Bu zulm
shafqatsizligi jihatidan krepostnoylikning eng ayanchli shakllaridan h a m
dahshatli edi.