4.2. Investitsiya muhitiga ta‟sir etuvchi omillar
Mamlakat,
xususan,
mamlakat
ijtimoiy-iqtisodiy
taraqqiyoti
ularning
investitsion salohiyati va investitsion faolliyat orqali ta‟minlanadi. Investitsiya
muhitining asosiy unsurlaridan biri bo„lgan investitsion jozibadorlik investitsion
salohiyat va investitsion risklarning o„zaro aloqasi natijasida shakllanadi. Shu
munosabat bilan iqtisodiyotda amalga oshiriladigan investitsiyalar uchun qulay
sharoit investitsion jozibadorlik hisoblanadi.
Albatta, bu yerda xorijiy investor u yoki bu mamlakatda o„z kapitalining
xavfsizligini ta‟minlash masalalariga, birinchi navbatda, e‟tiborini qaratadi. Shundan
keyin, u o„z kapitalidan foyda olishning qanchalik samaradorligi haqida o„ylab
ko„radi. Investor uchun xavf tug„diradigan xatarlar mamlakat investitsiya muhiti
jozibadorligiga ham salbiy ta‟sir ko„rsatadi.
Investitsiya muhitiga ta‟sir etuvchi omillarni turli iqtisodiy adabiyotlarda
turlicha yoritish bilan ifodalanganlik holatlari kuzatiladi.
Bu esa investitsiya muhitiga ta‟sir etuvchi omillarni turlicha talqin etish bilan
bevosita bog„liq ekanligiga asoslanadi.
Jumladan, ayrim manbalarda investitsiya muhitiga ta‟sir etuvchi omillarni ijobiy
va salbiy ta‟sir etuvchi omillarga ajratgan holda, boshqalarda ta‟sir etish
yo„nalishlariga ko„ra yoki manbalariga ko„ra va boshqa maqsadlarga asoslanib
farqlanishlarni keltirish holatlari kuzatiladi.
Investitsiya muhiti holatiga quyidagi muhim omillar ta‟sir ko„rsatadi:
1. Eng avvalo, mamlakat investitsiya siyosatining yo„nalishlari va samarasi.
2. Mamlakat ichkarisidagi siyosiy barqarorlik. Mamlakatda siyosiy barqarorlik
hukm sursa, investitsiya muhitining boshqa omillari ham o„z ahamiyatini namoyish
eta oladi.
3. Mintaqadagi yaqin qo„shnichilik munosabatlari. Bu ham mamlakatning
siyosiy ahvoliga katta ta‟sir ko„rsatadi va tadbikorlik faoliyatida muhim sanaladi.
4. Huquqiy-me‟yoriy hujjatlarning mavjudligi. Hukumatning investitsion
110
munosabatlarni rivojlantirishga qaratilgan qonun-qoidalarining mukammallik
darajalari.
5. Mamlakatning tabiiy resurslar salohiyati. Investitsion muhit jozibadorligini
oshiruvchi omillardan asosiysi – bu mamlakatdagi mavjud tabiiy boyliklardir. Agarda
tabiiy resurslar salohiyati yuqori bo„lsa, o„sha mamlakatga investitsiyalar ko„proq jalb
etiladi.
6. Mamlakatning mehnat salohiyati. Biror-bir iqtisodiyotga investor investitsiya
kiritishdan avval, o„sha erning mehnat salohiyatini ham o„rganadi. Mehnat salohiyati
deganda, mamlakatdagi ishchi kuchining tarkibi, soni, qiymati, bilimi, malakasi,
tajribasi kabilar nazarda tutiladi.
7. Investitsion jamg„armalar. Investitsion jamg„armalar – jamg„armalarning
maxsus
turi
hisoblanib,
iste‟mol
zaruriyatlari
uchun
sarflanmaydi.
Bu
jamg„armalarning asosiy maqsadi daromad keltiradigan aktivlarni investitsiyalashdir.
Jamg„armalarning bunday turi iste‟mol maqsadlarda ishlatiladigan zaruriy
jamg„armalardan keyin hosil qilinadi. Bunday jamg„armalarning hajmi (salmog„i)
jamiyatning turmush darajasiga va aholisining daromad darajasiga bog„liq bo„ladi.
Investitsion jamg„armalar uzoq muddatli va qisqa muddatli bo„lishi mumkin.
Uzok muddatli qo„yilmalar yoki uzoq muddatli aktivlar kapital bozorida moliyaviy
resurslarning manbaasi hisoblanadi. Qisqa muddatli jamg„armalar pul bozorida yoki
qisqa muddatli majburiyatlar bozorida qatnashadi.
8. Mamlakatning ishlab chiqarish salohiyati. Mamlakat ishlab chiqarish salohiyati
deganda, asosan, nima ishlab chiqarishga ixtisoslashganligi nazarda tutiladi. Bunda
sanoatning qaysi tarmog„i hududda rivojlanganligiga ham e‟tibor beriladi.
9. Mamlakatning iste‟mol salohiyati. Mamlakatning iste‟mol salohiyati
o„rganilganda aholining xarid qobiliyatiga baho beriladi.
10. Mamlakatning innovatsion salohiyat. Innovatsion salohiyatni aniqlash orqali
hududdagi yaratuvchanlik qobiliyati, yangilikka intiluvchanlik va uni o„zlashtirish
salohiyati tahlil qilinadi.
11. Mamlakatning moliyaviy salohiyati. Mamlakatning moliyaviy salohiyatini
o„rganilganda o„sha erdagi moliyaviy institutlar, muassasalar faoliyati tahlil qilinadi.
Lekin, investitsiya muhitiga turli omillar ta‟sir ko„rsatishi nuqtai nazaridan kelib
chiqib, ushbu omillarga guruhlashtirilgan ko„rinishda o„rganish va baholash muhim
ahamiyat kasb etadi. Bu esa investitsiya muhitiga qaysi guhurdagi omillari ta‟siri qay
darajada ekanligini to„g„ri aniqlash hamda unga qaratilgan maqsadli chora-tadbirlarni
ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shunga muvofiq, investitsiya muhiti
holatini belgilovchi omillarning kengaytirilgan tarkibini quyidagi 4.2-jadval orqali
ifodalash maqsadga muvofiqdir.
111
Do'stlaringiz bilan baham: |