Эркин иқтисодий ҳудудлар


 Rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotida erkin



Download 5,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/281
Sana09.06.2022
Hajmi5,21 Mb.
#647606
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   281
Bog'liq
ERKIN-IQTISODIY-HUDUDLAR

7.2. Rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotida erkin 
iqtisodiy hududlarning ahamiyati. G„arbiy Yevropaning ilmiy-texnik 
rivojlanishida erkin iqtisodiy hududlarning tutgan o„rni 
Yuqoridagi 1-bobning 1.3-paragrafida keltirilganidek, hozirda jahonning 140 
dan ortiq davlatida 5 mingga yaqin EIH mavjud. Ularda 80 mln.dan ortiq kishi 
mehnat foliyatini olib bormoqdalar. E‟tiborli tomoni, bu ko„rsaktichlar yildan-yilga 
o„sib bormoqda. Natijada ularning jahon savdo hajmi o„sib bormoqda. 
Rivojlangan davlatlarda yaratilayotgan EIH mamlakatning xo„jaligiga, eng avallo, 
tashqi iqtisodiy aloqalar darajasi oshishiga va tovar almashinuvi o„sishiga o„z ta‟sirini 
o„tkazadi. Jumladan, AQShda 266 ta tashqi savdo hudud (TSH)lari mavjud, ular 
butun mamlakat hududini qamrab olgan. AQShda EIHlar soni 266 ta ekanligi tilga 
olinganida rasman TSHlari nazarda tutiladi. Undan tashqari, tadbirkorlik hududlari va 
texnoparklar ham faoliyat ko„rsatadi. 1990-yillar boshlarida AQShda 150 ta 
texnopark (dunyodagi texnoparklar umumiy sonining 30 foizi) mavjud edi
63
. Hozirgi 
kunda ular soni 200 tadan ortiq. Shuningdek, 1500 ta tadbirkorlik hududlari ham 
mavjudligini hisobga olgan AQShda EIHlar qanchalik rivojlanganligini tasavvur 
qilish mumkin. 
AQShning TSH davlatning ishlab chiqarish jarayonining tarkibiy elementi 
bo„lib, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga o„z hissasini qo„shadi; bandlik darajasini 
oshiradi, mablag„ kelishini ta‟minlaydi va ichki bozor ehtiyojini qondirishga xizmat 
qilishadi. Bundan tashqari, ESH faoliyati AQSh avtomobil sanoatining 
raqobatbardoshligi oshishiga ko„maklashgan va Amerika ichki bozorida Yaponiya 
avtomobil ishlab chiqarish korporatsiyalariga qarshi kurashda yetakchi o„rinni 
egallashni ta‟minlagan. 
Yevropa ichki va tashqi savdo rivojlanishiga EIH sezilarli darajada ta‟sir 
ko„rsatishmoqda. Bu hududlarda amalga oshirilayotgan savdo operatsiyalarining 
miqdori va samarasi Yevropaning tashqi iqtisodiy faoliyatining rivojlanishiga katta 
hissa qo„shmoqda va bu, o„z navbatida, Yevropa dunyo bozorida yetakchi o„rinni 
egallashini ta‟minlab berdi. Germaniyada, masalan, oltita erkin iqtisodiy zona 
faoliyat ko„rsatmoqda. Bular ichida eng birinchi paydo bo„lgani, ko„plab olti va 
63
Шаропов С.А. Свободные экономические зоны. Уч.пос. – М.: Юнити, 2006. – С. 18. 


196 
sakkiz qavatli, hajmi 600 ming m
2
dan ortiq omborga, neft va neft mahsulotlarini 
saqlash omborlariga, meva va sabzavotlar uchun mo„ljallangan omborlarga ega 
Gamburg EIHdir. Bu zona Gamburg Germaniyaning eng yirik dengiz porti unvonini 
ushlab turishiga imkoniyat bermoqda. 
G„arbiy Yevropaning rivojlangan davlatlari jahon iqtisodiyotida va jahon 
xo„jalik aloqalarida muhim rol o„ynaydi. Bugungi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish 
darajasiga etish bir necha o„n yilliklardan iborat. Yevropa davlatlari mavqei ham 
mintaqada, ham jahon xo„jaligida mustahkamlanishiga ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish 
modeli tanlovi, jahon xo„jaligiga yuqori ochiqlik va xo„jalik hayotning 
internatsionallashuv darajasi, integratsion jarayonlar sabab bo„ldi. G„arbiy 
Yevropaning iqtisodiyoti va tashqi iqtisodiy aloqalari rivojlanishiga mintaqada keng 
tarqalgan EIH ma‟lum xissa qo„shmoqda. 
Odatda, EIH xalqaro mehnat taqsimoti va jahon xo„jalik aloqalar bilan bog„liq 
va u yoki boshqa davlat iqtisodiy rivojlanish strategiyasi bilan belgilanadigan 
vazifalarni bajaradi. Asosan, chet el sarmoyalarini jalb etuvchi rivojlanayotgan 
davlatlar EIHiga qaraganda, G„arbiy Yevropada EIH, boshqa rivojlangan 
davlatlardagi kabi, milliy xususiy kapital jalb etishga va mahalliy tadbirkorlar uchun 
preferentsial investitsion sharoit yaratishga qaratilgan. Bundan tashqari, G„arbiy 
Yevropada EIH faoliyati (ayniqsa, 1950 yillardan keyin) yetarli darajada mintaqa 
davlatlari iqtisodiy rivojlanishining muhim tendensiyasi bo„lmish integratsion 
jarayonlar bilan aniqlanadi.
G„arbiy Yevropada EIHning ko„p turlari mavjud, ular ichida erkin savdo 
hududlari, texnoparklar, ofshor markazlari va kompleks hududlar rivoj topgan. 
G„arbiy Yevropada erkin savdo hudud (ESH)lari soni ko„proq. Ular bu erda XIX 
asrda va undan ham oldin (erkin gavanlar) paydo bo„lgan. XXI asr boshida ularning 
soni 200 dan ortiqni tashkil etdi. Avval bunday zonalar, asosan, dengiz portlarida 
shakllangan. Jumladan, Germaniyada yirik ESH Bremen, Bremerxaven, Emden, 
Gamburg va Kil portlarida joylashgan. Bu zonalarda tovarlarni yuklash, bo„shatish, 
qayta yuklash, saqlash, ajratish, belgilash va ularning sotuvi amalga oshiriladi, tashqi 
savdoga tegishli turli xizmatlar ko„rsatiladi. Ularning hududida alohida preferentsial 
rejim asosan, port-zona hududida tovarlarni ishlash va qayta ishlash natijasida yuzaga 
keladigan bojxona to„lovlari, QQS bekor qilinishi orqali tashkil qilinadi. 
Germaniya ESH orasida Gamburg ajralib turadi, u Shimoliy dengizdan 100 km 
da joylashgan eng yirik dengiz va daryo portidir. Unda yirik xalqaro aeroport va turli 
sanoat sohalari mavjud. 
Italiyada ESHning bojdan ozod etilgan ombor o„shakli keng tarqalgan. Ularning 
soni 12 ta bo„lib, jumladan, Neapolda (4 ta), Genuyada (2 ta), Vari, Imperiya, 
Livorno, Palermo va Rimda joylashgan. 
Ispaniyada 4 ta EIH mavjud. 1929 yil ichki va tranzit savdoni rivojlantirish, 
tashqi savdo operatsiyalarini faollashtirish va ekusportga yo„naltirilgan sanoatni 
rivojlantirish uchun “Kadis” EIH tuzilgan. 
EIHning Atlantika okeani qirg„og„ida joylashganligi uning Amerika, Shimoliy 
Afrika, Anlantika sohili hamda O„rta er dengizi atrofidagi Yevropa davlatlari, Yaqin 
va O„rta Sharq davlatlari bilan o„zaro iqtisodiy munosabatlari rivojlanishini 


197 
ta‟minadi. “Qadis” hududidagi qirg„oq Ispaniyani barcha yirik savdo markazlari bilan 
bog„lovchi yuk va passajir tashuvchi, dengiz liniyalariga xizmat qiluvchi zamonaviy 
port qurilmalariga ega. “Qadis” EIH maydoni 570 ming m
2
ni tashkil etadi. Bu 
hududda xalqaro savdo markazi, ofis markazi, ochiq va yopiq ombor va 
maydonchalar, sanoat korxonalari, port xizmatlari, konteyner-muzlatgichlar terminali 
joylashgan
64

“Qadis” EIH zamonaviy infratuzilma va ma‟lumotlar bazasi, xavfsizlik 
xizmat,iyaki aloqa tizimi, bojxona, bank va transport xizmatlariga ega. ESH Yevropa 
Ittifoqi (EI) bojxona hududining qismi hisoblanadi, shuning uchun uchinchi davlatlar 
tovarlari uchun quyidagi bojxona va soliq imtiyozlari mavjud: 
- agar tovar ESHda bo„lsa, import bojlaridan ozod etish; 
- zona hududiga olib kelinayotgan tovarlarni maxsus soliqlardan ozod etish; 
- QQSdan ozod etish va ESHga olib kirilayotgan tovarlar uchun va bu tovarlarni 
qayta ishlash bilan bog„liq xizmatlar uchun to„lovlarning qaytarilishi; 
- EI savdo siyosati choralarini qo„llamaslik; 
- tovarning kelib chiqishi, imqdori, ishlab chiqilgan joyi va ishlatilishidan qat‟iy 
nazar, uni olib kirish va cheklanmagan muddat davomida ESHda saqlash imkoniyati. 
“Qadis” EIH muvaffaqiyatli rivojlanib, Ispaniyaning ichki va tashqi savdosi 
rivojlanishiga hissa qo„shmoqda. 
1990-yillar boshida Ispaniyada “Barselona” kompleks EIHi tuzilgan. Davlatdagi 
eng yirik zona hisoblanuvchi mazkur EIH o„z ichiga sanoat zonasini, erkin bojxona 
omborini va erkin savdo zonasini oladi. Bu kompleksni boshqarish uchun Barselona 
EIH konsortsiumi tashkil etilgan. Konsortsium uchta EIH faoliyatini boshqarish va 
hudud chegarasidagi erlarni korxona va firmalarga ijaraga berish bilan birga, EIHdagi 
loyihalarni amalga oshirish bilan shug„ullanadi. 
Tarragonda (Barselona) joylashgan sanoat poligoni sanoat korxonalari zichligi 
bo„yicha Kataloniyadagi eng yirik EIH hisoblanadi va eng yaxshi infratuzilmaga ega. 
Ushbu hudud asosiy kommunikatsiya tuzilmalari yaqinida joylashgan. Ispaniya va 
Yevropaning asosiy avtomagistrallariga, Tarragon dengiz porti va Reus aeroportiga 
yaqin, hudud ichida tovar stantsiyalari va temir yo„l konteyner terminali mavjud. 
Shularni hisobga olgan holda, “Barselona” EIHiga, nafaqat, milliy, balki, xalqaro 
korporatsiya qa firmalar ham katta qiziqish bildiradi. 
Tarragon yaqinidagi erkin ombor 1993-yilda tashkil etilgan. Konsortsium 
rahbariyati fikriga ko„ra, “Barselona” EIHni rivojlantirishning o„rta muddatli 
loyihalari orasida erkin ombor faoliyati katta ahamiyatga ega
65

Kompleks hududning uchinchi tarkibiy qismi – erkin savdo hududi, u orqali turli 
tovarlarning tarnziti va eksporti amalga oshiriladi.
1980-yili Portugaliyaning Madeyra arxipelagida va Azor orollarida ikkita 
kompleks zonalar tuzilgan. “Santa-Mariya” kompleks zonasi (Azor orollarida) 40 ga 
maydonni egallaydi va unga transport ta‟minoti borasida chuqur suvli dengiz porti va 
xalqaro aeroporti tomonidan xizmat ko„rsatiladi. Zonaning ixtisosligi ko„p qirrali: 
64
Raimjonova M.A. O„zbekistonda erkin iqtisodiy hududlarga investitsiyalarni jalb qilish: nazariy asoslari, hozirgi 
holati va istiqbollari. – T.: “Extremum-press” nashriyoti, 2013. – B. 59-60. 
65
Raimjonova M.A. O„zbekistonda erkin iqtisodiy hududlarga investitsiyalarni jalb qilish: nazariy asoslari, hozirgi 
holati va istiqbollari. – T.: “Extremum-press” nashriyoti, 2013. – B. 60-61. 


198 
uning hududida sanoat, tijorat va moliyaviy faoliyatning, shuningdek, ofshor zonalar, 
barcha turlari ruxsat etilgan. 
“Santa-Mariya” EIHdida ro„yxatga olingan korxonalar quyidagi imtiyozlarga 
ega: 
-
barcha bojxona turlarini soddalashtirilish; 
-
tovarlarni erkin olib kirish va olib chiqish; 
-
reeksport qilinayotgan tovarlarning bojlaridan ozod etilish; 
-
aksiyadorlik jamiyatlar va korxonalar daromad solig„idan hamda patentlar, 
litsenziyalar, tovar belgilarni berishda daromad solig„idan ozod etilish;
-
chet el kompaniyalar kapitali erkin harakat qilinishi; 
-
kasb o„qishi uchun subsidiyalar (Azor orollari fuqarolari uchun 100%gacha); 
-
ijara subsidiyalari (harajatlar 50%gacha 5 yil muddatga); 
-
qurilish subsidiyalari (ishlab chiqarish korxonalari qurilishida harajatlarning 
50%gacha); 
-
uskuna olish uchun subsidiyalar (ishlab chiqarish korxonalari uchun 
harajatlarning 50%gacha). 
Loyihalarni amalga oshirishga qiziqqan va EIHda ish yuritayotgan 
korxonalarning axborot ta‟minoti “Santa-Mariya” EIHni rivojlantirish jamiyati orqali 
amalga oshiriladi. 
Portugaliyaning boshqa Maydeyra orolidagi EIH kompleks zonasining vazifa va 
imtiyozlar tizimi shunga o„xshash, biroq, uning hududi va faoliyat doyrasi “Santa-
Mariya” EIHga solishtirganda kichikroq. 
G„arbiy Yevropada kompleks zonalarning turi bo„lmish tadbirkorlik hududlari 
tuzilgan va ish yuritib kelmoqda. Bu zonalar depressiv hududlarda joylashgan, misol 
uchun, Buyuk Britaniyaning ko„mir basseynlarida – uzoq vaqt davomida iqtisodiy 
inqiroz va ishsizlikka yuz tutgan Midlend va Yorkshirda. Tadbirkorlik hududlarni 
tuzishdan maqsad iqtisodiy qoloq hududlarda milliy tadbirkorlarga moliyaviy-kredit 
va soliq imtiyozlar berish orqali xo„jalik faoliyatni jonlantirishdir. Bu zonalardagi 
imtiyozlar darajasi, odatda, bevosita tadbirkorlar tomonidan tashkil etiladigan ish 
joylariga bog„liq. Tadbirkorlik hududlar Buyuk Britaniya va Fransiyada mavjud. 
G„arbiy Yevropa davlatlarida ilmiy-sanoat parklar, ilmiy parklar, texnoparklar 
sifatida ma‟lum bo„lgan texnik-tadbiq etish hududlari keng tarqalgan. Ularda 
printsipial yangi texnologiyalar, materiallar va tovarlar ishlab chiqish olib boriladi, 
ilm talab qiluvchi mahsulotning kam miqdorli eksperimental ishlab chiqarilishi 
amalga oshiriladi.
Bunday zonalar tuzish va tarqalish sababi shundaki, urushdan keyingi davrda 
G„arbiy Yevropa davlatlari AQShdan yuqori texnologiyalar yaratishda ortda qolib 
ketgan, bu mintaqa tomonidan murakkab mahsulotlarning ko„p turlarini ishlab 
chiqarish va eksport qilishda yetakchilik pozitsiyalarini yo„qotishga olib keldi. 
1970-yillarda vujudga kelgan AQSh bilan iqtisodiy aloqalardagi “texnologik 
qoloqlikni” qisqartirish maqsadida G„arbiy Yevropa o„z ilmiy-texnik potensialini 
mustahkamlash borasida harakatlarni amalga oshirdi, ular, jumladan, o„z ichiga 
texnoparklar tarmog„i yaratilishini olgan. Texnoparklar 1970 yillar oxirida birinchi 


199 
bo„lib Buyuk Britaniyada, so„ngra esa Belgiya, Fransiya va boshqa davlatlarda 
tashkil etila boshladi. Germaniyada bunday tuzilmalar faqat 1983 yildan boshlab 
paydo bo„la boshladi, lekin, ularning rivojlanishi juda tez amalga oshdi: 1988 yili 
texnoparklar soni 20 tashkil etdi. Fransiyada 30 texnoparklar mavjud, ular mini-
parvarishxonalar deb ataladi
66
. Mini-parvrishxonalar texnik jixatdan yaxshi 
jihozlangan, malakali kadrlar bilan ta‟minlangan, ular barcha xoxlovchilarga o„z 
ishini boshlashda yordam ko„rsatadi, ularga biznes-reja tuzishda maslaxatlar beradi, 
zarur kadrlar topishda ko„mak beradi.
Buyuk Britaniyada 40 yaqin texnoparklar tashkil etilgan, ularda 18 mingdan 
ko„p odam ishlaydi. Bundan tashqari, Yevropada aniq universitetlar bilan bog„liq 
bo„lmagan 20 yangi sanoat-texnologiyalar markazlari mavjud.
Texnoparklarning funksional xususiyati davlatga qarab farqlanadi. Agar 
Fransiyada mini-parvarishxonalar kichik biznes qo„llab-quvvatlashga qaratilgan 
bo„lsa, Germaniyada ular e‟tiborlarini kichik ilm talab qiluvchi firmalar tuzishga, 
texnologiyalarni sanoatga o„tkazishga, texnopark ichida harakat qiluvchi firmalar 
o„rtasida 
texnologiyalarni 
almashishga 
qaratilgan. 
Buyuk 
Britaniyadagi 
texnoparklarning tashkil etilishi va ish maqsadlari shunga o„xshash. Jumladan, 
Kembridjda joylashgan ilmiy park malaka oshirish bo„yicha maxsus kurslar taklif 
etuvchi universitetning faol ishtirokida fan yutuqlari va ishlab chiqarishni ishlatish 
asosida shakllangan. Universitet xodimlari qo„shma ilmiy-tekshirish loyihalarda 
qatnashadi, ilmiy park korxonalarining ishlab chiqarish bazasi ilmiy tadqiqotlar olib 
borishda ishlatiladi. Ilmiy parkning ixtisosligi universitet tadqiqotlari asosiy 
yo„nalishlari asosida shakllangan va o„z ichiga katta bo„lmagan (ishchilar soni 30 ga 
yaqin) innovatsion firmalarni oladi. 
Texnoparkda beriladigan imtiyozlar xususiyati shundaki, asosiy e‟tibor kichik 
venchurli biznesni qo„llab-quvvatlashga qaratilgan. Soliq, kredit va ma‟muriy 
imtiyozlar faoliyatning boshlang„ich, tavakkalli bosqichlarida bu firmalarning 
faoliyatini yengillashtirishga yo„naltirilgan. Kompaniyalarni ro„yxatga olishning 
maxsus soddalashtirilgan qoidalari kiritiladi, kichik firmalarning tashkiliy 
muammolari bilan shug„ullanuvchi ma‟muriy tuzilmalar tashkil etiladi. Tashqaridan 
sarmoyalar kelishi, texnoparklarda kichik firmalarni moliyalashtiruvchi investitsion 
jamg„armalar tuzilishi texnologik ishlashlarning samarali ko„zatilishiga, ommabop 
sanoat tadbiq etilishiga olib kelishi kerak.
1983-yili Lundada tuzilgan “Ideon” birichi shved ilmiy parki yaxshi ma‟lum. 
Tuzilishidan buyon ilmiy park 17 asrdan beri universitet ta‟limotining an‟anaviy 
markazi bo„lgan Lundning oliy o„quv yurtlari bilan keng hamkorlikni olib borgan. 
2001-yili parkda 170 firma faoliyat ko„rsatib kelgan, ularda 2 ming xodim ishlagan. 
Lundda 15 oliy o„quv yurtlari mavjud, ularda 120 ming talaba tahsil oladi. 
Bitiruvchilarning 10% aspirant va fan nomzodlari bo„ladi, ularning aksariyati 
innvatsion firmalarni tashkil etadi yoki ularda ishlaydi
67

Yosh firmaning “Ideon” parkida bo„lishi u uchun yuqori texnologiyalar bozorida 
66
Дерюгина С.В. Правовые аспекты понятия свободных экономических зон. // “Государство и право”, 1997. – 
№5. 
67
Зименков Р.И. Свободные экономические зоны. Уч.пос. – М.: Юнити 2005. – 230 с. 


200 
yuqori ishonch darajasini anglatadi. Bu erdan firmalar hayotga yaxshi tayyorlikka ega 
bo„lib kiradilar, bu yerda ular uchun ideal sharoitlar yaratilgan – bu yerda banklar, 
konferens-zallar, yotoqxonalar, yaxshi ishlaydigan telekommunikatsion xizmati va 
yosh perspektiv kadrlar. 
Laboratoriyalar umumiy maydoni 100 ming m
2
ga teng. Asosiy faoliyat sohalari 
– biotexnologiya, farmasevtika, axborot texnologiyalar va elektronika. Lundning 
Texnologik institutining bir o„zigina texnoparkda (Eriksson firmasi yordamida) 
maxsus chiplar va ularni ishlab chiqarish texnologiyasini o„rganuvchi qator 
innovatsion firmalarni tashkil etgan. Shuning uchun “Ideon” texnoparkini shved 
“Silikon vodiysi” deb atashadi. 
“Ideon biznes-markazi” texnoparkning tarkibiy qismi bo„la turib innvatsion 
firmalarga yuridik maslaxatlar beradi, marketing sohasida, biznes-rejalar ishlab 
chiqishda, moliyaviy manbalari va sarmoyadorlarni topishda yordam ko„rsatadi. 
Texnoparkda “Ideon grinxaus” – Lund universiteti tomonidan “IKANO” shved 
investitsion kompaniyasi va “Teknopol” firmasi bilan birgalikda tuzilgan o„ziga xos 
inkubator mavjud. Bu yosh kompaniyalar uchun ideal joy. Uncha katta bo„lmagan 
narxlar evaziga ularga xonalar, xizmat ko„rsatish va maslaxatchilar taqdim etiladi. 
Texnoparkning bu bo„limi talabalar firmalariga mo„ljallangan. 
Ko„pincha, texnoparkka o„z sarmoyalarini yirik tarnsmilliy kompaniya 
(TMK)lar kiritadi, ular orasida birinchilardan “Eriksson” kompaniyasi bo„lgan. Ular 
talabalar va ilmiy xodimlarga texnoparkda firmalar tuzishga yordam beradi, ular 
kapitalda ma‟lum miqdorda egalik qiladi. 
Texnoparklar va bunga o„xshash tuzilmalar tashkil etish G„arbiy Yevropaning 
ilmiy-texnik rivojlanishining, bu sohada yetakchi pog„onalarga ko„tarilishi sababi 
bo„ldi. Biroq, G„arbiy Yevropa, jumladan, EI, hali ham bu borada AQShdan ortda 
qolmoqda. 
Shu sababli EI texnoparklarni rivojlantirishda va ularning samaradorligini 
oshirishda faol choralar qo„llamoqda. Texnoparklar EI davlatlari tarkibiy disbalansini 
yo„q qiladigan, zarur innovatsion sharoit yaratadigan hamda fan va ishlab 
chiqarishning bog„liqligini mustahkamlaydigan omil sifatida ko„riladi. 
Yevropa davlatlari Amerikadan kechikishni kamaytirishdi va atom elektr 
stantsiyasi (AES) qurilishida, dori preparatlari, aloqa vositalarini ishlab chiqarishda, 
transport mashinasozligining ba‟zi sohalarida yetakchi o„ringa chiqishdi, hozirda esa 
katta miqdorda ilm talab qiluvchi mahsulotlarni eksport qilishmoqda. 
Bu borada Yaponiyaning texnopolislar yordamida yuqori texnologiya va uning 
mahsulotlarini ishlab chiqarish bo„yicha tajribasi e‟tiborga loyiq. Urushdan keyingi 
davrda Yaponiya patent va litsenziyalarni olib kirish bo„yicha birinchi o„rinni 
egallashdi: 1950-yildan 1990-yilgacha Yaponiya kompaniyalari 55 mingdan ortiq 
xorijiy patentlar va litsenziyalarni sotib olishdi va to„liq o„zlashtirishdi. Ammo ohirgi 
o„n yillikda Yaponiyaning o„zi ham yuqori texnologiyalarni yirik eksportchisiga 
aylandi. Bunda 30 dan ko„p milliy dasturlarni bajarayotgan texnopolislar yaratilishi 
muhim ahamiyatga ega. Bu milliy dasturlarning mahsuloti allaqachon AQSh va 
Yevropaga etib borgan, Yaponiya kompaniyalari u erlarga tola optikasi, uyali telefon 
tizimlarini, sputnik va videoaloqa vositalarini olib kiradilar. XXI asr boshida Yaponiya 


201 
texnopolislari ilm va texnologiyaning asosiy markazlariga aylanishdi. Amerikalik olim 
Sh.Tatsumoning aytishicha Yaponiyaning texnopolislari XXI asrda nafaqat yangi 
mahsulot va texnologiyalar bo„yicha, balki yangi g„oyalar, xizmatlar va turmush tarzi 
bo„yicha ham inkubatorga aylanishadi.
 
Turkiya o„z iqtisodiy rivojiga EIHlar tashkil etish orqali erishgan desak 
mubolag„a bo„lmaydi. 
Turkiya hukumati rahbarlari mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish borasida 
xorijiy investitsiyalarni jalb etish dasturini amalga oshirganlar. Bu dasturning amaliy 
ko„rinishi esa EIHlar tashkil etish va o„sha hududlarga xorijiy investorlar 
kapitallarining oqib kirishini ta‟minlashda namoyon bo„lishi ko„zda tutilgan edi. 
Turkiyadagi ilk EIHlar 1987-yilda Mersin va Antaliya shaharlarida tashkil 
etilgan. 1990-yilda aynan shunday hududlar safi Izmirdagi Egey EIH va Istanbul 
shahrida yaratilgan EIHlar bilan kengaydi. Keyinchalik 1992-yilda Trabzonda, 1993-
yilda Adan shahrida, 1994-1995 yillarda Turkiyaning sharqiy hududida joylashgan 
shaharlar Erzurum va Mardina shaharlarida ta‟sis etilgan. Bu kabi islohatdan 
ko„zlangan asosiy maqsad, mamlakatning nisbatan qoloq bo„lgan, iqtisodiy tang 
ahvolda qolgan hududlarning qisqa muddat ichida samarali o„sishini ta‟minlash 
hamda u erlarga xorijiy investorlar va tadbirkorlarni jalb etish orqali rivojlangan 
bozor infratuzilmasini shakllantirishdan iborat bo„ldi. Turkiya EIHlari faoliyati ushbu 
davlatning qulay geografik joylashuvi, uning Yaqin va O„rta Sharq, qolaversa 
G„arbiy va Sharqiy Yevropa davlatlariga yaqin joylashganidan unumli foydalangan 
holda tez orada qo„shni va xorijiy mamlakatlar bozorlariga kirib borishi, ularni 
egallashi hamda kuchli raqobat olib borishini yo„lga qo„yishga qaratilgan. 
Turkiya hukumati tomonidan, EIHlarni tashkil etish va faoliyatini tartibga solish 
borasida bir qator qonunlar ishlab chiqilgan. Masalan, “Erkin iqtisodiy hududlar 
to„g„risida”gi 3218-sonli Qonun 1985-yilda qabul qilingan va 1987-yildan boshlab 
amal qilib kelmoqda. Ushbu qonunning maqsadi, EIHlarni tashkil etish chora-
tadbirlari, ular faoliyatini maqbullashtirish, tartibga solish va to„g„ri yo„naltirib 
borishdir. EIHlar faoliyatining qonuniy jihatdan mustahkamlab qo„yilgani ularning 
samarali ish olib borishiga va son jihatidan yanada ko„payishiga turtki bo„lishi tabiiy. 
Turkiya EIHlariga xos va ularda mavjud bo„lgan imtiyozlar sifatida 
quyidagilarni sanab o„tish mumkin: 
-
EIHlar barcha turdagi soliqlardan, shuningdek, korporativ va daromad 
soliqlaridan butunlay ozod bo„lgan hududlardir; 
-
EIHlarda faoliyat ko„satayotgan tadbirkorlar turli xildagi yig„imlar va 
bojlardan ham ozod hisoblanadi (masalan, bojxona va port xizmatlari uchun bojlar va 
boshqalar); 
-
boshqa davlatlardagidan farqli o„laroq, Turkiya ichki bozorlarida EIHlarda 
ishlab chiqarilgan yoki ular orqali import qilingan tovarlarning savdosiga ruxsat 
berilgan va bu borada ularga nisbatan oddiy ko„rinishdagi tashqi savdo boshqaruvi 
qo„llaniladi; 
-
EIHlarda to„lov vositasi sifatida erkin konvertatsiya qilinuvchi ixtiyoriy 
valyuta qo„llanilishi mumkin; 
-
Turkiyaning EIHlar faoliyati to„g„risidagi qonunchiligiga binoan, ushbu 


202 
hududlarda faoliyat olib borish huquqini beruvchi litsenziyani qo„lga kirita olmagan 
tadbirkorlarga ro„yxatga olish uchun yig„imlar summasi to„la miqdorda qaytariladi; 
-
Turkiya EIHlarida ishchi kuchi narxining boshqa davlatlardagi EIHlarga 
nisbatan pastroq darajani tashkil etadi; 
-
Turkiya EIHlarida yer ijarasining eng quyi narxi joriy qilingan; 
-
investitsiyalarning kirib kelishi, shuningdek, ularni ishlab chiqarish jarayoniga 
yo„naltirish va o„ylab chiqarilgan mahsulotlarni sotish bosqichlarida ham byurokratik 
rasmiyatchilikka yo„l qo„yilmaydi; 
-
Turkiyaning boshqa hududlarida tovar va xizmatlar narxi va sifati hamda ular 
ustidan nazoratni o„rnatish borasidagi qonunchilik normalari EIHlarda amal qilmaydi. 
Ushbu imtiyozlardan tashqari, erkin tadbirkorlik hududlarida 
faoliyat 
ko„rsatuvchi investorlar hukumatning xususiy kapital qo„yilmalari hajmini oshirishni 
rag„batlantirish borasida amalga oshiradigan siyosati doirasida taqdim etiladigan bir 
qator boshqa imtiyozlardan ham foydalanishlari mumkin. 
Turkiya EIHlarining eng afzal jihati va o„ziga xos xususiyati shundaki, ular 
xalqaro portlar va transport tarmoqlariga yaqin joylashgan. Bu kabi shart-sharoitlar 
pirovard natijada ushbu hududlarda qulay investitsion muhitning shakllanishiga olib 
keladi. SHu bilan investorlarga ham bir qator qulayliklar va keng imkoniyatlar 
yaratadi, ya‟ni ishlab chiqarish xarajatlari miqdori kamayadi, mavjud mahalliy va 
xorijiy firmalar o„rtasidagi kuchli va sog„lom raqobat mustahkamlanadi. 
Hozirda Turkiyada mavjud EIHlar nomi va tashkil etilgan yillari: 
1.
Adana – YUmurtalik erkin hududi (CHeyhan – Adana), 1999. 
2.
Ayjen erkin hududi (Gaziemir – Izmir), 1990. 
3.
Antaliya erkin hududi (YAngi port – Antaliya), 1987. 
4.
Bursa erkin hududi (Jemlik – Bursa), 2001. 
5.
Gaziantep erkin hududi (Baspinar – Gaziantep), 1999. 
6.
Denizli erkin hududi (CHardak – Denizli), 2001. 
7.
Yevropa erkin hududi (CHorlu - Tekirdag), 1999. 
8.
Izmir Menemen erkin hududi (Menemen – Izmir), 1998. 
9.
Istanbul birja erkin hududi (Emirgan – Istanbul), 1997. 
10.
Istanbul Otaturk aeroporti erkin hududi (Esilkoy – Istanbul), 1990. 
11.
Istanbul charm va sanoat erkin hududi (Tuzla – Istanbul), 1995. 
12.
Kayseri erkin hududi (Kayseri), 1998. 
13.
Kochaeli erkin hududi (golchuk – Kochaeli), 2001. 
14.
Mardi erkin hududi (Mardin), 1995. 
15.
Mersin erkin hududi (Mersin), 1987. 
16.
Rize erkin hududi (Rize), 1998. 
17.
Samsun erkin hududi (Port – Samsun), 1998. 
18.
Trabzon erkin hududi (Port – Trabzon), 1992. 
19.
Tubitak Marmara tadqiqot markazi texnologik erkin hududi (Gebze– 
Kochaeli), 2002. 
20.
SHarqiy Anatoliy erkin hududi (YArmarka hududi – Erzurum), 1995
68

68
 www.turkey.mid.ru/rus/econom_06.html 


203 

Download 5,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   281




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish