KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Ma’lumki, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da “...ta’lim
muassasalarining resurs, kadrlar va axborot bazalarini yanada mustahkamlash, o‘quv-tarbiya
jarayonini yangi o‘quv-uslubiy majmualar, ilg‘or pedagogik texnologiyalar bilan to‘liq
ta’minlash» vazifalari belgilab qo‘yilgan. Mamlakatimizning taraqqiy etgan mamlakatlar
qatoridan o‘rin olishi uchun aholi ta’limini jadallashtirish va uning samaradorligini oshirish
maqsadi ham ilg‘or pedagogik tadbirlardan, texnologiyalardan keng foydalanishimizni talab
etmoqda. Yurtboshimiz I.A.Karimov ta’biri bilan aytganda, “Biz rivojlangan bozor
iqtisodiyotiga asoslangan zamonaviy davlat qurish yo‘liga qadam qo‘yib, kuchli davlatdan kuchli
fuqarolik jamiyati sari izchillik bilan o‘tishni ta’minlar ekanmiz, faqat milliy va umumbashariy
qadriyatlar uyg‘unligi zaruratini teran anglaydigan, zamonaviy bilimlarni, intellektual salohiyat
va ilg‘or texnologiyalarni egallagan insonlargina o‘z oldimizga qo‘ygan strategik taraqqiyot
maqsadlariga erishishi mumkin ekanini hamisha o‘zimizga yaxshi tasavvur etib kelmoqdamiz”.
1
O‘zbekiston Respublikasida uzluksiz ta’lim tizimini isloh qilish kelajakda yosh avlodni
yuqori kasbiy madaniyat, ijodiy va ijtimoiy faollik, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil qatnasha
olish, erkin fikr yuritish qobiliyatlarini shakllantirishga yo‘naltirilgan. Bu esa o‘z navbatida
talabalarning ilmiy bilim darajasini va faolligini kengaytirishni talab qiladi. Oliy ta’lim
muassasalarida fanlarni o‘qitish jarayonida talabalarning darsga nisbatan qiziqishlarini
orttirishga, mustaqilligi va faolligini rivojlantirishga, mantiqiy tafakkurini o‘stirishga qaratilgan
interfaol ta’lim olishlariga ko‘mak beruvchi innovatsion usullardan keng foydalanish maqsadga
muvofiqdir. Zero, innovatsion texnologiyalar asosida mantiqiy fikrlash uzluksiz ta’lim tizimini
rivojlantirishning eng muhim omillaridan hisoblanadi. Ular ta’lim jarayonida ma’lum
o‘zgarishlarga, ta’lim mazmuni, sifati boyishiga va samarali tashkil etilishiga sabab bo‘ladigan
turli tashabbus va yangiliklarning yaxlit tizimida namoyon bo‘ladi. Ilm, fan va texnikaning jadal
rivojlanishi, yangi texnika va tex-nologiyalarning jamiyatning barcha qatlamlariga kirib borishi,
axborot texnologiyasi vositalarining barcha davlat va nodavlat muassasalarida qo‘llanilishi
o‘qituvchilardan uzluksiz bilim olishni talab qilmoqda. O‘qituvchilarning faoliyati ko‘p qirrali
bo‘lib, ular boshqa-ruvchi, muloqot qiluvchi, yo‘naltiruvchi, tashkil etuvchi va baholovchi
rollarini amalga oshirishlari kerak bo‘ladi.
O‘qituvchining dars berish jarayonidagi roli ancha murakkab bo‘lib, uning o‘ziga xos
tarixiy va zamonaviy jihatlari mavjud. oldingi davrlarda o‘qituvchilarning faqatgina zamonaviy
bilimlar berishi talab qilinsa, hozirda ulardan tarbiyaviy, madaniy-ma’naviy, siyosiy va ama-liy
1
Prezident I.A.Karimovning “Yuksak bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash –
mamlakatni baqaror taraqqiy ettirish va modernizatsiya qilishning eng muhim sharti”
mavzusidagi Halqaro konferensiyada so‘zlagan nutqidan. – Toshkent, 2012 yil, 17 fevral.
4
bilimlar berish ham talab qilinadi.
O‘qitish uslubiyatining boshqa turlari esa bir qancha olimlar tomonidan ishlab chiqilgan
falsafiy-mantiqiy modellar asosida, masalan, Suqrot uslubida, muloqot usulida yoki korporativ
usulda tashkil qilingan. Undan so‘ng o‘qitishning ta’lim berish modellari asosida tashkil etish
keng miqyosda amalga oshirila boshlandi. Bunda o‘quvchi-talabalarning ma’lum bir soha yoki
fandan bilim olishlari maxsus usullar, modellar, ta’lim standartlari yoki strategiyalar asosida
amalga oshirilar edi. Ba’zi bir modellarda o‘qituvchi dominant rolida bo‘lib, barcha ta’lim berish
vazifalarini o‘zi hal qilar, boshqa-larida esa talabalarga to‘la erkinlik berilib, ular demokratik
tamoyillar asosida o‘qitilar, yana boshqa birlarida esa talaba va o‘qituvchi orasida tenglik hamda
ijodiy fikr almashinish jarayoni amalga oshirilib, o‘zaro muloqot vositasida interfaol ta’lim
jarayoni amalga oshirilar edi.
Lekin bu modellarning ishlatilishi va samarasi o‘quvchi-talabalarning bilim darajasiga,
intilishlariga, ongining rivojlanish ko‘rsatkichlariga har do-im ham mos kelavermaydi. Masalan,
auditoriyadagi talabalarning aksa-riyati bilim olishni istamaydigan va bunga intilmaydigan
bo‘lsa, ammo o‘qituvchidan ularga qandaydir usullar bilan bo‘lsa ham qandaydir bi-lim berish
talab qilinsa, u holda yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan har qanday model, usul yoki strategiya ham o‘z-
o‘zidan ojizlik qilib qoladi. Bunday hollarda ta’lim berishning eng yangi modellaridan biri
kooperativ ta’lim berish modeli bo‘lib, unda talabalar va ta’lim beruvchi instruktor birga-likda
ma’lum bir hayotiy masala yoki muammolarni hal qilish jara-yonida tegishli malakaga yoki
bilimga ega bo‘ladilar. Ammo hozirgi ta’lim berish jarayoni asosan sinfda yoki maxsus
jihozlangan xonalarda talabalar va o‘qituvchining o‘zaro muloqoti orqali amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |