Mustqil ishi



Download 472,23 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana09.06.2022
Hajmi472,23 Kb.
#646080
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Jismoniy tarbiya nazariyasi Mustaqil ish Pardayeva M

 


Glossariy 
 
1 Harakat
— borliqning ajralmas xususiyati boʻlgan oʻzgaruvchanlikni 
(qarang Barqarorlik va oʻzgaruvchanlik) ifodalovchi falsafiy kategoriya. H. 
tushunchasi imkoniyatlarning voqelikka aylanishini, roʻy berayotgan hodisalarni, 
olamning betoʻxtov yangilanib borishini aks ettiradi. Olamdagi har qanday jarayon 
H. tufayli sodir boʻladi. Har qanday oʻzgarish — H.dir. Oʻzgarishlar faqat moddiy 
obʼyektlarga emas, balki maʼnaviy, gʻoyaviy obʼyektlarga ham xosdir. Har qanday 
(moddiy yoki gʻoyaviy) obʼyektning mavjudligi undagi H. va oʻzgarishlar tufayli 
namoyon boʻladi. Shu sababli H. borliqning asosiy mavjudlik shaklidir. Falsafiy 
adabiyotlarda moddiy borliqning quyidagi H. shakllari ajratib koʻrsatiladi: 1) 
mexanik H. — jismlarning fazodagi oʻrni vaqt oʻtishi bilan boshqa jismlarga 
nisbatan oʻzgarishi. Barcha jismlarning H. i nisbiydir, chunki H. Yerga nisbatan 
(keng maʼnoda) va atrofdagi jismlarga (mas, yoʻl chetidagi daraxtga) nisbatan 
qaraladi. Kuzatilayotgan jismning H. i qaysi jismga nis-batan oʻrganilayotgan 
boʻlsa, oʻsha jism sanoq jism deb ataladi, agar H. Yerga nisbatan boʻlsa, u holda 
Yer — sanoq jism, agar Yerning Quyosh atrofidagi H.i haqida gapirilsa, Quyosh 
sanoq jism boʻladi. H.ning aylanma, ilga-rilama, ilgarilama-qaytma (mas, 
porshenning H.i), toʻgʻri chiziqli, egri chiziqli, uyurma, toʻlqinsimon va boshqa 
turlari farqlanadi. 2) fizik H. (elementar zarralar, atom yadrosi va atomning H.dan 
tortib, olamning fundamental kuchlari, issiqlik, elektr va maydon H.igacha, 
yorugʻlikdan tortib koinotning gravitatsiya kuchigacha barchasi shu H. shakliga 
mansubdir); 3) kimyoviy H. (bunga mole-kulalarning assotsiatsiyasi va 
dissotsiaiiyasi, ionlar H.i, moddaning muzlashi va kristallanish jarayonlari, 
kimyoviy reaksiyalar, kimyoviy sintez va parchalanish, yonish va ok-sidlanish va 
boshqa kimyoviy jarayonlar kiradi); 4) biologik H. (hayotiy jarayonlar). Ayrim 
manbalarda kimyoviy H.dan keyin moddiy obʼyektlarning progressiv va regressiv 
yoʻnalishda rivojlanishiga qarab, yuksaklikka — biologik H.ga va quyi yoʻnali-
shiga, inqiroziga qarab — geologik H. ham koʻrsatiladi, chunki, yer yuzida jonli 
organizmlarning halok boʻlishi oqibatida katta-katta materiklar, marjon orollar 
vujudga keladi. Ular geologiyaning tadqiqot obʼyektiga kiradi; 5) ijtimoiy H. 
(jamiyatdagi ijtimoiy jarayonlarning namoyon boʻlishi). Bulardan tashqari, inson 
aql-zakovati hamda axborot jarayonlari bilan bogʻliq boʻlgan goyaviy, maʼnaviy 
koʻrinishdagi H. shakllari ham mavjud. Tafak-kur — fikrning H.i, informatsion H., 
gʻoyaning H.i, maʼnaviy H., xayoliy H. va boi|qalar shular jumlasiga kiradi. /Hning 
eng sodda shakli mexanik H. boʻlib, uning man-bai tashqi taʼsirda, H. murakkab 
shak-llarining mayabai esa ichki aloqadorliklarda- ʻQadimdan H. va uning 
manbalari haqida turli konsepsiyalar ilgari surilgan. H.ni olamning asosiy mohiyati 
deb qarash Avestovya taʼkidlangan. Qad. Misr, Bobil, Xitoy, Hin-diston, 
Yunoniston olimlari H.ning mohiyatiga oid maxsus asarlar yozishgan. Ular H.ning 
xususiyatlari, shakllari, manbai haqidagi ilk gʻoyalarni ishlab chiqishgan. Ayrim 
faylasuflar esa H.ning mavjudligini ham inkor etgan. Eleylik Zenon H.ning yoʻqli-
gini oʻzining "Axill va toshbaqa", "Dixatomiya", "Uchayotgan kamon oʻqi" kabi 
mashhur aporiyalarnda isbotlashga uringan. 



Download 472,23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish