Zamonaviy qurilish materiallari va konstruksiyalari


-rasm. Vollastonitning mikroignasimon tuzilishi ( kattalashtirib olingan)



Download 12,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/95
Sana08.06.2022
Hajmi12,93 Mb.
#644269
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   95
Bog'liq
Qo`shimcha adabiyot. (2)

31-rasm. Vollastonitning mikroignasimon tuzilishi ( kattalashtirib olingan). 
Ma’lumki beton va temirbeton buyumlari ishlab chiqarish 
sanoatida, shuningdek alohida beton ishlarini bajarishda ularning sifatini 
oshirish, uzoq muddatga va agressiv muhit ta’siriga chidamliligini 
ta’minlash, sement sarfini nisbatan tejash hozirgi kunning dolzarb 
muammolaridan biri hisoblanadi. 
Vollastonit xom-ashyosining tuzilishi juda mustahkam bog‘langan 
polimerli silikatdir. Bunday bog‘lanishni odatda buzish juda qiyin. 
Vollastonitdan bog‘lovchi mineral sifatida foydalanish uchun avtoklav 
yordamida (bug‘ning yuqori harorati va bosimi) ishlov berilsa, ancha 
yaxshi natijalarga erishish mumkin. Sement ishlab chiqarish sanoatida 
esa uning tarkibiga har xil faol mineral qo‘shilmalar qo‘shish ruxsat 
etiladi. Ko‘pchilik hollarda bunday qo‘shilmalar qimmat bo‘lganligi 
uchun, sementning tannarxi oshib ketadi. Vollstonitning sement tarkibiga 
mineral qo‘shimcha sifatida kiritilishi uning qurilish-texnikaviy 
xossalarini yaxshilaydi. 
Ko‘plab oimlar o‘tkazgan tajribalar asosidagi xulosa shuki, 
vollastonit xom-ashyosi asosida olinadigan betonlar iqtisodiyot uchun 
juda muhim ahamiyatga egadir. Jumladan, o‘ta mustahkam va chidamli 
beton hamda temirbeton konstruksiyalar tayyorlash, yengillashtirilgan 
betonlar ishlab chiqarish; sement va boshqa ashyolar sarfini keskin 
kamaytirish, shuningdek qurilish ishlarining umumiy tannarxini 
kamaytirish mumkin.
 


65 
7. ISSIQLIK IZOLYATSION VA AKUSTIK MATERIALLAR 
Issiqlik izolyatsion materiallar deb atrofdagi muhitga issiqlik 
yo‘qotilishini kamaytirish maqsadida turar-joy va sanoat binolari, issiqlik 
agregatlari, hamda quvurli o‘tkazgichlari qurishda va uning ustidan 
o‘ralgan materiallarga aytiladi Issiqlik izolyatsion materiallar asosiy 
xom-ashyoning turi, shakli va tashqi ko‘rinishi, tuzilishi, zichligi, 
qattiqligi va issiqlik o‘tkazuvchanligi bo‘yicha turlanadi. 
Asosiy xom-ashyoning turiga qarab issiqlik izolyatsion materiallar 
mineral xom-ashyoning har xil turlari (tog‘ jinslari, shlak, shisha, asbest) 
asosida tayyorlanadigan noorganik, organik (ular ishlab chiqarish uchun 
tabiiy organik materiallar - torf, yog‘och tolali materiallar xom-ashyo 
bo‘lib xizmat qiladi) va plastik massalardan tayyorlanadigan 
materiallarga bo‘linadi. 
Shlakli va ko‘rinishi bo‘yicha issiqlik izolyatsion materiallar 
donalab tayyorlanadigan qattiq (plita, qobiq, sement, g‘isht, silindr va 
egiluvchan mato, shnurli eshilgan bog‘liqlar) yumshoq va sochiluvchan 
(paxta, perlit qum, vermikulit) materiallarga bo‘linadi.
Tuzilishi bo‘yicha issiqlik izolyatsion materiallar tolali (mineral 
paxta, shisha tolali, donador perlit, vermikulit) g‘ovak (g‘ovak 
betonlardan tayyorlangan buyumlar, ko‘pik shisha) materiallarga 
turlanadi. 
Zichligi bo‘yicha issiqlik izolyatsion materiallar: 15, 25, 35, 50, 75, 
100, 125, 150, 175, 200, 225, 250, 300, 350, 400, 450, 500, 600, 700 
markalarga bo‘linadi. 
Bikrligi bo‘yicha yumshoq materiallar (mineral paxta, shisha paxta) 
yarim bikr - sintetik bog‘lovchi asosida tayyorlangan shtapelli, shisha 
toladan qilingan plitalar va boshqalar, bikr sintetik bog‘lovchi asosida 
mineral paxtadan qilingan plitalar, yuqori bikr, qattiq materiallar bo‘ladi. 
Issiqlik o‘tkazuvchanligi jihatdan issiqlik izolyatsiyasi materiallari 
quyidagi sinflarga bo‘linadi: 
A - issiqlik o‘tkazuvchanligi past - 0,06 Vt/m·K; issiqlik 
o‘tkazuvchanligi o‘rtacha - 0,06-0,115 Vt/m·K gacha;
V - issiqlik o‘tkazuvchanligi yuqori - 0,115-0,175 Vt/m·K gacha. 
Vazifasiga 
ko‘ra 
issiqlik 
izolyatsion 
materiallar 
issiqlik 
izolyatsiyasi (himoyalovchi) - qurilish (qurilish konstruksiyalarini 
izolyatsiyalash uchun) va issiqlik izolyatsion montaj (sanoat asbob-
uskunalari va quvur o‘tkazgichlarni issiqlik izolyatsiyasi uchun) 
materiallarga bo‘linadi. 


66 
Umuman olganda issiqlik izolyatsiyasi materiallari 2 xil bo‘ladi: 
anorganik hamda organik issiqlik izolyatsiyasi materiallarga bo‘linadi. 

Download 12,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish