Alyumosilikat komponentlarning kimyoviy tarkibi
2-jadval
Nomi
Oksidlarning miqdori, massa bo‘yicha % hisobida
SiO
2
Al
2
O
3
Fe
2
O
3
+
FeO
CaO
M
0
*
M
a
**
Domna
donali
shlaki
35÷39 7÷17
1÷3
35÷49 0,9÷1,13
0,16÷0,48
Rangli
metallurgiya shlaki
29÷45 6÷12
18÷34
11÷22 0,3÷0,6
0,13÷0,27
Elektroter-
mofosfor shlaki
41÷42 2÷4
to 1
gacha
44÷46 1,05÷1,13
0,07÷0,08
Portlandsement
klinkeri
21÷24 4÷8
2÷4
63÷66 ~3
0,17÷0,39
*
M
0
– asos moduli (CaO+MgO/ SiO
2
+ Al
2
O
3
)
**
Ma-faollik moduli (Al
2
O
3
/ SiO
2
).
Shlak-ishqorli sementlar mayin tuyilgan metallurgiya yoki
elektrtermofosfor shlaklarini suvda ishqoriy muhitni hosil qiluvchi
ishqoriy metallar (natriy, kaliy, litiy) birikmalarining suvdagi eritmasi
bilan
aralashtirib
olinadi.
Agar
ishqoriy
tashkil
qiluvchining
gigroskopiklik xususiyati past bo‘lsa, unda ushbu ikki komponent
birgalikda mayin tuyilib, hosil bo‘lgan kukun suv bilan qorishtiriladi.
Ishqoriy tashkil qiluvchi sifatida ishqoriy metallarning suvdagi
eritmasida ishqoriy muhitni hosil qiluvchi oksid va tuzlari, hamda ushbu
unsurlar tarkibida mavjud bo‘lgan kimyoviy chiqindilardan foydalanish
mumkin.
Shlak-ishqorli sementning va undan olinadigan sun’iy toshning
xossalarini boshqarish maqsadida tuyishda yoki aralashtirish suyuqligi
bilan birga mineral yoki organik qo‘shimchalar qo‘shilishi mumkin.
Shlak-ishqorli sement ikki usulda ishlab chiqarilishi mumkin.
Birinchi usulda quritib, o‘lchangan alyumosilikat, ishqoriy komponentlar
va qo‘shimchalar tegirmonda birgalikda tuyib olinadi. Ikkinchi usulda esa
ishqoriy komponent alohida suvda eritib qo‘shiladi.
16
10-rasm. Kuydirmasdan olinadigan ishqorli bog‘lovchi ishlab chiqarishning
birgalikdagi usulining texnologik tizimi: 1 – xom-ashyo materiallari (ETF shlak,
ESP shlak, tuffit, portlandsement klinkeri) ombori; 2 - ishqoriy komponent ombori;
3 – maydalagich (drobilka); 4 – magnitli ushlagich; 5 – dozatorlar; 4 – tortuvchi
elevatorli qabul qiluvchi yashik; 7 – quritish barabani; 8 – tasmali konveyer; 9 –
sharli tegirmon; 10 – qabul qilish yashigi; 11 – siklon; 12 – pnevmatik nasos; 13 –
siloslar; 14 – beton tayyorlash bo‘limi.
Shlak-ishqorli sement suv (bog‘lovchi birinchi usulda tayyorlangan
bo‘lsa) yoki ishqoriy komponentning suvdagi eritmasi (ikkinchi usulda
tayyorlangan bo‘lsa) bilan aralashtirilganda plastik xamir hosil bo‘ladi va
asta-sekin qota boshlaydi. Qotish natijasida olingan sun’iy toshning
minerologik tarkibi kalsiyning past asosli gidrosilikatlari va kalsitdan
tashqari, ishqoriy metallarning gidroferrosilikatlaridan tashkil topgan.
Bunday mineralogik tarkib shlak-ishqorli sementning yuqori fizik-
mexanik xossalariga ega bo‘lishini asoslaydi.
Shlak-ishqorli sementning asosiy xossalari quyidagilar:
- o‘rtacha uyma zichlik 1000÷1200 kg/sm
3
;
- haqiqiy zichlik 2,7÷2,9 g/sm
3
;
- mayinlik darajasi 270÷300 m
2
/kg;
- suv talabchanlik 24÷26%;
- siqilish va egilishdagi mustahkamlik chegarasiga ko‘ra markalari
300, 400, 500, 600, 700, 800, 900, 1000, 1100, 1200;
- sovuqbardoshlik bo‘yicha markalari 50; 100; 200; 300.
Shlak-ishqorli sementning asosiy xossalaridan biri yuqori
sulfatbardoshlikdir.
Yuqorida keltirilgan asosiy xossalar shlak-ishqorli sementdan
foydalanish sohalarini asoslaydi. Bu sementlar sanoat va fuqaro qurilishi
uchun beton va temirbeton bilan birga gidrotexnik inshootlarda, yo‘l
qurilishida va boshqa joylarda ishlatiladi.
17
Do'stlaringiz bilan baham: |