Эркин иқтисодий ҳудудлар



Download 5,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/281
Sana09.06.2022
Hajmi5,21 Mb.
#647606
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   281
Bog'liq
ERKIN-IQTISODIY-HUDUDLAR

Nazorat uchun savollar: 
1.
EIHlarga investitsiyalarni jalb etish uchun investitsiya muhiti qanday shart-
sharoitlarga ega bo„lishi lozim, deb hisoblaysiz? 
2.
Investitsiya muhitiga qanday omillar ta‟sir ko„rsatadi va ularning ichida 
qaysilarini investor uchun eng ahamiyatli, deb hisoblaysiz? 
3.
Investitsiya muhitiga ta‟sir etuvchi iqtisodiy omillar nimalardan iborat? 
4.
Investitsiya muhitiga ta‟sir etuvchi siyosiy omillar nimalardan iborat va ularni 
o„rganish va baholash investitsiya faoliyatini amalga oshiruvchi tadbikorlar uchun 
qanday ahamiyatga ega? 
5.
Investitsiya muhitiga ta‟sir etuvchi ijtimoiy va huquqiy omillar nimalardan 
iborat va ularning o„zgaruvchanligi yoki barqarorligi investor uchun qanday ahamiyat 
kasb etadi? 
6.
Hududda yaratilgan investitsiya muhiti hududdagi tadbirkorlik faoliyatiga 
ta‟sir etishi samaralarini misollar yordamida izohlang. 
4.3.
Erkin iqtisodiy hududlarga investitsiyalarni jalb etish uchun yaratiladigan 
investitsiya muhitining huquqiy-me‟yoriy asoslari 
Mamlakat EIHlariga investitsiyalarni jalb etishda yaratilgan qulay investitsiya 
muhitining huquqiy asoslari amaldagi qonunchilik tizimi asosida barpo etilgan 
huquqiy-me‟yoriy bazadan iborat bo„ladi. 
Investitsiya muhitining huquqiy-me‟yoriy bazasi quyidagilardan tashkil topadi: 
1. Bevosita huquqiy asosni tashkil etuvchi. 
2. Bilvosita huquqiy asosni tashkil etuvchi. 
3. Bevosita me‟yoriy asosni tashkil etuvchi. 
4. Bilvosita me‟yoriy asosni tashkil etuvchi. 
5. Xalqaro norma, standart va konvensiyalarning amal qilishini tasdiqlovchi 
huquqiy asos. 
Mamlakatda mavjud o„rnatilgan tartibga qarab xorijiy investitsiyalarni jalb etish 
uchun qanday huquqiy muhit yaratilganligiga baho berish mumkin. 
Mamlakatda qabul qilingan har bir qonun qulay investitsiya muhiti yaratilishiga 
o„ziga xos tarzda (amal qilish sohasi, ishlash mexanizmi, tartibga solish tizimi 


115 
doirasida) o„z ta‟sirini ko„rsatadi. 
Ikkilamchi mavqedagi qonun hujjatlari bilvosita ta‟sir ko„rsatishdagi ahamiyati 
bilan ajralib turadi. 
Mamlakatda investitsion munosabatlarni amalga oshirish va uning huquqiy 
tizimini tashkil etuvchi muayyan huquqiy asoslar yaratilgan. Jumladan, O„zbekiston 
Respublikasining “Investitsiya faoliyati to„g„risida”gi, “Chet el investitsiyalari 
to„g„risida”gi yangi tahrirda, “Chet ellik investorlar huquqlarning kafolatlari va ularni 
himoya qilish choralari to„g„risida”gi qonunlar qabul qilindi.
Bu qonunlarda investitsion munosabatlarga taalluqli barcha jarayonlarga va 
tushunchalarga aniqliklar kiritilgan. Investitsiya faoliyatining subyektlari va 
obyektlari, investitsion faoliyatning davlat tomonidan tartibga solinish masalalari, 
xorijiy investorlarning huquq va burchlari, mol-mulk kafolatlari va imtiyozlari 
kabilar aniq belgilab berilgan. 
Biroq, bu kabi mamlakatda investitsion faoliyatni rag„batlantiruvchi qonuniy-
xuquqiy 
bazaning 
mavjudligi 
bozor 
munosabatlarining 
rivojlanganligini 
belgilamaydi. Bugungi kunda mamalakatda investitsion muhitni tubdan yaxshilash 
chora-tadbirlarini amalga oshirmoq zarur. Davlat mazkur qonunlar doirasida 
investitsion faoliyatning turli subyektlari o„rtasida yuzaga keladigan munosabatlarni 
tartibga solib turadi. Boshqacha qilib aytganda, bu tartibning qanday o„rnatilganligiga 
qarab u yoki bu mamlakat xorijiy investitsiyalarni jalb etish uchun qanday huquqiy 
muhit yaratilganligini aniqlab olish mumkin. 
“Tashqi iqtisodiy faoliyat to„g„risida”gi Qonun respublikada tashqi iqtisodiy 
faoliyatni amalga oshirishning asosiy tamoyillari va tartiblarini belgilab beradi hamda 
tashqi iqtisodiy aloqalar ishtirokchilarining mulklarini, mulkchilikning qanday 
shaklida bo„lishidan qat‟iy nazar, manfaatlarini va huquqlarini xalqaro huquqning 
qabul qilingan umumiy me‟yorlariga muvofiq ravishda himoya qilishni ta‟minlaydi. 
Bu qonun O„zbekiston Respublikasining jahon iqtisodiy tizimiga uyg„unlashishi 
uchun huquqiy asosni yaratadi. 
O„zbekiston Respublikasining “Chet el investitsiyalari to„g„risida”gi va “Chet 
ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari 
to„g„risida”gi Qonunlari mamlakat hududida xorijiy investitsiyalarni amalga 
oshirishning huquqiy, tashkiliy-iqtisodiy asoslarini yaratish, chet el sarmoyalari soliq 
tartiblarini belgilab beradi, xorijiy investorlarning samarali faoliyat ko„rsatishini 
kafolatlaydi va Respublika iqtisodiyotini rivojlantirishga ko„maklashish, uni jahon 
xo„jalik aloqalariga kiritish maqsadida chet el moliyaviy, moddiy, intellektual va 
boshqa resurslarni jalb etishga va ulardan foydalanishga qaratilgan. 
“Chet el investitsiyalari to„g„risida”gi Qonunning asosiy vazifalari – 
O„zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini rivojlantirishga va uning xorijiy 
investitsiyalar oqimini rag„batlantirish yo„li bilan jahon xo„jalik tizimiga 
uyg„unlashuviga ko„maklashishdan, shuningdek, xorijiy moliyaviy, moddiy, 
intellektual va boshqa zahiralarni, zamonaviy texnologiyalarni va boshqaruv 
tajribalarini jalb qilish hamda ulardan oqilona foydalanishni yo„lga qo„yishdan iborat. 
Xorijiy investitsiyalar va xorijiy investorlarning ma‟lum kategoriyalarini himoya 
qilish chora-tadbirlari va ularni kafolatlash bo„yicha kompleks chora-tadbirlar “Chet 


116 
ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish chora-tadbirlari 
to„g„risida”gi Qonunning asosi bo„lib hisoblanadi. 
Mazkur qonunning 3-moddasida, davlat boshqaruv idoralari va davlat hukumat 
organlari joylarda chet el investitsiyalarining O„zbekiston Respublikasi qonunlariga 
muvofiq amalga oshirilgan xo„jalik faoliyatlariga aralashish huquqiga ega emaslar, 
deb aytilgan. 
Qulay investitsion muhitni yaratishda O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 
Farmonlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlari ham muhim ahamiyat kasb etadi. 
O„zbekiston Respublikasi hukumati o„tish davrida davlat iqtisodiyoti uchun chet 
el investitsiyalari g„oyat muhim ekanligini anglagan holda, investitsion muhitini 
yaxshilash hamda chet ellik investorlar bilan munosabatlarda qonunchilikni 
takomillashtirish uchun barcha choralarni ko„rmoqda. 
Mamlakatdagi mavjud investitsion qonunchilik tizimi: 
- iqtisodiyotimiizga chet el investitsiyalari kirib kelishini rag„batlantirish yo„li 
bilan mamlakatimizni rivojlantirish va uning jahon iqtisodiy tizimiga qo„shilishiga 
ko„maklashish; 
- xorij hamkorlarining moliyaviy, moddiy, intellektual va boshqa resurslarini, 
zamonaviy, sifatli texnologiyalarini va boshqaruv tajribasini jalb etish hamda ulardan 
oqilona foydalanish; 
- chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish; 
- chet ellik investorlar va chet el investitsiyalarining ayrim toifalari uchun 
qo„shimcha kafolatlar berish shart-sharoitlarini va ularni himoyalashning huquqiy 
asoslarini yaratib bergan
48


Download 5,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   281




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish