O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi saida kasimxodjayeva


A. Chaykovskiyning “Qariya kulganida” operasi



Download 1,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/107
Sana09.06.2022
Hajmi1,66 Mb.
#646988
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   107
Bog'liq
fayl 1681 20210827

A. Chaykovskiyning “Qariya kulganida” operasi.
Opera 1976-yilda Moskva 
kamer teatrida ilk bor sahnalashtiriladi. Libretto I. Krilovning hikoyalari (masallari) 
asosida yozilgan bo‘lib, ularda kinoyaviy hazil yetakchilik qiladi. Musiqada asar 
maqsadi janrlarni parodiya qilish orqali amalga oshadi. Bir ko‘rinishda kulgili va 
yengil ko‘ringan vaziyatlarda zimdan yana bir qatlam - kinoya seziladi. Hayotiy 
lahzalar, tanish vaziyatlar kinoya orqali tasvirlanib, “gap tagida gap bor” ma’nosini 
keltirib chiqaradi. Xalq teatri, komik opera janrlarida qo‘llaniladigan uslublar 
vositasida yorqin va hayotiy obrazlar gavdalanadi. Opera ektsentrik xarakterga ega 
bo‘lib, uning dramaturgiyasida S. Prokofyevning “Uch apelsinga mahabbat”,
D. Shostakovichning “Aforizm” kabi asarlarining ta’siri sezilib turadi. 
Hazil-mutoyibalar an’anasiga ko‘ra, o‘xshatishlar, tanish vaziyatlar qanchalik 
ko‘p bo‘lsa, asar shunchalik kulgili chiqadi. A. Chaykovskiyning “Qariya kulganida” 
operasida kulgili vaziyatlar musiqiy uslublar orqali ro‘yobga chiqariladi. Ya’ni, 


109 
kundalik hayotimizda an’anaga kirgan vaziyatlar, musiqiy janr va shakllar kinoya 
kesimida tasvirlanadi. Ommaviy janrlar – estrada qo‘shiqlari, sentimental romanslar, 
teatr san’atidagi shablonlar parodiyaga uchraydi. Maymun balet janrini parodiya 
qiladigan bo‘lsa, echki operani e’lon qiladi... Bu qahramonlar ijrosidagi duet o‘z 
navbatida XVIII asr komik operalarining sentimental qo‘shiqlarini eslatadi. Musiqiy 
yozuv texnikasi va uslublarning kinoyaviy taqqoslanishida ham asar dramaturgiyasi 
ochib beriladi. 
I. Krilovning mashhur “Kvartet” asari ham operada o‘z yechimini topadi. 
Mazkur mavzu uch sahnadan iborat bo‘lib, unda kompozitor uch xil uslubni 
qo‘llaydi. Bir gal klaster texnikasidan foydalanilgan bo‘lsa, ikkinchi gal orkestr 
aleotorikasi qo‘llaniladi, uchinchi sahna esa Sprechstimme va vokal partiyalaridagi 
aleotorikadan iboratdir. 
Yuqorida keltirilgan musiqiy uslublar “o‘yini” sahnadagi voqealarni kulgili 
tarzda bayon etib, asar maqsadini yoritishga ko‘mak beradi. 
Operada ma’lum va mashhur kuylarga allyuziyalar talaygina. Ba’zan bir 
vaqtning o‘zida bir necha qatlamdan iborat allyuziya yuzaga keladi. Masalan, 
Bulbulni kutib olish sahnasida soldat folklori namunasi ijro etilsa, Bulbulning o‘zi 
Solovyov-Sedoyning shu nomli mashhur qo‘shig‘iga o‘xshatishni kuylaydi. 
Operaning barcha sahnalarini “Kvartet” mavzusi birlashtiradi. Asarning 
davomida “Kvartet” refren sifatida qo‘llaniladi. Kvartet qahramonlarini 
yarmarkalardagi masxarabozlar yoki sirkdagi klounlarga o‘xshatsa bo‘ladi. Ya’ni, 
opera negizida yana bir “spektakl” paydo bo‘ladi. Barcha voqealar o‘zidan oldin 
kulgili sahnalar bilan boshlanib, o‘zidan keyin ham kulgi bilan yakunlanadi. 
Operada o‘rin egallagan komik vaziyatlar inson kamchiliklarini, musiqachilarga 
xos bo‘lgan kamchiliklarni fosh qiladi. Kamchiliklarni aniqlash, ularni bo‘rttirib 
ko‘rsatish esa oxir-oqibatda ularni bartaraf qilishga asos yaratadi. 

Download 1,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish