Zamonaviy qurilish materiallari va konstruksiyalari


 Issiqlik izolyatsiyalovchi suvoq



Download 12,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/95
Sana08.06.2022
Hajmi12,93 Mb.
#644269
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   95
Bog'liq
Qo`shimcha adabiyot. (2)

7.4. Issiqlik izolyatsiyalovchi suvoq 
Har bir suvoq issiqlikning singib o‘tishiga ma’lum darajada 
qarshilik ko‘rsatib, suvoq qatlamining qalinligiga 
va 
issiqlik 
o‘tkazuvchanligiga 
bog‘liq 
bo‘ladi. 
Biroq 
suvoqning 
issiqlik 


73 
izolyatsiyalovchi ta’siri umumiy issiqlik izolyatsiyasiga nisbatan ancha 
pastdir. Issiqlik o‘tkazuvchanlikning hisobiy qiymatlari ohak-sementli 
suvoq uchun 0,87 Vt/(m
.
K) ni va sementli suvoq uchun 1,4 Vt/(m
.
K) ni 
tashkil etadi. Bu ko‘rsatkichlarni yaxshilash uchun suvoqdagi oddiy 
to‘ldirgichni yengil to‘ldirgich (keramzit, shishgan slanes, pemza, perlit, 
vermikulit, havo polistroli) bilan qisman yoki to‘la almashtirish kerak. 
Issiqlik izolyatsiyasi. 
Issiqlik izolyatsiyasiga bo‘lgan yuqori 
talablardan tashqi devorlarga nisbatan ham yuqori talablar kelib chiqadi. 
Tashqi devorlarning issiqlik uzatish koeffitsienti 0,3 dan 0,6 Vt/(m
.
K) 
gacha bo‘lishi kerak. 
8. ZAMONAVIY PARDOZBOP QOPLAMA MATERIALLARI 
 
8.1 Qoplama materiallar 
 
Hozirgi vaqtda bino va inshootlar qurilishi shiddat bilan ,,ho‘l“ 
usuldagi qurilishdan ,,quruq” usulga o‘tib bormoqda. Zamonaviy binolar 
qurilishini qoplama materiallar, ya’ni yog‘och qipiqli plitalar, sement 
qipiqli plitalar, gipsakarton listlari yoki shular kabi materiallarsiz 
tasavvur qilib bo‘lmaydi. An’anaviy yog‘och taxtalar ekologik toza, 
chidamli va mustahkam bo‘lishiga qaramasdan, bir kamchiligi uning 
o‘lchamlari kichkina. Markaziy Osiyoda yog‘och ozligi sababli undan 
foydalanish ma’lum sabablarga ko‘ra chegaralangan. 
O‘zbekistondagi qurilish materiallari bozorida qoplama listlar 
paydo bo‘lishi bilan tez ommalashib ketdi. 
Ma’lumotlarga ko‘ra, AQSh va g‘arbiy Yevropada pardozlash 
ishlari olib borishda 90% qoplama materiallardan foydalaniladi. Bu 
tendensiyaning rivojlanishi O‘zbekistonda ham sezilmoqda, lekin 
mahalliy qurilish materiallari bozorida suvga chidamli qoplama 
materiallarining turlari ozligi tufayli, ularni ishlab chiqarish va 
foydalanish sur’atining o‘sishi hozircha pastligicha qolmoqda. 
An’anaviy qurilish materiallarini ilmiy asosda sifatli ishlab 
chiqarish, ularni yaratish texnologiyalarini zamon talablariga moslash, 
arzon, tejamkor, sifatli ashyolar va texnologiyalar ishlab chiqish, 
yangidan-yangi va puxta materiallar olish, ularning tejamkor 
texnologiyalarini yaratish, binolar va inshootlarni ta’mirlash va 
rekonstruksiya qilish usullarini mukammallashtirish hamda bu jarayonda 
ashyolardan samarali foydalanish kabi vazifalar muhim masalalari 
safidan o‘rin egallaydi. 


74 

Download 12,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish