7.1-jadval.
Koreya Respublikasida erkin iqtisodiy hududlarni sanksiyalash mezonlari
Nomlanishi
O„z fabrikasi
Namunaviy fabrika
Eksport
1 m
2
ga 150 dollar
1 m
2
ga 180 dollar
Sof daromad foizi
20 % va undan yuqori
20 % va undan yuqori
Bandlik
Har 30 m
2
ga 20 ish o„rni
(va undan ko„p)
Har 30 m
2
ga 25 ish o„rni
(va undan ko„p)
Ishlab
chiqarish
texnologiyasi
Eng ilg„or
Eng ilg„or
Investitsiyalar miqdori
200 ming dollar (va undan
ko„p)
100 ming dollar (va undan
ko„p)
Mahalliy xomashyo
Iloji boricha ko„proq
Iloji boricha ko„proq
Xorijiy ish bilarmonlarning EIHda ro„yxatdan o„tgan korxonalariga 100 %
227
egalik qilish huquqi berilgan. Investorlarga esa, Janubiy Koreyadan tashqarida
foydani va kapitalni repatriatsiya qilish huquqi berilgan. Hududdagi yuqori
texnologiyali sanoat korxonalarga xizmat ko„rsatish bilan bog„liq holda biznes bilan
shug„ullanayotgan barcha korxonalar besh yil muddatga barcha soliqlardan ozod
etilgan. Keyingi ikki yil davomida esa, ularga soliqni 50 %ni to„lash huquqi berilgan.
Erkin savdo hududlari, EIHlar va erkin investitsiyalar hududida joylashgan
korxonalar uch yil muddatga barcha soliqlardan ozod etilgan. Keyingi ikki yil
davomida ular ham soliqni 50 %ni to„lash huquqiga egadir.
EIHlarda xorijiy investorlarning minimal kapital qo„yilmalari 5 mln. AQSh
dollarni tashkil etadi. Janubiy Koreyaning EIHlarida EIHda joylashgan korxonalar
litsenziyalashtirilmagan holda eksport-import faoliyati bilan shug„ullanish huquqiga
ega, chunki, ular tashqi savdo to„g„risidagi hujjatning amal qilish doirasiga kiradi.
Janubiy Koreyadagi eng muhim EIHlardan biri “Masan” mamlakatning Janubiy
qirg„og„ida joylashgan bo„lib, umumiy er maydoni 814 km
2
ni tashkil etadi. “Masan”
EIHi o„z portiga ega. Janubiy Koreyaning yana bir EIHi “Iri” Seul shahri atrofidagi
Gunsan gavanasi yaqinida joylashgan bo„lib, umumiy er maydoni 319 km
2
ni tashkil
etadi. Ushbu EIHlar ishlab chiqarish nuqtai nazaridan olganda ma‟lum darajada
tarmoq ixtisoslashuviga ega hisoblanadi. Jumladan, “Masan” EIHi, asosan, kimyoviy
va eksport mahsulotlarni, shuningdek, to„qimachilik mahsulotlarni ishlab chiqarishga
ixtisoslashgan bo„lsa, “Iri” EIHi zebu-ziynat mahsulotlarini va shuningdek,
qimmatbaho toshlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Bu ikkala hudud xam
Koreya ichki hududlaridan ajratib qo„yilgan bo„lib, ularda ishlab chiqarilgan
maxsulotlar ichki bozorlarda sotilmaydi (ishlab chiqarish jarayonida olinadigan
chiqindilar va yordamchi maxsulotlar, milliy xavfsizlik uchun ahamiyatli bo„lgan
tovarlar va boshqa eksport tovarlari bundan mustasno). Ushbu hududlarda joylashgan
korxonalar ichki bozorlarda sotish bilan emas, balki eksport qilish bilan ham
shug„ullanadi. “Masan” va “Iri” EIHlarida ishlab chiqarilgan tovarlar Koreyaga
nisbatan importyor-mamlakatlar tomonidan o„rnatilgan to„siqlarni aylanib o„tish
imkoniyatiga ega hisoblanadi. Bu esa Janubiy Koreya eksportini ko„paytiradi.
2008-yilning 8-dekabrida Janubiy Koreyaning Innovatsion iqtisodiyot vazirligi
yaqin yillarda mamlakatda to„rtta yangi EIHlarni (mamlakatning Sharqiy
qirg„oqbo„yidagi Ulsan va Pxoxan shaharlarida Koreya yarim orolining Janubidagi
Kimdje shahrida, shuningdek, mamlakat G„arbining Pxetxek-Tandjin tumanlari
atrofida) barpo etilishini ma‟lum qildi. Yangi EIHlarni tashkil etishdan asosiy maqsad
mamlakat iqtisodiyotini rivojlanishini rag„batlantirish, eksport ko„lamlarini yanada
kengaytirish va yangi sarmoyalarni jalb qilishdir. Ushbu EIHlarni tez rivojlantirish
maqsadida xorijiy ishtirokchilarga turli soliq imtiyozlari, import bojlaridan ozod
qilish va sanoat korxonalarini hamda yirik logistika bazalarini barpo etishda davlat
ko„magini ko„rsatish ishlari rejalashtirilgan.
Koreyalik mutaxassislarning fikrlariga ko„ra, jahon iqtisodiy pasayishi va
moliyaviy inqiroz 2009-yilda yalpi ichki mahsulot hajmining o„sish sur‟atlarini 3,6
%dan 3 %gacha pasayishiga olib kelgan. 2009-yilning 15-aprelida Cisco
kompaniyasi Janubiy Koreyada yangi EIHni tashkil qilishini bildirdi. Bu tashabbus
Janubiy Koreyada mehnat unumdorligini oshirish, novatorlikni va intellektual
228
urbanizatsion ishlarni rivojlantirishga qaratilgan edi. Cisco kompaniyasining
intellektual urbanizatsiya dasturi turli mamlakatlarning shaharlarida kommunal
xizmatlarni bajarish va shu asosda shahar xo„jaligini boshqarishni takomillashtirish,
shahar aholisini moddiy turmush darajasini oshirish va iqtisodiy rivojlanishni
rag„batlantirishga qaratilgan edi. Cisco IFEZ EIH (Intellektion Foreign Investment
Zone – Intellektual xorijiy investitsiyalar hududi)da intellektual urbanizatsiya
tamoyilini amalga oshirish uchun Janubiy Koreyaning Inchxon shahar munitsipaliteti
bilan hamkorlik qiladi.
IFEZ – Janubiy Koreyada birinchi marta tashkil etilgan EIH bo„lib, u Inchxonda
2003-yilning avgustida tashkil etilgan. 2009-yilning fevralida Cisco va Inchxon
munitsipaliteti ishbilarmonlik xamkorligi to„g„risidagi memorandumni imzolashgan.
Cisco kompaniyasi hozirgi kunda texnologik sohada global lider hisoblanadi. Cisco
jahonda insonlar muloqoti, aloqasi va hamkorligi usullarini o„zgartiruvchi tarmoq
texnologiyalari sohasidagi kompaniyadir. Cisco va Inchxon IFEZ hududida axborot
va kommunikatsion texnologiyalarning keng tarqalishi bo„yicha muhim investitsion
ishlar amalga oshirilmoqda. Inchxondagi EIHni butun bir Osiyo-Tinch okean
mintaqasi uchun global tajriba markaziga aylantirishni maqsad qilib qo„ygan. Bu
loyixada Cisco Singapur, Hindiston, Malayziya va Yaqin Sharq mamlakatlarining
qator megapolislarida shunday dasturlarni amalga oshirishda to„plangan ilg„or
tajribadan foydalanadi.
IFEZ EIHi Inchxonni turli iqtisodiy faoliyatlarni olib boruvchi yirik xalqaro
markaz hisoblanadi. 2030-yilga kelib bu EIH jahonning yetakchi markazlaridan
biriga aylanishi mumkin. Shu maqsadda Inchxonda unda, nafaqat, Janubiy Koreya,
balki butun bir xorijiy kompaniyalar faoliyati uchun qulay muhit yaratilmoqda.
Bundan tashqari, shaharning eng ekologik toza va jozibador shaharlardan biriga
aylantirilishi ham nazarda tutilgan.
Tunis Respublikasi 1956-yil 20-martda Fransiyaning protektoratligidan ozod
bo„lib, mustaqillikka erishdi. Tunis Sharqda Liviya, G„arbda Jazoir davlatlari bilan
chegaralanib, uning shimoliy qismlarini 1300 km ga cho„zilib ketgan O„rta er
dengizining suvlari yuvib turadi. Maydoni 163,6 ming km
2
ni tashkil etib, poytaxti
Tunis shahri (aholisi 1 mln. kishidan ortiq) hisoblanadi. Tunis o„zining geografik
joylashuviga ko„ra Afrika materigi va arab davlatlarining ichida joylashgan bo„lib,
Yevropaning yetakchi korporatsiyalari uchun muhim strategik ahamiyatga ega
bo„lgan hudud hisoblanadi. Bunda biz mamlakat iqtisodiyotiga chet el investorlarini
jalb etishning birinchi omili sifatida katta masofaga (1300 km.dan ortiq) cho„zilib
ketgan dengiz chegaralarini ko„rsak, ikkinchi omili sifatida bu yerdagi siyosiy,
ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni ko„ramiz. Tunisda musulmonlar, xristianlar,
yaxudiylar istiqomat qiladi. Mamlakatda inson shaxsiga nisbatan hurmat juda yuqori
turadi.
Bunday odat qadimgi Karfagen davlatining hukumronligi davridan beri amal
qilib kelmoqda. Chunki, bu davrda birinchi bo„lib “inson huquqlari” degan ibora
ishlatilib, unga amal qilingan. Shuning uchun ham Tunisda qonun ustuvorligi muhim
ahamiyat kasb etadi. Agar politsiyachi hujjatlaringizni tekshirib, u to„g„ri bo„lsa,
sizga omad tilaydi. Agar biron-bir ish bilan murojaat etsangiz, iloji boricha
229
muammoni hal etishga yordam beradi. Mamlakatda mahalliy va chet ellik
kishilarning huquqlari bab-baravar qonun yo„li bilan himoya qilinadi. Agar chet ellik
biron-bir jinoyat sodir etsa, shu zahoti hisbga olinib, jinoiy javobgarlikka tortiladi.
Tunisda narkotik va psixotrop moddalar, qalbaki pullar va valyuta jinoyatlari, kabilar
bilan shug„ullangan kimsalar o„ta xavfli jinoyatchi hisoblanib, qonun oldida qattiq
javobgarlikka tortiladi.
Tunis aholisi (umumiy aholining 1/3 qismi) mamlakatning shimoliy-sharqiy
tumanlarida qishloq xo„jalik mahsulotlarini etishtirish bilan shug„ullanib keladi.
Mamlakatning janubiy cho„l tumanlarida yashovchi aholi esa asosan, chorvachilik
xo„jaligida tuya va echkichilik bilan shug„ullanishadi.
XX asr 80 yillariga kelib mamlakatning qishloq va shahar aholisi o„rtasidagi
nomutanosiblik (disbalans) keskin o„zgardi. Qishloq joylarda yashayotgan kambag„al
aholining ko„pchiligi ish qidirib, tirikchilik qilish uchun port shaharlariga kelishdi
(hozirgi kunda aholining 54-56 %i shahar aholisi bo„lib hisoblanadi).
Mamlakatda urbanizatsiya jarayonlarining kuchayib borishi bilan bir qatorda
aholi soni ham o„sib bordi. Mutaxassislarning fikriga ko„ra, mamlakat aholisi 2000-
yilda 10 mln. kishini tashkil etgan bo„lsa, 2025-yilda 14 mln. kishiga etishi bashorat
qilinmoqda. Mamlakatda aholi sonining tabiiy o„sishi bilan ishsizlar soni ham ortib
bormoqda (90 yillarda ishsizlar soni umumiy aholining 15-16 %ni tashkil etgan).
Mamlakatning iqtisodiy rivojlanishi, asosan, makro va mikroiqtisodiyotdagi
kooperativ va shaxsiy mulkchilikka asoslangan shakllari bilan uyg„unlashgan holda
olib boriladi.
Jahonning boshqa davlatlari kabi Tunisda ham iqtisodiyotni tubdan isloh qilish
(ishlab chiqarishni zamonaviy texnik-texnologik jihozlash, modernizatsiya va
integratsiyalashuvni kuchaytirish) talab etiladi. Bunday muammolarni hal etish uchun
mamlakatda makroiqtisodiyotni qayta ko„rib chiqishning iqtisodiy strategiyasini
aniqlab olishni talab etiladi. Bu borada tunisliklar o„zlarining avlodlari bo„lmish
finikiyaliklarning faoliyatini hisobga olib, savdo ishlarini rivojlantira boshlagan edi.
Buning natijasida ko„pgina tunisliklar bugungi kunga kelib tashqi va ichki savdodan
keladigan daromadlari hisobiga kun kechirmoqda.
Mamlakatda hozirgi kunda Tunis-Lya Gullet, Sfaks, Bizerta, Gabe va Suss kabi
5 ta yirik savdo portlari faoliyat ko„rsatib kelmoqda. Bu savdo portlarining yillik yuk
tashish aylanmasi 15-16 mln. tonnadan yuqoridir. Tunis savdo porti hozirgi kunda
eng zamonaviy kemalar bilan ta‟minlangan bo„lib, uning balansida 70 dan ortiq
kemalar faoliyat ko„rsatib turibdi.
Tunis davlatining asosiy savdo hamkori bo„lib, EI mamlakatlari hisoblanadi.
1995-yilda ushbu mamlakatlar bilan tuzilgan o„zaro erkin savdo shartnomasiga ko„ra
Tunisda ishlab chiqarilgan sanoat va qishloq xo„jalik mahsulotlari EI bozorlarida
hozirgi kunda ham hech qanday boj olinmasdan savdoga qo„yilmoqda. O„z navbatida
EI mamlakatlarining sanoat tovarlari ham Tunis bozorlarida bojxona to„lovlarisiz
savdo qilinadi.
Makroiqtisodiyotni rivojlantirishning navbatdagi bosqichi bo„lib, havo
transportida yuk tashish ko„lamining kengayib borganligi bo„ldi. Mamlakatda,
albatta, bunday ulkan ishlarni amalga oshirish uchun yirik investitsiyalar talab etiladi.
230
Mamlakatning makroiqtisodiyotida tashqi savdo va valyuta tizimini erkinlashtirish va
soliq sohasida berilgan imtiyozlar, huquqiy kafolatlar, chet el investitsiyalarini
mamlakat iqtisodiyotiga ko„plab kirib kelishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Tunis davlati EI, Yaqin va O„rta Sharq mamlakatlari, Afrika davlatlari bilan
investitsiyalarni jalb qilish to„g„risida shartnomalarni imzolagan. Hozirgi kunda
mamlakat hududida qishloq xo„jaligi sohasida, foydali yerosti qazilma boyliklarini
qazib olish, sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish, xizmat ko„rsatish va turizm
sohalari bo„yicha 1600 dan ortiq chet el investitsiyasi asosida tashkil etilgan
kompaniyalar va qo„shma korxonalar faoliyat ko„rsatib kelmoqda. Mamlakatda chet
el investorlari uchun quyidagi imtiyozlar, ya‟ni kapitaliga 100 % egalik qilish huquqi.
Bunday huquq ikki holatda, ya‟ni ichki bozorda qo„yilgan chet el kapitalining hajmi
50 %dan oshgan holda yoki erni uzoq muddatga (40 yildan ortiq bo„lmagan
muddatga) ijaraga olmoqchi bo„lganda kapital qo„yilmalarni to„ldirish huquqi berildi.
Erkin iqtisodiy hududlarning ishtirokchisini faoliyati eksport mahsulotlarni
ishlab chiqarishga yo„naltirilgan bo„lsa, ularga nisbatan quyidagi imtiyozlar
belgilandi. Birinchidan, eksport qilingan mahsulotdan olingan daromadi 10 yil
mobaynida soliqdan ozod etilib, keyingi 11 yildan boshlab esa 50 % miqdorida
daromad solig„ini to„lashi; ikkinchidan, qaytadan reinvestitsiya qilingan foyda va
daromadlar to„lig„icha soliqdan ozod etilishi; uchinchidan, xomashyo to„plab, ularni
yarimtayyor mahsulotlarga aylantirish bilan shug„ullangan xizmatlar sohasi
to„lig„icha soliq va boshqa turli yig„imlardan ozod etilishi; to„rtinchidan, aksiya va
boshqa qimmatbaho qog„ozlarni sotishdan olingan foyda to„lig„icha soliqdan ozod
etilishi; beshinchidan, Nyu-York konvensiyasi tomonidan belgilangan ikkiyoqlama
soliqqa tortmasllik, investitsiyalarni va moddiy manfaatdorlikni himoya qilish
to„g„risidagi shartnoma va hququiy buzilishlik holatlari ro„y bergan taqdirda arbitraj
sudiga murojaat etish imtiyozlari ham belgilandi.
Tunisda chet el investitsiyalarini iqtisodiyotga to„g„ridan-to„g„ri jalb qilish
maqsadida xorijiy investitsiyalar bilan shug„ullanuvchi maxsus agentlik (The Foreign
Investment Promotion Agency – FIPA – Tunisia) joriy etilgan. Bundan tashqari,
sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun investitsiya kiritadigan tadbirkorlar
uchun esa sanoatni rivojlantirishga yordam berish agentligi (Agency for the
Promotion Industry – APL) ham tashkil etildi.
Mamlakatga kiritilgan investitsiyalarning asosiy qismi to„qimachilik va terini
qayta ishlash sanoat tarmoqlariga, shuningdek, elektr va elektron mahsulotlarni ishlab
chiqarishga jalb qilinadi. Tunis EIHda faoliyat ko„rsatayotgan 1500 dan ortiq
kompaniyalarning 1200 tasi eksportga mahsulot ishlab chiqarib, ular mamlakatda
joriy etilgan barcha imtiyozlardan keng foydalanishadi.
Tunis mamlakatida qishloq xo„jaligi asosiy tarmoqlardan biri hisoblanadi. Tunis
iqtisodiyotiga Saudiya Arabistoni (42,2 %), Quvayt (18,9 %), Fransiya (11,5 %
atrofida) investitsiyalar kiritayotgan bo„lsa, boshqa mamlakatlar hissasiga esa 27,4 %
investitsiyalar to„g„ri keladi.
Tunisda turizm sohasi ham investitsiyalarni jalb qiluvchi asosiy tarmoqlardan
biri hisoblanadi. Mamlakatda turizmni rivojlanishiga, hattoki, Prezidentning o„zi Ben
Ali ham jiddiy e‟tibor berib kelmoqda. Arab geograflari ham o„z davrida Tunis,
231
Jazoir va Marokashni “quyosh botayotgan yurt orollari” deb baho berishgan edi.
Haqiqatdan ham bu davlatlar Shimoldan O„rta yer dengizi suvlari bilan, Janubdan esa
Sahroi Kabirning qumloq cho„llari bilan yuvilib turganligi uchun ham bu
mamlakatlar okeandagi orollarga juda o„xshab ketadi. Bundan tashqari, bu
mamlakatlar ichida Tunis geografik jihatdan juda qulay joylashganligi, yumshoq
iqlimi, qadimgi finikiyaliklar, rimliklar, vizantiyaliklar va frantsuzlardan meros bo„lib
qolgan moddiy madaniyati turizmni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Turizm sohasidan keladigan mablag„larning miqdori bo„yicha Tunis Afrika davlatlari
ichida oldingi o„rinlardan birini egallab turibdi.
Tunisda ishlab chiqargan milliy mahsulotlarning 50-55 %i turizm tarmog„iga
to„g„ri keladi. Chunki, mamlakatga jahonning turli davlatlaridan yiliga 4 mln.dan
ortiq turist keladi. Agar turizmda band bo„lgan kishilar soni 450 ming kishini tashkil
etsa, ularning 300 mingga yaqini turizmga aloqador bo„lgan sohalarda xizmat qiladi.
Turizmdan keladigan chet el valyutasi Tunis mamlakati eksportining asosini tashkil
etadi.
Turizm sohasida ham davlat mulki bilan xususiy mulkchilik shakllari o„zaro
aloqadorlikda faolit ko„rsatadi. Turizm vazirligi bilan turizm bo„yicha milliy
departament xalqaro maydonda asosan, turizmni reklama qilish masalalari bilan
shug„ullanadi. Shuningdek ushbu davlat tashkilotchilari Tunis va Sfaks shaharlarida
qo„shimcha muzeylarni qurish va diqqatga sazovor bo„lgan qadimgi yodgorliklarni
saqlash va rekonstruksiya qilish kabi vazifalarni ham bajaradi. Xususiy investorlar
esa turistlarga xizmat qilish, yotoqxona va mehmonxonalarni qurish ishlari bilan
shug„ullanadi. Ularning yordamida Nabel, Xammamet shaharlarida va shuningdek,
mamlakatning Jerba orolida zamonaviy damolish zonalari qurilgan bo„lib, ularda dam
olayotgan turistlarga servis xizmatlari ko„rsatib kelinmoqda.
Mamlakatning ichki hududlariga turizmni kiritish loyihalari ustida ham jadal
ishlar olib borilmoqda. Birinchi navbatda, turistlarni mamlakatning shimoliy
tumanlari bo„lib hisoblangan Tabarka shahriga, yirik diniy markazlari bo„lgan Dugga
va Kayruan shaharlariga va Sahroi Kabirning ekzotik tumanlariga (asosan, g„orlarda
yashovchi trogloditlarning yashash turmush tarzini o„rganishga) jalb etish ko„zda
tutilgan.
1989-yilda Tunis davlati EI mamlakatlari bilan erkin savdo hududini tashkil
etishni kutib turmasdan chet el investorlarini iqtisodiyotga ko„plab jalb etish
maqsadida “Tunis – erkin iqtisodiy hududlari” to„g„risidagi qonunni qabul qildi. Bu
qonun asosida turizm, oziq-ovqat va qishloq xo„jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish
sohasida (ayniqsa, baliqchilikda), elektronika, mashinasozlik sanoati va xizmat
ko„rsatish sohalarida bir qator imtiyozlar berildi. Tunisda qabul qilingan bu qonun
Gretsiya va Iordaniya davlatlarida amal qilayotgan qonunlar asosida ishlab chiqilgan
bo„lib, ishlab chiqarilgan mahsulotlar va xizmat turlarini eksport qiluvchi xalqaro
savdo kompaniyalar ham imtiyozli soliqlardan keng foydalanishga ushbu qonun
qabul qilingandan so„ng mamlakat ma‟muriyati ikkita EIHlarni tashkil qilinganligini
e‟lon qildi. Birinchisi, mamlakat poytaxtidan unchalik uzoq bo„lmagan yirik xalqaro
port Bizert shahrida tashkil qilingan bo„lsa, ikkinchisi esa, mamlakatning Janubida
joylashgan Jarba oroliga yaqin Zarzis shahrida tashkil etildi.
232
Bizert EIH o„zining rivojlanish darajasi bo„yicha hozirgi kunda Shimoliy
Afrikadagi frantsuzlarning Gibraltar EIH bilan bellasha oladigan hududlardan biriga
aylanib borayotganligini ko„ramiz.
“Tunis – erkin iqtisodiy hududlari to„g„risida”gi Qonuni rezident yoki
norezident investorlarining foyda olishlari uchun bir qator imtiyozlarni yaratib berdi.
Tunis mamlakatining EIHlarida norezident kompaniyalar uchun er sotib olishga
ruxsat etilmaydi. Norezident kompaniyalar erni faqatgina ijaraga olib, qishloq
xo„jalik mahsulotlarini etishtirishi mumkin. Biroq, ular erni mulk sifatida sotib olishi
uchun o„lka gubernatorining maxsus qarorini olgan bo„lishi talab etiladi.
Mamlakatda soliq imtiyozlarining asosiy qismi ishlab chiqarilgan mahsulotning
100 %i eksportga va chet ellarda xizmat ko„rsatishga mo„ljallangan korxonalar uchun
qo„llaniladi. Lekin, bunday korxonalar ham mamlakat hududida quyidagi soliq
to„lovlarni to„lab turishi talab etiladi:
-
yengil avtomobillarni ekspluatatsiya qilish bilan bog„liq bo„lgan soliq
to„lovlarni;
-
yo„l transporti uchun to„lanadigan umumiy soliq to„lovlarini;
-
atrof-muhitni tozalash bilan bog„liq bo„lgan soliq to„lovlarni;
-
tabiiy boyliklarni ekspluatatsiya qilish bilan bog„liq bo„lgan soliq to„lovlarni;
-
qonunda ko„rsatilgan xizmatlarning samaradorligi uchun to„lanadigan soliq
to„lovlarni;
-
ijtimoiy sug„urta uchun soliq to„lovlarni (chet ellik rezidentlar mamlakatda
o„z faoliyatini boshlashdan oldin Tunisda amal qilayotgan ijtimoiy-sug„urta
to„lovlaridan voz kechishlari ham mumkin. Bu holda ular Tunisning ijtimoiy-sug„urta
to„lovlaridan ozod etilib, o„z mamlakatida ushbu soliq to„lovlarni amalga oshirishi
ham mumkin);
-
jismoniy shaxslardan eksportni 50 %dan kamaytirgani uchun daromad
solig„ini to„lashi;
-
foyda (daromad) solig„idan birinchi 10 yillikda ozod etilishi. Keyingi yillarda
esa qonunda ko„rsatilgan tartibda to„lab borishi talab etiladi.
Mamlakatda eksportga mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar to„lig„icha
norezidentlarga tegishli bo„lishi ham
mumkin. Bunda ularning eksport
mahsulotlarining tushumidan 66 %i erkin almashtiriladigan valyuta qiymatini tashkil
etsa, bu kompaniyalar uchun barcha turdagi ishlab chiqarish vositalarini import qilish
uchun ruxsat etiladi. bunday kompaniyalar uchun ishlab chiqarilgan mahsulotining
eksport qilingan qismi bilan teng nisbatni tashkil etgan import qismini mamlakat
territoriyasida sotish uchun ham ruhsat etiladi.
Eksportga yo„naltirilgan kompaniyalar Mehnat vazirligini ogohlantirgan holda
o„zlarining shtatlari bo„yicha norezident bo„lgan 4 kishini ishga olishi mumkin.
Chunki, mamlakatda tashkil etilgan har bir korxona birinchi navbatda rezidentlarni
ish bilan ta‟minlashlari lozim. Norezident kishilarni ishga qabul qilish Mehnat
vazirligi tomonidan o„rnatilgan tartibda amalga oshiriladi. Eksportga yo„naltirilgan
kompaniya ma‟muriyati birinchidan, kompaniya xizmatchisi yil davomida olgan
yalpi daromadidan (tabaqalashtirilmagan holda) 20 % miqdorida daromad solig„ini
to„lash huquqiga, ikkinchidan
233
- bojxona to„lovlari va import qilingan tovarlar uchun to„lovlardan har bir
xizmatchisi uchun bir yo„lovchi avtomobilni import qilishdagi bojxona to„lovlaridan
to„liq ozod bo„lish huquqiga ega bo„ldi.
Tunis EIHlarini faoliyat yuritishi birmuncha qiyinchiliklarni keltirib
chiqarmoqda. Masalan, Iordaniya mahsulotlari arab davlatlarining bozorlarini deyarli
egallab olgan. Bu esa o„z navbatida Tunis kompaniyalarining ishlab chiqargan
mahsulotlarining sifati ancha pastligidan (raqobatbardosh emasligidan) darak beradi.
Tunisda uy-joy qurilish ishlariga ham ko„proq kapital qo„yilmalarni qo„yish
talab etiladi. Mamlakatga birinchi bor tashrif buyurgan turist minglab bitirilmagan
uylarni ko„rib xayron qolishi mumkin. Chunki, har bir qurilish egasi o„ziga xos
amaliy me‟morchilik mo„jizasiga ega bo„lgan uy-joy qurishga intiladi. Shunday qilib,
mamlakatda EIHlarni tashkil etish endigina shakllanib kelayotgan bo„lsada, shunga
qaramasdan Bermud, Kayman va boshqa orollardagi EIHlar kabi Tunis EIHlariga
ham chet el investorlarining qiziqishlari ham tobora ortib bormoqda.
Janubiy Amerikada faoliyat ko„rsatib kelayotgan EIHlarning orasida eng muhim
ahamiyatga ega bo„lgan hududlardan biri Panama EIHdir. Panama EIHning o„ziga
xos jihatlaridan biri bu erdagi hududlarning barchasi tashqi savdo zonalari
xususiyatiga egaligidir. Chunki, bu erda Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi eng katta
Gongkongdan keyingi ikkinchi o„rinda turuvchi Kolon tashqi savdo hududi
joylashgan. Kolon tashqi savdo hududi 1948-yilda tashkil etilgan bo„lib, uning
umumiy maydoni 485,3 gektarni tashkil etadi. Agar Panama kanali yil davomida
mamlakat budjetiga 400 mln. AQSh dollari miqdorida foyda keltirsa, Kolon EIH
yiliga 10 mlrd. AQSh dollari miqdorida foyda keltiradi. Kolon tashqi savdo hududiga
Panama mamlakati YaIMning 13-14 %i to„g„ri keladi. Hozirgi kunda ushbu hududda
15 mingdan ortiq ish joylari mavjud bo„lishi bilan bir qatorda bevosita 100 mingdan
ortiq kishini ish bilan ta‟minlash imkoniyatlari ham mavjud.
Panama EIHda 1600 dan ortiq kompaniyalar tashkil etilgan bo„lib, ularning
barchasi o„z faoliyatini boshlashdan oldin Panama mamlakatining milliy davlat
reestrida qayd etiladi. Amerikada tashkil etilgan EIHlarga kira olmagan ko„pchilik
chet el firmalar bu hududdan vositachi hudud sivatida foydalanishadi. Kolon EIHga
kelgan firmalarning 93-95 %i asosan, savdo qilish yoki tovar sotib olish uchun
kelishadi. Shuning uchun ham yil mobaynida ushbu hududddan 120 mingdan ortiq
yukli konteynerlar tashiladi. Tovarlar asosan, Gonkong, Xitoy, Tayvan, Tailand,
Filippin va Indoneziya mamlakatlaridan import yoki eksport qilinadi. Kolon iqtisodiy
hududida, nafaqat, tovarlar savdosi, balki, ishlab chiqarish xizmatlari (tovarlarni
bo„yash, o„rash, qutilarga joylash kabilar) ham ko„rsatiladi
69
.
Kolon EIH orqali realizatsiya qilingan tovarlar bojxona va boshqa soliq
to„lovlardan ozod qilinadi. Eksport uchun soliq faqatgina Panamada ishlab
chiqarilgan mahsulotlar yoki bo„lmasa bu hududda qo„shilgan qiymat uchun
to„lanadi. Munitsipial va sotishdan keladigan tushum uchun soliqlar to„lash bu
hududda amal qilmaydi.
1995-yilga qadar daromad solig„ining differensial stavkalari 15 ming
dollargacha 2,5 %ni, 100 ming dollargacha esa 8,5 %ni tashkil etgan. Ishlab
69
http/ www.fias.net/conference/EcozonesIndiadocs/KRao.pdf
234
chiqarilgan mahsulotning 80 %i eksportga jo„natilgan va 30ta panamalikni ish bilan
ta‟minlagan kompaniyalar 5 yil mobaynida soliqlardan ozod etilgan. 1995-yildan
keyin Panama EIHda daromad solig„i 8,5 %dan 15 %gacha ko„tarildi. Bundan
tashqari 8,5 ming dollardan yuqori amalga oshirilgan har bir operatsiya uchun
oldindan mablag„ to„lovi (soliq to„lovi) joriy etildi. Biroq, ushbu chora-tadbirlar
kichik firmalarning faoliyatiga salbiy ta‟sir ko„rsatib, ularning moliyaviy jihatdan
sinishiga va iqtisodiy hududdan ketib qolishiga sabab bo„lgan edi. Shuning uchun
mamlakat parlamenti Kolon iqtisodiy hudud ma‟muriyatiga 1997-yildan boshlab
iqtisodiy hududdagi xo„jalik subyektlarini barchasini soliq to„lovlaridan ozod
qilinganligini ma‟lum qildi. Albatta, bu tadbir mamlakat budjetiga yiliga 40 mln.
AQSh dollari miqdorida yo„qotish keltirsa ham, hududdagi barqarorlikni saqlab
qolish maqsadida hukumat mazkur yo„lni tanlashga majbur bo„lib, 1948-yilda qabul
qilingan Kolon EIH to„g„risidagi kodeksga o„zgartirishlarni kiritgan edi.
Panamada, nafaqat, erkin savdo hududlari, balki zamonaviy texnika-texnologiya
asosida ishlaydigan erkin ishlab chiqarish hududlarini tashkil etish to„g„risida ham
chora-tadbirlar ko„rilmoqda. Ana shunday tadbirlar jumlasiga 1993-yilda San
Migelito shahrida erkin ishlab chiqarish hududini tashkil etilganligini ham ko„rsatib
o„tishimiz mumkin.
Xalqaro hamjamiyatga kiruvchi davlatlarning ko„pchilik ishbilarmon-
tadbirkorlari Kolon EIH va shuningdek, mamlakatdagi Xalqaro bank markazi deb
nomlangan servis iqtisodiy hududlarni alohida-alohida faoliyat ko„rsatishini
bilishmaydi. Panamada faoliyat ko„rsatayotgan banklar uchun “markaz” so„zini
qo„llash birmuncha noto„g„ri bo„lishi ham mumkin, chunki, banklar bir hududda yoki
bir iqtisodiy tumanda yig„ilib faoliyat ko„rsatmaydi. Chunki, chet el banklarining
mamlakatda ro„yxatdan o„tganlari esa EIHda yoki mamlakat markazi va boshqa
shaharlarda faoliyat ko„rsatishi ham mumkin.
1970-yilda mazkur bank va kredit muassasalari faoliyatini nazorat qilish uchun
Panamada Milliy bank kompaniyasi tashkil topdi. Ushbu kompaniya tomonidan
mamlakatda faoliyat ko„rsatib kelayotgan barcha banklarga “Banklar to„g„risida”gi
Qonunga asosan, quyidagi 3 turdagi litsenziya beriladigan bo„ldi.
1. Bosh litsenziya. Ushbu litsenziyaga ega bo„lgan banklar barcha turdagi
operatsiyalarni bajarish huquqiga ega bo„ldi.
2. Xalqaro litsenziya. Ushbu litsenziyaga ega bo„lgan banklar, asosan, xorijiy
mijozlarga xizmat ko„rsatish huquqiga ega bo„ladi.
3. Vakillik litsenziya. Bunday litsenziyaga ega bo„lgan banklarning o„zi
mijozlarga xizmat ko„rsatmasdan, balki EIHdagi xo„jalik subyektlariga boshqa
banklar orqali xizmat ko„rsatishda vositachilik qilish huquqi berildi.
Yuqorida qayd etilgan litsenziyalarga egalik qiluvchi banklarning vakillik
varaqalari hukumat rahbariyati tomonidan ogohlantirilmasdan ochib yoki yopib
qo„yilishi ham mumkin. Ushbu banklar tomonidan aktivlar va divedendlarning
o„tkazilishi
chegaralanmaydi
va
mablag„larni
majburiy
ravishda
deponentlashtirilmaydi. Bunda tashqi operatsiyalar uchun soliq tizimi qo„llanilmaydi
(foyda solig„i 8 %ni tashkil etgan holda). Panama EIHdiga xorijiy investorlarni jalb
etuvchi yana bir omillardan biri to„lovlarning barchasi AQSh dollarida amalga
235
oshirilishidir, milliy valyuta hisoblangan balbao ko„pchilik hollarda numizmatik
xarakterga ega bo„lib qolgan holos.
Panama EIHda xususiy bank ochish uchun Milliy bankda faoliyat ko„rsatib
kelayotgan komissiya tomonidan 90 kunga beriladigan vaqtinchalik ruhsatnoma
bo„lishi talab etiladi. Ushbu muddat tugagandan so„ng esa doimiy litsenziya beriladi.
Banklarning minimal ustav kapitali qonun bo„yicha odatda 1 mln. AQSh dollari
atrofida bo„lishi ko„rsatilgan bo„lsada, amalda esa 3 mln. dollar atrofida bo„lishi talab
qilinadi. Panamada tashkil etilgan chet el banklari Milliy bank tomonidan qattiq
nazorat qilib turiladi. Ulardan har oyda o„zlarining aktivlari va daromadlari
to„g„risida hisobot berib turishi va shuningdek, 10 ming dollardan yuqori bo„lgan
bank operatsiyalari va depozitlar to„g„risida ma‟lumotlarni o„z vaqtida berib
borishlari talab etiladi.
XX asr 80 yillarining boshlaridayoq Panama EIH xalqaro maydondagi yirik
moliyaviy markazlardan biriga aylangan edi. Chunki, bu vaqtda mamlakatda 40 mlrd.
dollar kapitaliga ega bo„lgan 110 dan ortiq yirik bank markazlari, 30 ga yaqin
mamlakatlarning avuarlari70 hamkorlikda faoliyat ko„rsatgan edi. Biroq, XX asr 80
yillarining ikkinchi yarmida Panama banklari Amerika hukumatining olib borgan
iqtisodiy siyosati oqibatida og„ir qiyinchiliklarni boshdan kechira boshlagan edi.
AQSh hukumati o„z hududida joylashgan Panama banklarining avuarlarini qattiq
siquvga olib, ikki oy mobaynida yopib ham qo„ygan edi. Buning oqibatida bank
aktivlari 11 mlrd. dollarga kamayib, ba‟zi bir banklar esa hatto o„z faoliyatini
mutlaqo to„xtatib qo„ygan ham edi. Lekin, bunday holatlarga qaramasdan Panama
EIHdan banklarning ommaviy ravishda ketib qolish holatlari uchramadi.
XX asr 90 yillarining boshida ushbu moliyaviy markazlar o„z faoliyatini yana
tiklay boshladi. Aktivlarning yillik o„sishi yiliga 16,5 %ni tashkil etdi. Banklar
tomonidan ko„rsatilgan xizmatlar hajmi yalpi milliy mahsulotning 15 %ini
ta‟minladi. Lekin, bank aktivlari bu davrda 1982-yilgi rekord darajasiga etmagan,
ya‟ni 35 mlrd. dollardan oshmagan edi. Mamlakatda milliy banklarning aktivlarini
o„sishi xarakterli xususiyatga ega bo„lib, 8,5 mlrd. dollarni tashkil etgan.
90 yillarning oxirlarida Panamada 106 ta xorijiy banklar faoliyat ko„rsatib,
ularning 60 tasi bosh litsenziyaga, 28 tasi xalqaro litsenziyaga va 18tasi esa vakillik
litsenziyaga egalik qilishgan. EIHlarda faoliyat ko„rsatadigan banklarning aktivlari
mamlakatdagi umumiy banklarning 2/3 qismini tashkil etib, aktivlarning 27 %i
likvidli, 61 %i esa tashqi va ichki mijozlarning zayomlariga, 6 %i esa
investitsiyalarga yo„naltirilgan.
Panama EIHning yana bir xarakterli xususiyati shuki, chet el kemalarini Panama
mamlakati registridan (ro„yxatdan) o„tib, mamlakat bayrog„i ostida yuk tashish
ishlariga jalb etilishidir. Bu ko„rsatkich bo„yicha Panama jahon mamlakatlari ichida
birinchi o„rinni egallaydi. XX asr 90 yillarining oxirida mamlakatda 13541 kema
ro„yxatdan o„tkazilgan bo„lib, ular tomonidan tashilgan yuklarning umumiy hajmi 95
mln. tonnani tashkil etgan. Mamlakat budjetiga esa 50 mln. AQSh dollari atrofida sof
foyda kelib tushgan.
Mavjud kemalarning 36 %i yaponiyalik ishbilarmonlarga tegishli bo„lgan.
70
Avuarlar – bank aktivlari va pul mablag„lari.
236
Chunki, bu erda olingan daromad soliqdan ozod qilinadi. Bundan tashqari Panama
geografik jihatdan juda qulay joyda joylashgan. Ya‟ni, ushbu hududda Tinch
okeanini Atlantika okeani bilan bog„lovchi Panama kanali joylashgan. Ushbu
kanaldan jahonning barcha mamlakatlarining yuk tashuvchi kemalari o„tadi. Shuning
uchun ham bu portlarda yuklarni o„rash, saqlash, markirovka qilish va ortib jo„natish
kabi xizmatlar ko„rsatish infratuzilmasi yuksak darajada rivojlangan. Ushbu kanal
orqali hoziri kunda yiliga 1337000 netto tonna yuk olib o„tiladi.
Mamlakatda kemalarni ro„yxatdan o„tkazish asosan, dengiz kemalari
to„g„risidagi xalqaro konvensiyalar asosida amalga oshiriladi. Panamada kemalarni
ro„yxatdan o„tkazish, kemalarning yuk ko„tara olish va tashish qobiliyatlari hisobga
olinmasdan, balki ularning eskirish qobiliyati ro„yxatga olinadi. Masalan, 20 yil
muddatga xizmat qiluvchi kemalar umumiy o„tkazilib, ulardan kamrog„i esa maxsus
muttaxasislar ko„rigidan o„tadi.
Shunday qilib, Panama davlatida joylashgan EIHlar va moliyaviy bank
markazlari, savdo hududlari va yuk tashish xizmatlari mamlakat iqtisodiyotida
muhim vazifalarni amalga oshirib kelmoqda. Ushbu mamlakatda yaratilgan qulay
imtiyozlar alatta xalqaro maydonda keng faoliyat ko„rsatib kelayotgan tadbirkorlarni
e‟tiborini o„ziga tortmasdan qolmaydi. Shuning uchun ham jahon xo„jaligiga kirib
boruvchi ko„plab davlatlar Panama EIHlari tajribasidan samarali foydalanib, o„z
iqtisodiyotini rivojlantirib borishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Malta davlati O„rta yer dengizining markaziy qismida joylashgan orollardan biri
bo„lib, barcha dengiz yo„llarining kesishgan qismida joylashgan. Uning geografik
jihatdan qulay joyda joylashganligi orolni yirik xalqaro savdo markazlaridan biriga
aylanishiga olib keldi. Malta orolida hunarmandchilik tashkil topdi, dengiz flotlarga
keng ko„lamda xizmat ko„rsatish ishlari rivojlandi. Statistik ma‟lumotlarga ko„ra,
Malta chet ellik kemalarni ro„yxatdan o„tkazish borasida jahonda birinchi o„nlikka
kiradi. Bu ma‟lumotlardan ko„rinib turibdiki, Malta hukumati dengiz tovar
aylanmasida o„z obro„sini saqlab turish uchun kemalarga servis xizmatlarini
ko„rsatish, ekspluatatsiya qilish va qayd etishni o„z vaqtida va hech bir
qiyinchiliklarsiz tashkil etishni to„g„ri yo„lga qo„ygan. Maltaning dengizda
ko„rsatadigan faoliyati, asosan, dengiz Mahkamalari tomonidan muvofiqlashtirib
turiladi. Bu mahkamalar dengiz markazlari ham hisoblanib, o„z tarkibiga ma‟muriy,
huquqiy, soliq va infratuzilma faoliyatini boshqarish xizmatlarini ham qo„shib olgan.
Chet ellik kema korxonalarini ro„yxatdan o„tkazishning tartib qoidalari, asosan,
1973-yilda qabul qilingan “Buyuk Britaniya” qonunchiligiga asoslangan “Malta
offshor hududi to„g„risida”gi Qonunning 234-moddasida o„z aksini topgan, ushbu
modda tijorat kema faoliyati to„g„risidagi dalolatnoma asosida nazorat qilib turiladi.
Har qanday kema, ya‟ni oddiy yaxtalardan tortib, neft tashuvchi tankerlarga qadar
Malta bayrog„i ostida ro„yxatdan o„tkaziladi, agar bu savdo Maltada huquqiy yoki
jismoniy shaxsning mulki bo„lib hisoblansa. Kema birinchi marotaba 6 oyga,
keyinchalik bu muddat yana 6 oyga cho„zilib to„liq hujjatlar asosida ro„yxatdan
o„tkaziladi. Bundan tashqari, kemalar “berbout-charter” ko„rinishida ham ro„yxatdan
o„tkazilishi mumkin. Bu holda kema Malta bayrog„i ostida chet ellarda ham faoliyat
ko„rsatish huquqiga ega bo„ladi.
237
“Malta” offshor hududida faoliyat ko„rsatayotgan ikki hissador va bitta
kompaniyani millati va fuqaroligidan qatiy nazar tayinlangan direktor boshqarishi
mumkin. Kompaniyani vaqtinchalik ro„yxatdan o„tkazish uchun quyidagi hujjatlar,
ya‟ni kompaniyani ro„yxatdan o„tkazish to„g„risidagi ariza, kema maltalik fuqaroga
yoki huquqiy shaxsga tegishli ekanligini tasdiklovchi hujjat, mulkdorning
deklaratsiyasi, kemaning sifat ko„rsatkichlari to„g„risidagi ma‟lumotnoma va
hokazolar talab etiladi. Kompaniyani doimiy ro„yxatdan o„tkazish uchun esa
kemaning sertifikati va oxirgi marta ro„yxatdan o„tgan mamlakat to„g„risidagi
ma‟lumotnoma talab etiladi.
Kompaniyani doimiy ro„yxatdan o„tkazish uchun esa kemaning sertifikati,
oxirgi marta ro„yxatdan o„tgan mamlakatning ro„yxatidan o„tganligini tasdiqlovchi
ma‟lumotnoma, kemaning Malta EIHi talablariga javob berishini tasdiqlovchi hujjat,
kemaning qonuniy ekanligini tasdiqlovchi hujjat, kemani boshqaruvchi komandaning
ro„yxati, kemaning vaqtinchalik ro„yxatdan o„tganligini tasdiqlovchi hujjat va
boshqalar talab etiladi.
Kemani “berbout-charter” uchun ro„yxatdan o„tkazishga esa, kema Maltalik
huquqiy va jismoniy shaxsga tegishli ekanligini tasdiqlovchi hujjat, kema ilgari
“berbout-charter”
ko„rinishida
ro„yxatdan
o„tkazilmaganligi
to„g„risida
ma‟lumotnoma, kemani ijaraga oluvchining arizasi, “berbout-charter” shartnomasi va
deklaratsiyasi, ro„yxatdan ko„chirma, mulk egasining yozma ruhsatnomasi, kemaning
yaroqliligini tasdiqlovchi hujjat, boshlang„ich yoki yillik to„lovlarni amalga
oshirganligini tasdiqlovchi hujjatlar va boshqalar talab etiladi.
Kema Malta offshor hududida ro„yxatdan o„tkazilgandan so„ng, u ikkinchi
majburiyatni garov vazifasini ham o„tashi mumkin. Xalqaro banklar maltalik
kemalarni garov sifatida tan oladilar. Chunki, Maltada garov to„g„risidagi me‟yoriy-
huquqiy hujjatlar xuddi garov asoslarini ko„rsatuvchi inglizcha usuli bilan
tenglashtirilgan. Shu bilan birga garov asoslari Maltaning “Fuqarolik” kodeksi kabi
ustunlikka ham ega.
Jahon mamlakatlarining ko„pchilik kemalari Malta orolida ro„yxatdan o„tib
ishlashni xohlaydi. Buning sabablari quyidagilardan iborat. Birinchidan, Maltada
kemalarni ro„yxatdan o„tkazish va tashkil etish uchun to„lov miqdorlarning boshqa
mamlakatlarga nisbatan kamligi, ikkinchidan, 1000 tonna va undan yuqori bo„lgan
yukni suvda torta olish qobiliyatiga ega bo„lgan kemalarning egalari va shuningdek,
ijaraga ouvchilar va moliyaviy jihatdan yordam beruvchilarning barchasi soliq
to„lovlaridan ozod etiladi, uchinchidan, kema egasining millati. Fuqaroligi va ekipaj
a‟zolarining soniga hech qanday talab qo„yilmasligi, to„rtinchidan kema xavfsizlik
talablariga javob berishi, benishchidan, aksiyalarni olish va sotish davrida hech
qanday yig„imlarning yo„qligi, oltinchidan agar kemalarni ekspluatatsiya qilish
korxonasi offshor kompaniyaga mansub bo„lsa, “Offshor kompaniyalar to„g„risida”gi
Qonunga asosan, turli imtiyozlarga ega bo„lishi va boshqalar.
Malta EIH bir qator kema xo„jaliklari tashkil etish bo„yicha xalqaro
konvensiyalar a‟zosidir. Malta kema xo„jaligida ishlovchilarning barchasi daromad
va meros soliqlaridan, aksiyalarni va kemalarni sotish va ijaraga berish soliqlaridan,
kemalarni ro„yxatdan o„tkazish vaqtidagi soliqlardan ozod qilinishi bilan
238
xarakterlanadi.
Malta orolida ikkiyoqlama soliq olinmasligi to„g„risidagi shartnomaga ega
bo„lgan davlatlarning kompaniyalarini ro„yxatdan o„tkazganda olinadigan soliqlar
miqdori yanada kamaytirilishi ko„zda tutilgan. Malta davlati EI bojxona hududidan
tashqarida ekanligi bilan ham xarakterlanadi.
Shunday qilib, Maltada kemalarni ro„yxatdan o„tkazish va tashkil etishning
to„lov miqdorlari jahonning boshqa mamlakatlariga nisbatan kamligi bilan ajralib
turadi. Bundan tashqari Maltada bir qator kema xo„jaliklarini tashkil etish
to„g„risidagi xalqaro konvensiyalarning a‟zosi ekanligi bilan, kema xo„jaligida meros
va aksiyalarni sotish hamda kemalarni ijaraga berish bilan, shuningdek, kemalarni
ro„yxatdan o„tkazishda soliqlardan ozod qilinishi bilan ham ajralib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |