54
eotiborni gaz reduktorining gemetigligiga qaratish lozim. Reduktorning ichki germetigligi klapan va
o’rindig’ning ichki yuzasiga mexanik zarrachalarning tushib qolishi hisobiga buziladi.
Shuningdek,
klapan va richag o’rindig’ining smolalanib qolishi, klapanning shikastlanib qolishidan va boshqa
sabablarga ko’ra, ta’minnlash tizimiga gaz sizib o’tadi va shundan so’ng, gaz apparaturalarida gaz
bosimining me’yoridan ortib ketishi kuzatiladi. Tashqi nogermetiklik gaz jihozlarining nojipsligidan
darak beradi va bu gazning tashqi muhitga sizib chiqishiga sababchi bo’ladi. Buning natijasida (gaz
ballonli avtomobillarga TXK zonasida) gaz to’planib, bu yong’in chiqish va sanitariya nuqtai-
nazardan havflidir.
B) Gaz reduktoriga diagnoz qo’yish va unga TXK.
2-TXK vaqtida birinchi va ikkinchi
bosqich reduktori klapanining yurishi orqali gaz bosimi me’yorida bo’lishi tekshirib
hamda rostlab
turiladi. Reduktorga siqilgan havo yuborilib yoki avtomobil gaz magistrali ulangandan so’ng
sozlash ishi amalga oshiriladi. Reduktorning birinchi bosqichidagi gaz bosimi (dastlab
kontrogaykani bo’shatib) gaykadan sozlanadi, ya’ni u buralganda, diafragmadagi prujinaning
tarangligi o’zgaradi. Rostlash paytida gaz bosimi (avtomobil kabinasi ichidagi peshtoqdan) past
bosimli manometrdan nazorat qilib turiladi. Suyultiril-gan gaz uchun birinchi bosqichdagi bosim
0,1 dan 0,2 MPa gacha bo’ladiReduktorning Reduktorning ikkinchi bosqichi bosimi rostlash
nippelini burash hisobiga o’zgaradi: nippelni burasa,
bosim ortadi, aksincha bo’shatsa, bosim
kamayadi. Ikkinchi bosqichdagi gaz bosimini pezometrda tekshirish uchun, reduktorning yuklovchi
qurilmasiga shtutser ulanadi yoki shtutserga maxsus qopqoq (ikkinchi bosqich qopqog’i tuynugi
o’rniga) o’rnatiladi. Dvigatel salt ishlaganda, reduktorning ikkinchi bosqichidagi bosim 0,05¸0,1kPa
bo’ladi. Ballondagi gaz bosimiga bog’liq holda, yuklanish(nagruzka) ni oshirib, ikkinchi
bosqichdagi bosim atmosfera bosimigacha yoki 0,01:0,02
kPa gacha, to’la yuklanish (nagruzka) da
esa, 0,16:0,25 kPa gacha kamaytiriladi. Ikkinchi bosqich klapanining to’g’ri o’rnatilishi diafragma
shtogining yurish yo’lini (5:6 mm bo’lishi kerak) tekshirib aniqlanadi. Klapanning yurishini rostlash
uchun magestral ventili ochilib, klapanning rostlash vinti kontrgaykasi (klapan gaz chiqarishni
boshlaguncha) bo’shatib turiladi. Shundan so’ng (klapandagi gaz sizib chiqishi to’xtaguncha,
tovushi so’nguncha) rostlash vinti 1/8:1/4 nisbatda buraladi va kontrgayka burab mahkamlanadi.
Magistral
ventil berkitilib, klapanning yurish masofasi (yuqorida aytilganidek) diafragma
shtogining yurish masofasi kabi tekshiriladi. Reduktorning (birinchi bosqichli) saqlovchi
(predoxranitelnoy) klapani, chiqarish shtutserini burab (prujina tarangligini o’zgartirib) rostlanadi.
To’g’ri rostlangan klapan gaz bosimi 0,45 MPa bo’lganda ochila boshlaydi.
Ta’minnlash tizimiga TXK ning o’ziga xos jihatlari
. Avtomobil yo’lga chiqishidan oldin har
kuni gazda ishlaydigan dvigatel, gaz quvurchalari, naychalarining germetikligi,
gaz jihozlarining
tashqaridan shikastlanmaganligi, kabinadagi magistral ventiuining va rezervdagi ta’minnlash
tizimining ishlashi tekshiriladi. Avtomobil ishdan qaytgandan keyin ballondagi gaz ventilini
berkitib qo’yish va gaz tizimida qolgan gazni (yondirib, tashqariga) chiqarib yuborish kerak.
1-TXK paytida (KXK dan tashqari) reduktorni echib, filtrlovchi elementni tozalanadi,
magistral va bug’, suyuqlik va to’ldiruvchi vetillarning shtogi rezbasi konsistent moy bilan
moylanadi hamda gaz tizimi germetikligi (havoning 1,6 MPa) bosimida
tekshiriladi va inert gazi
bilan gaz sizib chiqishi bartaraf etiladi. 2-TXK paytida (yuqorida ko’rsatilganlardan tashqari), gaz
apparutaralarining mahkamlanishi, yondirish payti (burchagi) ning to’g’ri o’rnatilishi tekshiriladi.
Bundan tashqari, gaz reduktori, aralashtirgich va bug’latgich tekshiriladi hamda rostlanadi. Bir yilda
55
bir marta gaz apparaturalari taftish qilib turiladi. Ventillar klapani va uyasi (ishchi yuzalari)
kirlanishdan tozalanib, zarur bo’lsa, bu yuzalar shilinadi va ishqalab artiladi (pritirka). Bug’latgich
va gaz filtri atseton bilan yuviladi, klapanlar va reduktor prujinasining tarangligi rostlanadi. Zarur
holda, yaroqsiz detallari almashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: