aloqa mavjud. Nutq madaniyati tilning adabiy me`yoriga asoslanadi. Demak,
nutq madaniyati haqida gapirishdan oldin adabiy me`yori
haqida fikr yuritish
lozim bo`ladi.
6. Adabiy me`yor ma`lum bir tilning muayyan bir davrida umumxalq
tomonidan e`tirof etilgan va badiiy til ustalari, tilshunoslik mutaxassislari
tomonidan belgilangan til me`yorlari sistemasidir.
Adabiy me`yor
sistema ekan, demak, u ham ma`lum ichki tuzilishga ega
bo`ladi. Uning ichki tuzilishi quyidagilardan iborat:
a) Fonetik me`yor:
b) Orfograo’ik me`yor:
v) Leksik me`yor:
g) Morfologik me`yor:
d) Sintaktik me`yor.
Normativlik xususiyati adabiy tilning markaziy va eng muhim belgisidir.
Normativlik adabiy tilning o`ziga xos mohiyatidan iborat bo`lib, adabiy tilning ko`p
vazio’alilik, umumxalqiylik, umummajburiylik xususiyatlari mana shu belgisiz
amalga oshmaydi. Chinakam ma`noda
normativlikka erishgan, adabiy normalari
mana shu asosda shakllangan tilgina o`zining umumiylik doirasidagi kommunikativ
vazifalarni to`liq amalga oshira oladi. Shu tufayli ham milliy adabiy tilda uning
okzaki va yozma shaklida norma (me`yor) tushunchasi belgilovchi xususiyat
hisoblanadi.
Norma termini tilshunoslikda ko`pincha ikki ma`noda tushuniladi:
birinchidan, tildagi umum tomonidan qabul
qilingan va mustahkamlangan
ikkinchidan, norma deb grammatikalarda lug`atlarda, qo`llanmalarda tavsiya
qnlingan yetakchi yozuvchi yoki shoirlar asarlaridan keltirilgan nufuzli faktlar bilan
isbot qilingap va mustahkamlangan qoida tushuniladi.
Normativlik, ya`ni me`yoriylik adabiy tilning yashash shartlaridan biridir.
Adabiy tilda mavjud bo`lgan tovushlar, so`zlar, so`z birikmalari,
turli
qo`shimchalar, sintaktik qurilma nutq jarayonida ma`lum qonun-qoidalarga aytaylik
kelishilgan ko`pchilik tomonidan ma`qullangan norma deb tan olingai
ko`rsatmalarga bo`ysungan holda amal qiladi. Mana shu qonun - qoidalarning
buzilishi yoki ulardan chetlashish tilda normaning buzilishi,
unga amal qilmaslik
deb baholanadi. Demak, adabiy til muaayyan konkret normativ vositalar,
imkoniyatlar ularni qo`llash bilan bog`liq, qonun-qoidalar ko`rsatmalar
yng`indisidan iboratdir O`zbek adabiy tili normalari ilmiy asoslarda tubandagicha
tasnif etiladi:
1.Leksik-semantik normalar-leksik (so`z-qo`llash) normalari.
2.Talaffuz (orfoepik) normalar.
3. Aktsenologik (so`z va formalarda urg`uning to`g`riligi) normalari.
4. Fonetik normalar.
5. Grammatik (moro’ologik va sintaktik normalar).
6. So`z yasalishi normalari.
7. Imloviy normalar.
8. Yozuv (grafik) normalari.
9. Punktuatsion normalar.
10. Uslubiy normalar.
Norma tilning ijtimoiy vazifa bajarilishining asosiy sharti bo`lib, unga amal
qilish shu tilda so`zlashuvchi va yozuvchilar uchun majburiydir. O`zbek tilining
qanchalik normaga keltirilganligi va unga qanchalik
amal qilinishi umummilliy
o`zbek madaniyatining taraqqiyot darajasini belgilovchi omillardan biridir.
Adabiy normaning yuqorida keltirilgan turlari va ular orasidagi
munosabatlarni o`zbek adabiy tiliga tadbiqan jadvalda tubandagicha ko`rsatish
mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: