Mustqil ishi



Download 472,23 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana09.06.2022
Hajmi472,23 Kb.
#646080
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Jismoniy tarbiya nazariyasi Mustaqil ish Pardayeva M

 
6 Harakat
— borliqning ajralmas xususiyati boʻlgan oʻzgaruvchanlikni 
(qarang Barqarorlik va oʻzgaruvchanlik) ifodalovchi falsafiy kategoriya. H. 
tushunchasi imkoniyatlarning voqelikka aylanishini, roʻy berayotgan hodisalarni, 
olamning betoʻxtov yangilanib borishini aks ettiradi. Olamdagi har qanday jarayon 
H. tufayli sodir boʻladi. Har qanday oʻzgarish — H.dir 
7 Axloq
– kishilarning bir-birlariga, oilaga, jamiyatga boʻlgan munosabatlarida 
namoyon boʻladigan xatti-harakatlari, xulq-atvorlari, odoblari majmui. Huquqdan 
farqli ravishda axloq talablarini bajarish-bajarmaslik maʼnaviy taʼsir koʻrsatish 
shakllari (jamoatchilik tomonidan baho berish, qilingan ishni maʼqullash yoki 
qoralash) bilan belgilanadi. Axloqni etika fani oʻrganadi. 
Insoniyat taraqqiyotida axloq muhim oʻrin tutadi. Sharqning buyuk mutafakkirlari 
insonni axloqiy kamol toptirish, uni har tomonlama rivojlantirish, maʼnaviy 
qiyofasini shakllantirish jamiyat taraqqiyotining muhim omillaridan biri, deb 
qarashgan. Inson axloqiy, umuman maʼnaviy va maʼrifiy jihatdan kamol topishi 
jarayonida turli tarixiy bosqichlardan – johillik, nodonlikdan ilmga, yovuzlikdan 
ezgulikka, vahshiylikdan insoniylikka oʻtarkan, jamiyat ham shu tariqa rivojlanadi. 
Ikki muqobil ibtido – yovuzlik va ezgulik, jaholat va kamolatning oʻzaro kurashi 
inson va jamiyat taraqqiyotini belgilagan, inson aql-zakovat sohibi sifatida oʻzini 
anglashiga olib kelgan. Bu ikki muqobil kuch kurashi jamiyatdagi mavjud ijtimoiy 
munosabatlarda ifodalansa, insonga nisbatan uning ichki olamiga xos nafs bilan 
qalb, aql bilan aqlsizlik oʻrtasidagi kurashda ifodalanadi. Axloq muayyan jamiyat 
va davrda oʻzgarishlarga uchrashi, rivojlanishi, soʻnishi mumkin. Har bir xalqning 
yoki millatning oʻziga xos axloqi bilan bir qatorda, umumbashariy axloq 
meʼyorlari ham bor. Bunday axloq meʼyorlari jamiyatning umumiy taraqqiyotiga 
samarali taʼsir koʻrsatadi. 
8 Muskullar
, mushaklar — odam va hayvonlar gavdasi aʼzolari; nerv impulslari 
taʼsirida qisqarish xususiyatiga ega toʻqima (muskul toʻqimasi)dan tashkil topgan. 
Silliq, koʻndalangtargʻil va yurak muskullari birgalikda organizmning muskul 
sistemasini tashkil etadi. Harakatlanishda asosiy rol oʻynaydi. Koʻndalangtargil va 
silliq M.ga boʻlinadi. Silliq muskul lardan ichki aʼzolar, qon va limfa tomirlari 
devorining muskul pardalari, shuningdek, teri muskullari hosil boʻladi.3 


9 Mashq
— biror faoliyatni puxta oʻzlashtirish yoki sifatini yaxshilash maqsadida 
uni kup marta takrorlash. M. taʼlimda koʻnikma va malakalar hosil qilishda muhim 
oʻrin tutadi. M.ning samarali boʻlishi uchun unga ongli ravishda yondashish, shu 
jarayonni bajarishda mavjud sharoitni hisobga olish, yoʻl qoʻyilgan xato, 
kamchiliklarni anglash va ularni tuzatish yoʻllarini’bilish kerak. Bunda oddiy 
harakatdan astasekin murakkab harakatni bajarishga oʻtish, takrorlash vaqtlarini 
toʻgʻri taqsimlashning ahamiyati katta. M.da takrorlashlar orasidagi vaqt kishini 
charchatadigan darajada qisqa boʻlmasligi va aksincha, juda uzoq ham boʻlmasligi 
kerak. M.lar, odatda, maktabda har bir oʻquv fanida, sinfdan va maktabdan tashqi 
ishlarda oʻtkaziladi. Maktabda M.lar oʻquvchilarni mu-staqil ishlashga, ijodiy 
qobiliyatlarini oʻstirishga yordam beradi. 

Download 472,23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish