8-rasm. Quruq usulda portlandsement ishlab-chiqarish texnologik tizimi.
9-rasm. Zamonaviy sement zavodining qurilishi
2.2. Kuydirmasdan olinadigan ishqorli sement
Bog‘lovchi moddalar haqidagi ilmning rivojlanish tarixi shuni
ko‘rsatadiki, mineral bog‘lovchi moddalar asosan kalsiy asosida, ba’zi
bog‘lovchilar esa magniy asosida olingan. Bu ikki kimyoviy element
Mendeleyev davriy tizimining ikkinchi ustuni, ya’ni ishqoriy yer
metallari ustunida joylashgan. Bundan oldingi ustunda ishqoriy metallar,
14
keyingi ustunda esa amfoter metallar joylashtirilgan. Bog‘lovchi
moddalarning turlari, tarkibi, olinish texnologiyasi, qotishi, hosil qilingan
sun’iy toshdagi yangi birikmalarni tahlili shuni ko‘rsatadiki, ishqoriy
metallar ishqoriy yer metallariga nisbatan ham kuchli bog‘lash
xususiyatiga ega. Bu Mendeleev davriy sistemasining geniralligini yana
bir bor ko‘rsatadi, chunki avval yuqori bog‘lash xususiyatiga ega bo‘lgan
ishqoriy metallar, keyin bog‘lash xususiyati nisbatan pastroq ishqoriy yer
metallari, undan keyin esa amfoter oksidlarni hosil qiluvchi metallar
joylashtirilgan.
Ishqoriy metallarning oksidlari va tuzlari yuqori erish xususiyatiga
ega bo‘lganligi sababli avval bog‘lovchilar tarkibiga qo‘shilgan.
Keyinchalik
ishqoriy
metallarni
kalsiyli
bog‘lovchi
tizimga
faollashtiruvchi qo‘shimcha sifatida kam miqdorda qo‘shilgan. Bu
qo‘shilgan ishqor kalsiyli bog‘lovchi tizimidagi kremniyning erishini
tezlashtirib, oxir-oqibatda yangi birikmalar hosil bo‘lishida ishtirok
etmay, oq tuz shaklida konstruksiya sirtiga chiqib qolgan.
Bu muammoni professor V.D.Gluxovskiy bog‘lovchi tizimga
uchinchi komponent - amfoter oksidini kiritib yechgan va ishqoriy
metallni suv ta’siriga chidamli yuqori mustahkamlikka ega bo‘lgan uch
komponentli yangi birikmalar - ishqoriy metallning gidroalyumasilikatini
hosil qilgan. Shunday qilib 1957 yilda ishqoriy yer metallar- Sa, Mg, Sr,
Ba qatorida ishqoriy metallar - Li, Na, K, Rb, Cs ham bog‘lash
xususiyatiga ega ekanligi aniqlandi.
Ishqorli sement deb alyumosilikat bilan ishqoriy tashkil etuvchilar
asosida olingan gidravlik bog‘lovchi moddaga aytiladi.
Ishqorli sementlarning chuqur o‘rganilgan turi shlak-ishqorli
bog‘lovchilardir. Bunda alyumosilikat tashkil etuvchi sifatida qora metall
eritish (domna shlaklari) va rangli metallurgiya - nikel, mis, qo‘rg‘oshin
shlaklari, hamda kimyo sanoati chiqindisi bo‘lgan elektrtermofosfor
shlaki ishlatiladi. Bu shlaklardagi oksidlarning sifatiy tarkibi
portlandsement tarkibiga mos kelib, miqdori jihatdan farq qiladi:
portlandsement tarkibida CaOning miqdori shlaklardagidan ko‘ra ko‘p,
SiO
2
kam, shu sababli portlandsement tabiiy sharoitda qotadi, shlaklar
esa yo‘q.
15
Do'stlaringiz bilan baham: |