ҚИРҚ олтинчи илмий-амалий конференцияси материаллари


transport tizimlari va Ekspluatatsiyasi yo‘nalishi 4-bosqich talabasi



Download 6,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/185
Sana08.06.2022
Hajmi6,93 Mb.
#644261
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   185
Bog'liq
Talabalar konferensiyasi 2020.05.22

transport tizimlari va Ekspluatatsiyasi yo‘nalishi 4-bosqich talabasi
Ilmiy rahbar: Dots. Xudoyqulov.Z 
Bugungi kunda kelajak avtomobillari sifatida tan olinayotgan eng istiqbolli 
avtomobil turi elektr energiyasi asosida harakatlanuvchi avtomobillar (elektromobillar) 
ekanligi barchaga ma’lum. Bunga sabab, elektromobillar yetarli darajada 
takomillashgan, qulay va arzon energiya asosida harakat qiluvchi transport turidir. 
Elektromobillar harakatini doimiy ta’minlash maqsadida ularni zaryadlab 
turishga ehtiyoj seziladi. Bu o‘z navbatida eng asosiy omil hisoblanadi. Chunki 
akkumulyator ekspluatatsion vaqti, elektromobil yurish zaxirasi va arzon energiya bilan 
ta’minlanish aynan zaryadlashga asoslangan. 
Bugungi kunda elektromobillarni zaryadlashning 2 toifadagi qurilmalaridan 
foydalaniladi. 
Bular: 1) AC (muqobil) 
2) DC (bevosita) 


~ 113 ~ 
AC zaryadlash toifasi 
Ushbu zaryadlovchi qurilmalar transport vositasining boshqarish tizimi bilan zarur 
aloqasini ta’minlaydi. Bu aslida interfeys bo‘lib, u bortli zaryadlovchini elektr tarmog‘i 
bilan xavfsiz boshqariladigan tarzda bog‘lashga asos bo‘ladi va soatiga 22 kVt quvvatni 
uzatish imkoniyatiga ega.
DC zaryadlash toifasi. 
"Tez zaryadlash" yoki "DC zaryadlash" deb nomlangan bo‘lib, bu doimiy 
zaryadlash stantsiyalarida amalga oshiriladi, ular o‘zgaruvchan tokidan (AC) to‘g‘ridan-
to‘g‘ri katta tok oqimini hosil qilib, bu oqimni elektr avtomobilning bortidagi 
zaryadlovchini chetlab o‘tib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri batareyaga yuboradi. Ushbu jarayon 
zaryadlash va batareyani boshqarish tizimining parametrlari bilan aniq nazorat qilinadi.
AC zaryadlash toifasidan ustunligi shundaki, DC zaryadlash toifasi elektromobilni 
juda qisqa muddatda zaryadlantira olish imkoniga egadir. Zaryadlash quvvati 50 
kwt ga teng. 
Bunday zaryadlash toifasi texnologik jihatdan ancha murakkab va AC zaryadlash 
toifalariga qaraganda bir necha baravar qimmat. O‘z navbatida bu turdagi zaryadlash 
uslublari doimiy yuqori quvvat manbai bilan ta’minlashni talab qiladi va shuning uchun, 
ularni AC zaryadlash toifasidagi stantsiyalarga qaraganda ancha kam miqdorda 
foydalanish uchun tashkil etiladi. 
Elektromobillar zaryadlash uskunalarining qulayligi shundan iboratki, zaryadlash 
uchun aynan zaryadlash stantsiyalariga borish shart emas. Ya’ni AC zaryadlash 
toifasidagi zaryadlash qurilmasini (Bort) uy sharoitida o‘rnatish mumkin bo‘ladi. 
Bu turdagi zaryadlash uslubi odatda ko‘p vaqtni oladi ya’ni to‘la zaryadlanish 
uchun taxminan 4 soat talab etiladi. Shuning uchun, bu turdagi zaryadlash tunda 
bajarilsa va zaryadlash porti garajda tashkil etilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. AC 
zaryadlash toifasida xavfsizlik to‘la ta’minlangan bo‘lib, elektromobil zaryadga to‘lgan 
fursatda avtomatik tarzda zaryad qabul qilish to‘xtatiladi.


~ 114 ~ 
Jamoat joylarida tashkil etilgan zaryadlash stantsiyalarida har ikki toifadagi 
zaryadlash uskunalari mavjud bo‘lib, bunda kutish vaqtini qisqartirishni xoxlovchilar 
DC zaryadlash turidan foydalanadi va odatiy narxdan qimmatroq haq to‘laydi. AC 
zaryad toifasi esa nisbatan arzonroq va DC toifaga qaraganda kengroq tarqalgan. Jamoat 
joylarida tashkil etilgan zaryadlash stantsiyalarining yana bir qulayligi shundan iboratki, 
bitta zaryadlash qurilmasidan bir nechta elektromobilga ulash qismi mavjud bo‘lib, bu 
bir vaqtda bitta zaryadlash qurilmasidan bir nechta elektromobilni zaryadlash 
mumkinligini anglatadi.
Elektromobil zaryadlash qurilmasi bir necha qismdan tashkil topgan bo‘lib bular: 
1)
Zaryad taqsimlovchi qurilma (elektromobilga ulanuvchi qism) 
2)
Kabel
3)
Elektr energiya zaxirasini saqlovchi qism 

Download 6,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish