ЖАҲОН ТАРИХИ, ЭТНОЛОГИЯ ВА МАНБАШУНОСЛИКНИНГ
ДОЛЗАРБ МУАММОЛАРИ
XIX ASRNING IKKINCHI YARMI -XX ASR BOSHLARIDA SURXON
VOHASINING IJTIMOIY-IQTISODIY HAYOTIDAGI O‘ZGARISHLAR
Shodmonova Gulizor, Tarix fakulteti 3-kurs 301-guruh talabasi
Ilmiy rahbar: Tarix fanlari doktori Eshbolta Qobilov.
Annotatsiya:
Maqola XIX asrning 2-yarmi -XX asr boshlaridagi Surxon
vohasining ijtimoiy -iqtisodiy, savdo va madaniy aloqalari tarixi, Sherobod, Termiz
Boysundagi yetakchi tarmoqlar, keng iqtisodiy masalalar va iqtisodiy imkoniyatlari
tahliliga bag‘ishlanadi.
Kalit so‘zlar:
paxta yetishtirish monokulturasi, polizchilik, Buxoro Zandanasi,
Qozon, Amerika paxtasiga raqobatbardosh Turkiston paxtasi, Rus va Sibir bug‘doyiga
tenglaahtirilgan Turkiston bug‘doyi, paxta masalasi, Pokotilo, "Kedrin va K2 " paxta
navlari, ip-gazlama sanoati rivoji, Amerikadagi fuqarolar urushining Turkistonga
ta’siri, savdo-madaniy aloqalar tarixi.
Tarixga murojaat qilar ekanmiz, Rossiya va O‘rta Osiyo savdo aloqalari uzoq
tarixga borib taqalishiga guvoh bo‘lamiz. Bu ikki hudud savdosida paxta yetakchi
o‘rinda turganligiga guvoh bo‘lamiz. Ma’lumki, o‘lkamizda paxta yetishtirish bilan
~ 30 ~
yakka holda dehqonlarimiz shuģullanishgan. Ammo XIX asr o‘rtalariga qadar paxta
ekuvchi xo‘jaliklar deyarli bo‘lmagan. Asosan, don, polizchilik va boģdorchilik bilan
shuģullanilgan. Oz miqdorda yaratilgan paxta tolasi oilalarning kiyim-kechak va
xo‘jalik zaruratiga ishlatilib, ortiqchasi bozorga chiqarilgan. Bozorda paxta tolasini
to‘quvchilar, hunarmandlar sotib olib, mahsulot sifatida ishlab, uni ko‘chmanchilarga
sotganlar. Savdogarlar paxta tolasini chet ellarga sotishgan. Buxoro Zandona matolari
bilan mashhur edi, ushbu qimmatbaho matolar 1616-1619 -yillari Astraxan va Qozon
orqali Rossiyaga olib kelingan.
16
N. Xanikov o‘z esdaliklarida yozadi : " Buxoro
savdogarlarining olib kelgan mahsulotlari ichida paxta mahsulotlari birinchi o‘rinni
egallaydi.
17
XIX asrning ikkinchi yarmidan Rossiyaning O‘rta Osiyodan ko‘zlagan
maqsadi ochiq ayon bo‘la boshladi. Buni chor amaldori Krivosheinning quyidagi
so‘zlaridan ham bilishimiz mumkin: "Har bir pud Turkiston buģdoyi Rus va Sibir
buģdoyiga raqobatdir. Har bir pud Turkiston paxtasi Amerika paxtasiga
raqobatchidir"
18
.
Rus elchisi Davidov tatar tarjimoni Mehmed Qosimov hamrohligida Pattakesar
kechuvi orqali Balxdan Kobulgacha borishadi. Rus elchisi Sherobod, Termiz, Boysun
haqida ma’lumotlar to‘plagan.
19
Shundan so‘ng voha hududining imkoniyatlari haqida
N. Pokotilo ma’lumotlar to‘playdi. Rossiya uchun vohaning Sherobod va Bobotoģ
etaklaridagi bepoyon hosildor yerlar keng iqtisodiy imkoniyatlar yaratardi.
N. Pokotilo Sheroboddaryo va Surxondaryoning tinch oqimi dehqonchilik qilish
uchun qulayligi, to‘gonlar qurib suģorish ishlarini jadal rivojlantirish mumkinligi, poliz-
sabzavot ekinlari nihoyatda serob, mevachilik rivoji beqiyosligini ta’kidlagan edi.
Yuqorida
ta’kidlaganimizdek,
Rossiya
paxta
yetishtiriladigan
maydonlarni
kengaytirishga birinchi darajali ish sifatida qaradi. Buni Rossiya imperiyasining davlat
mulklari va ziroatchilik vaziri A. V. Krivoshein shunday bayon etgandi :" Bu markaziy
masalada yarqirab ko‘rinib turgan maqsad - bu paxta masalasidir".
20
1861-1865 -yillarda Amerikada fuqarolar urushining boshlanishi 90% amerika
paxtasiga ishlab kelgan rus to‘qimachilik fabrikalari faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatgani
holda xomashyo va ishsizlik muammosini yuzaga keltirdi. Shu sababli O‘rta Osiyoda
paxta yetishtirishni ko‘paytirishga e’tibor bera boshladilar. Albatta, bu e’tibordan
Buxoro chetda qolmadi. Paxta yetishtirishni ko‘paytirish uchun uning narxini oshirib
borish bilan cheklanib qolmasdan, shirkatlar va aksiyadorlik jamiyatlari tuzila
boshlandi. Buxoro amirligi, xususan, Surxon vohasi yerlarida ham amerika paxtasi navi
tajriba qilina boshlandi. 1888 -yilda " Kedrin va K2 " , savdo -sanoat kompaniyasi
amerika paxta navini Chorjo‘yda iqlimlashtirish bo‘yicha tajriba o‘tkazdi.
21
Xuddi shu
16
Памятки дипломатическых и торговых сношей Московской Руси и Персией / Под ред. Н.И.Василовского.
Т.III. – СПб., 1898. – С.277.
17
Ханыков Н. Описание Бухарского ханство. – СПб., 1843. – С.168.
18
Кривошеин А.В. Записка главноуправлящего землеустройствам и земледелием о поездки в Туркестан. -
СПб., 1912. – С.7.
19
Логофет Д.Н. На границах Средней Азии. Кн. III. Бухарско-Афганская граница. СПб., 1909. – С.6-7.
20
Кривошеин А.В. Записка главноуправлящего землеустройствам и земледелием о поездки в Туркестан. -
СПб., 1912. – С.3-5.
21
Зиёев Ҳ. Ўзбекистон мустамлака ва зулм исканжасида. – Тошкент: Шарқ, 2006. – 185 б.
~ 31 ~
yili savdogar Mazov 30 desyatina yerda amerika paxtasi navini ekib, uning mahalliy
paxta naviga nisbatan mahsuldorligini isbotlab berdi
22
va Buxoro amirligi yerlarida bu
nav paxtani ekish boshlandi va ekiladigan maydonlarni kengaytirib borildi. Buxoro
amirligida paxtachilikni rivojlantirish va amerika issiqsevar paxtasini ekishga eng
ma’qul yer bu - Surxon vohasi edi.
23
Aynan Surxon vohasida 1893 - yildan amerika
paxta navi ekila boshlandi. Amerika paxta navining har tomonlama: ko‘sak ochilishi,
hosildorligi, sifatining yaxshiligi bu nav ekiladigan maydonlarning oshib borishiga olib
keldi. Bu navdan 1904 -1905 -yillarda 100 000, 1906 - yilda 150 000, 1908 - yilda esa
200 000 pud hosil olindi.
24
Chor hukumati paxtachilikni rivojlantirish uchun barcha chora - tadbirlarni ishga
soldi. Eng muhimi, dehqonlarni bu ekinni ko‘proq ekishga jalb qilish edi. Mahalliy
aholini ko‘proq ekishga jalb qilish edi. Mahalliy aholini paxta yetishtirishga qiziqtirish
uchun paxta narxini oshirib bordi, 1860 - yili 1 pud paxta 4-6 rubl, 1861 - yili 7 rubl
50 tiyin, 1862 - yili 12-13 rubl , 1864 -yili 20 rublni tashkil etadi.
25
Surxon vohasida ham paxta ekiladigan maydonlar kengaytirib borildi. Buni
polkovnik Matveyevning 1887 - yilda Sherobod, Surxon va Kofirnihon hududlari,
Surxon daryosi bo‘ylarida
26
, kapitan Stetkevichning Denov va Mirshodida paxta ko‘p
miqdorda ekilgani to‘ģrisidagi ma’lumotlari isbot etadi
27
.
Ma’lumotlar va manbalar O‘rta Osiyoda paxtachilikning jadal rivojlanishi 1862 -
yilga to‘ģri kelishini ko‘rsatdi. Bu davrda Rossiyaga jo‘natilayotgan paxta miqdori
ilgarigi davrga qaraganda ikki marta oshdi.
O‘rta Osiyo va Rossiya o‘rtasidagi chegara nazorati 1868 - yilgina tugatildi.
Qolaversa, paxtadan olinadigan soliq miqdori buģdoy, beda, makkajo‘xori ekiladigan
yerlarga solinadigan soliqlar miqdori bilan barobar edi. Paxtaning bir desyatinasidan
olinadigan yalpi daromad mazkur ekinlar daromadidan 4-5 marta ko‘pligi sababli soliq
to‘lashdagi imtiyozlar dehqonlarning paxta ekishga qiziqishini kengaytirdi. Paxtachilik
rivoji chorizmining O‘rta Osiyodagi eng muhim siyosatlaridan biri edi, to‘qimachilik
sanoatining jadal rivojlanishi arzon xomashyo zaxirasini yaratishga imkon berdi. Misr
va Amerikadan sotib olinayotgan paxta tolasi Rossiya mulkdorlari uchun ancha qimmat,
Turkiston paxtasi esa ular uchun eng maqbul narxda edi.
1894- yili Turkiston o‘lkasida safarda bo‘lgan Rossiya yer ishlari va davlat mulki
vaziri Yormolov davlat dumasining majlisida so‘zga chiqib, Turkiston paxtasining
qadr-qiymati nafaqat ichki bozorda, balki Amerika paxtasi bilan raqobat qilib, uni
butunlay iste’moldan siqib chiqarishi toģrisida qat’iy fikr bildirgandi. Shundan keyin
davlat dumasi maxsus " paxta komissiyasi "ni tuzib Turkistonda paxtachilikni
rivojlantirishni hukumat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylantirdi
28
.
22
Тухтаметов Т.Г. Русско-Бухарские отношения в конце XIX - началие XX вв. – Ташкент: Фан, 1966. – С.62.
23
Тухтаметов Т.Г. Экономические состояние Бухарского эмирата в конце XIX - началие XX в. // Тр. инс.ист.
АН КиргССР. – Фрунзе, 1956. – С.159.
24
Зиёев Ҳ. Ўзбекистон мустамлака ва зулм исканжасида. – Тошкент: Шарқ, 2006. – 186 б.
25
Терентьев М.А. Англия и Россия в борьбе за рынки. - СПб., 1876. – С.112.
26
Полк. Матвеев. Поездка по Бухарским и Афганиским владениям//Сбор.геог.топог. и статист мат. По Азии. -
СПб., 1887. Вып. – С.21.
27
Кап. Стеткевичъ. Бассейн Каратаг-Даръи // Сбор.геог.топог. и статист мат. По Азии. - СПб., 1894. Вып 57. –
С.279.
28
Масалъский В.И. Хлопковое дело в Средний Азии (Туркестан, Закаспийская областъ, Бухара, Хива) и его
будущее. - СПб., 1892. – С.166.
~ 32 ~
Vohada paxtachilikni rivojlantirish uchun barcha sharoitlarga, jumladan, Surxon vohasi
bekliklarida dehqonchilik rivoji uchun suvning mo‘l -ko‘lligi, ya’ni har bir beklikning
o‘z daryosiga ega ekanligi (Surxon, Vaxsh, Kofirnihon, To‘palang, Sangardak, Qizilsuv,
Sherobod) dir.
Paxtachilikka bo‘lgan e’tibor o‘z natijasini bera boshladi."Sharqiy Buxoro shirkati
"a’zosi Belitskiyning 1915 -1916 - yillarda Qo‘rģontepa, Hisor, Sherobod, Boysun,
Ko‘lob, Qabodiyon va Denov bekliklarida paxta yetishtirish 90 000 botmondan 100 000
botmongacha yetganini va ekilgan paxtaning 90%i amerika navini tashkil etishini qayd
etgan
29
. Kundalik hayotda paxtaning mavqeyi shu darajada oshib ketdiki, o‘lkada ham,
Rossiyada ham ko‘pdan ko‘p kishilar mazkur sohaga boģlanib qolishdi. Keltirilgan
dalillar ko‘rsatdiki, sho‘rolar davlatining paxta mustaqilligi to‘ģrisidagi masalasi XX
asrning 20- yillari oxiridamas, balki XIX asrning oxirlarida Rossiya imperiyasining
paxta mustaqilligi ko‘rinishida namoyon bo‘lgandi. Paxtachilik Rossiya imperiyasining
chet ellarga sarflaydigan millionlab rublini tejashga yordam berdi hamda to‘qimachilik,
ip -gazlama sanoati o‘sishiga turtki berdi. Umuman olib aytadigan bo‘lsak, paxtachilikni
rivojlantirish va yangi yerlarni o‘zlashtirish borasida amalga oshirilgan ishlar
Rossiyaning paxtaga bo‘lgan talabini qondirishda muhim ahamiyat kasb etgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |