1842- yilda M oskvalik jarroh Basov itlarning m e'dasiga q o ’yilgan
fistula orqali m e'da sekretsiyasini kuzatishni taklif qildi.
Lekin bu
holatda o'rganish uchun toza m e'd a shirasi olish mum kin emas edi,
chunki bu holatda olingan shira oziqalar qoldiqlari, so 'lak va doi-
miy ravishda m e’dada bo'ladigan shilimshiq moddalar bilan ara-
lashgan holda b o ’ladi.
Faqatgina I. P. Pavlovning ishlari b o ’yicha fistula usuli tan olindi
va keng qo'llanildi. I. P. Pavlov jarrohlik operatsivalarini bajarish
davomida, hayvonlam ing u yoki bu hazm bezlari faoliyati orqasidan
uzoq muddat davom ida kuzatish olib borish uchun doimiy fistulalar
qo'ydi. I. P. Pavlov o ’zidan oldingi tadqiqotchilardan farqli o ia ro q ,
operatsiyadan keyin hayvon sog'aygach o'rganiladigan a ' zo uchun
ham, butun organizm uchun ham ularni faoliyat k o ‘rsatishi uchun
m o'tadil sharoitni saqlab qoluvchi turlarini izlab topishga harakat
qilib, fanga tatbiq qildi.
Fistulali usuldan foydalanish tufayli har qanday vaqtda operatsiya
qilingan a'zo funksiyasini kuzatish mumkin b o id i. Fistula yordami-
da oziqalar qoldiqlari qo'shilm agan toza holdagi hazm shiralaridan
yig'ib olish, ularning miqdorini aniq o'lchash va ovqat hazmining
turli fazalarida shiralaming kimyoviy tarkibini, hazm lash faolligini
aniqlash imkoniyatiga ega b o iin d i. I. P.
Pavlov tomonidan tavsiya
qilingan fistula usulining bosh yutug'i shundan iboratki, ovqat hazmi
jarayonlari sog'lom hayvonlarda va organizm faoliyat ko'rsatayot-
gan tabiiy sharoitlarda o'rganiladi va ov qat hazmi a ’zolarining faoli
yati tabiiv oziqaviy qo'zg'atuvchilar bilan qo'zg'atiladi.
Hazm bezlari faolivatini o'rganishda I. P. Pavlovning roli shun-
chalik buyukki. hatto fiziologiyaning ushbu bobini ko'pchilik hol
larda «rus fiziologivasi bobi» deb yuritiladi. I. P. Pavlov esa Nobel
m ukofotiga sazovor b o ig a n .
Lekin shuni qayd qilish kerakki, fistula usulining barcha yu-
tuqlari va foydali tom onlarini ta'riflagan bilan bu usul yordamida
odamlarning ovqat hazmi funksiyalarini o'rganish mum kin emas.
Tushunarli sabablarga ko'ra, odamlarda
tekshirish ishlarini olib
borish uchun fistulalar hosil qilish ishi bajarilmaydi. Odamlar
da so ia k n i maxsus metall kapsulalar - yopishgichlar yordamida
www.ziyouz.com kutubxonasi
yig'ib olish mumkin. Kapsula o g 'iz b o 'sh lig 'in in g shilliq pardasiga
shunday yopishtiriladiki. uning markazida so'lak bezining chiqa-
ruv yo'li qoladi, bunda fistula bilan so'lak endi og'izga tushmay,
balki kapsulaga va rezina naycha orqali tashqariga chiqariladi va
stakanchaga yoki probirkaga quyiladi.
M e'da shirasi va o 'n ikki barmoqli ichakning ximusidan olish
uchun zonddan foydalaniladi, bunda o'rganilayotgan
odam zond-
ni yutadi. Bunday zondning tashqi teshiklari orqali tadqiqot ishlari
uchun shira olish mumkin.
M e'dalar va ichaklarning holati haqidagi ayrim m a’lumotlarni,
ular joylashgan hududning rentgen nurlari bilan yoritish hisobiga
olish mumkin. Rentgenli tekshirishlardan oldin tekshiriluvchiga
Rentgen nurlarini yomon o'tkazuvchi va ekranda yaxshi soya hosil
qiluvchi eritma yoki o'lcham li modda ichiriladi.
M e'd a muskullari qisqarganida va ovqat hazmi traktida sekret-
siya paytida ju d a kam miqdorda bo'lsa ham qayd qilish mumkin
bo'lgan elektr hodisalari yuzaga keladi. M e’dalardagi
elektr hodi-
salarini qayd qilish - elektrogastrografiya m e’daning qisqarish
faoliyatining o'rganish uchun q o ‘llaniladi.
Radiotelemetrik usulning kelajagi buyuk. Odamlarga yutish
uchun ju d a mayda radiouzatgich- radiopiluli beriladi, ularning
diametri 8 mm va uzunligi 15-20 mm ni tashkil etadi. Radiopi-
lulida uzatgich joylashtirilgan bo'lib, u m e’da va ichaklar ichida-
gi vodorod
ionlarining konsentratsiyasini, ular ichidagi bosim va
haroratni qabul qiladi. Uzatgich qabul qilinuvchi ko'rsatkichlarni
m a’lum chastotadagi o'zgarishlarga aylantiradi, bunda ularni radio
qabul qiluvchi apparat yordamida ushlash va qayd qilish hazm tark-
ti bo'ylab erkin o'tadi va uning turli qismlaridagi u yerdagi harorat,
bosim va muhit reaksiyasi haqidagi axborotlami beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: