1
Каримов И.А. Бизнинг бош мақсадимиз — жамиятни демократлаштириш ва
янгилаш, мамлакатни модернизация ва ислоҳ этишдир. -Т.: «Ўзбекистон». 2005.
www.ziyouz.com kutubxonasi
barcha oliy ta'lim muassasalarida foydalanib kelinayotgan namunaviy o’quv
dasturi asosida yozildi. Darslikdagi nazariy xulosalarbevosita amaliyot bilan
bog'liq holda yoritishga harakat qilindi. Mualliflar mamlakatimizni bozor
munosabatlariga bosqichm a-bosqich o’tayotgan davrida milliy
iqtisodiyotimizni barcha sohalaridagi xo'jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini
marketing tamoyillari orqali tashkil etish natijasida barcha muammolami
hal etishga da'vo qilishmaydi, chunki hozirgi shiddatli rivojlanish davrida
nazariya va amaliyot sohasidagi uzluksiz taraqqiyot, yangi va jumboqli
muammolami ilgari surmoqda.
Darslikning har bir bobi oxirida qisqa xulosalar, nazorat va muhokama
uchun savollar hamda asosiy adabiyotlar ro'yxati keltirilgan.
www.ziyouz.com kutubxonasi
I B O B
M A R K E T IN G УА U N IN G
R IV O JL A N IS H ID A G I A S O S IY
B O S Q IC H L A R
1.1. Marketing tushunchasi va uning mohiyati
Marketing — bozorda vujudga keladigan
iqtisodiy
munosabatlarni
faollashtirish uslublarini, tovarlami ishlab chiqarish h?* >ia realizatsiya qilish
muammolarini kompleks, tizimli yechish uslublarini bozorda vujudga
keladigan o’zgarishlarga tezda moslashish, iste’molchilarga tabaqali
yondoshish, raqobatbardosh yangi tovarlami vujudga keltirish va ulami
ishlab chiqarishni tashkil etish, konyunkturani o’rganish va bashorat qilish
hamda ta’sirchan rekiamani rivojlantirish masalalarini o’rganishni o’z oldiga
maqsad qilib qo’ygandir. “Marketing” fani xo’jalik yurituvchi subyektlami
bozorda iqtisodiy maqsadlaiga erishish quroli (ya’ni foyda oladigan bozorlar
hissasiga erishish) sifatida qarashga alohida e’tibor beradi. Marketing fani
raqobatni, iste ’molchi xulq-atvorini, tovarni sifati, uning
raqobatbardoshligi, rag’batlantirishni, rekiamani va bozomi chuqur
o’rganadi.
Marketing mazmuni va terminologiyasi yangilanib boradi, lekin ular
boshdan ayirboshlash jarayoni, tovar-pul munosabatlari paydo bo’lishi,
sotish shakllarini rivojlanishi hamda iste’molchilami tovar va xizmatlar
bilan o’zaro harakati bilan bog’lanadi. Marketing faoliyati tadbirkorlik
faoliyatining asosini tashkil etadi. Respublikamizda iste’mol bozorining sifatli,
raqobatbardosh mahsulotlar bilan to’ldirishda tadbirkorlikning o’mi kattadir.
Mamlakatimiz Prezidentining Oliy Majlis qonunchilik palatasi va
Senatining qo'shma majlisidagi ma'ruzasida asosiy strategik vazifamiz
demokratik qurilish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish, bozor islohotlarini
chuqurlashtirish va iqtisodiyotni erkinlashtirish yo’lida samarali, bosqichma-
bosqich va izchil borish ekanligi ta'kidlangan edi. Shuningdek, ushbu
ma'ruzada 2005 yilda iqtisodiy islohotlami amalga oshirishning eng muhim
ustuvor vazifalaridan etib quyidagilar ko’rsatilgan:
-asosiy ustuvor masala — awalgidek, bozor islohotlarini chuqurlashtirish
www.ziyouz.com kutubxonasi
va yanada erkinlashtirishdan iborat;
-ikkinchi ustuvor masala- xususiy tarmoqning jadal rivojlanishini,
uning mamlakat iqtisodiyotidagi ulushi ko’payishini ta'minlash;
-uchinchi ustuvor masala — kichik biznes va fermerlikni rivojlantirish
borasidagi ishlarni chuqurlashtirish va ko’lamini kengaytirishdan iborat;
-to’rtinchi ustuvor masala — bank va moliya tizimlaridagi islohotlami
chuqurlashtirish;
-prinsipial muhim masala— soliq siyosatini yanadatakomillashtirishdan
iborat
.1
Tadbirkorlik faoliyatida qaror qabul qilish va uni ishlab chiqishda
tadbirkorlikning samarali vositasi hamda asosi bo’lib marketing hisoblanadi
hamda tadbirkorlik faoliyatini boshqarish tizimida, uni tashkil etishda,
rejalashtirish va nazorat qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. “Ay-si-ay”
konsemi boshqaruvi raisi Djon Xarvi Djons tadbirkorlikda marketingni
o’mini tavsiflab shunday deydi: “Marketing tadbirkorlikning tayanch
omilidir. Bu nafaqat yoqilg’i, balki kema kompasidir
”.2
Marketing elementlarining paydo bo’lishi XVII asming o’rtalariga borib
taqaladi. Bu davrgacha tovarlami natural ayiiboshlashni turli shakllari paydo
bo’ldi, keyinchalik marketing faoliyatini birinchi elementlari, ya’ni reklama,
narx, sotish kabilami rivojlanishi kuzatildi.
1902 yildan boshlab AQShning Michigan, Kalifomiya va Illinoys
universitetlarida marketing fani kiritilib, bu muammolar bo’yicha ma’ruzalar
o’qitila boshladi. Keyinchalik marketing assotsiatsiyalari tashkil topdi.
1948 yildan boshlab marketing tovarlar va xizmatlar oqimini ishlab
chiqaruvchidan oxirgi pirovard iste’molchi tomon yo’naltirilgan xo’jalik
faoliyatini har xil turlarini amalga oshirish sifatida ko’ra boshladi.
Marketing tushunchasi bozor sohasini har qanday faoliyati bilan
bog’liqdir, shu bois marketing so’zini taijimasi va kelib chiqishi keltiriladi
(ingl. Market — bozor, ing — faol, faoliyat, harakat ma’nosini anglatadi).
Marketing bu nafaqat falsafa, fikrlash tarzi va iqtisodiy tafakkur
yo’nalishi, balki ayrim firma, kompaniya, tarmoq va butun iqtisodiyot
bo’yicha amaliyot faoliyati hamdir. AQSh va boshqa xorijiy davladar iqtisodiy
adabiyotlarida marketing ta’rifini ko’p turlari mavjuddir. Eng keng tarqalgan
marketing ta’rifi Amerika marketing assotsiatsiyasi tomonidan berilgan
1 К аримов И.А. Бизнинг бош мақсадимиз — жамиятни демократлаиггириш ва
янгилаш , мамлакатни модернизация ва ислоҳ этишдир. - Т.: «Ўзбекистон», 2005.
2 Багиев Г Л ., Тарасевич В.М., Анн X. М аркетинг. Учебник для ВУЗов. -С П б.:
П итер, 2005.
www.ziyouz.com kutubxonasi
bo’lib, uning mazmuni quyidagichadir, ya’ni “Marketing shunday
jarayondan iboratki, uning yordamida o’ylangan g’oya rejalashtiriladi va
amalga oshiriladi, narxlar tashkil etiladi, g’oyalar, tovarlar va xizmat
ko’rsatishlar harakati va sotishni, ayrim shaxslar va tashkilotiami maqsadlari
ayiiboshlash yordamida qondiriladi”.
Marketingga olimlar turlicha ta’rifberganlar. I.K.Belyayevskiy shunday
degan: “Marketing — bu bozomi o’rganish va tartibga solish, boshqarish
tizimidir”. Jan-Jak Lamben esa marketingga shunday ta’rif beradi: “Marketing
tashkilotlar va Kishilami xohish va ehtiyojini tovarlar va xizmatlami erkin
raqobatli ayirboshlashni ta’minlash yo’Ii orqali qondirishga yo’naltirilgan
ijtimoiy jarayondir”, “Marketing — bu bir vaqtning o’zida biznes falsafasi
va faol jarayondir”1.
Ushbu ta’riflardan shuni aytish mumkinki, marketing — bu bozomi
o’rganish, u orqali iste’molchilarga ta’sir etishdan iboratdir.
Talab bilan taklifning o’zaro ta’siri - bu alohida shaxslar yoki guruhning
xohish-ehtiyojlarini uzluksiz qondirish jarayoni bo’lib hisoblanadi. Bu
jarayon o’z navbatida shunday ijtimoiy-iqtisodiy kategoriyalami o’zaro
ta’siriga asoslanadi, ya’ni ularga muhtojlik, ehtiyoj (xohish), talab, xarid
qilish (ayirboshlash, bitim) va aniq tovar va xizmatlarni iste’moli
(ishlatilishi) kiradi.
Bu tushunchalar marketing tushunchasi, mohiyatini aniqlashga imkon
beradi.
Muhtojlik — Kishining biron bir narsa yetishmasligini his etishidir.
Ehtiyoj — individ shaxsning madaniy darajasiga asosan maxsus shaklga
kiigan muhtojlikdir.
Talab — bu xarid quwatiga ega bo’lgan ehtiyoj.
Talab — mavjud, potensial hamda xohish talabga bo’linadi.
Tovar — bu ehtiyojni yoki muhtojlikni qondira oladigan hamda bozoiga
e’tibomi tortish, sotib olish, ishlatish yoki iste’mol qilish maqsadida taklif
etilgan barcha narsalardir.
Hozirgi davrda jahon adabiyotida marketingga berilgan ikki mingdan
ortiq ta’rif bor. Mutaxassislar o’rtasida marketingning takror ishlab chiqarish
jarayonida ishtiroki masalasida yagona fikr yo’q. Hozir ko’pgina chet ellik
marketologlar zamonaviy marketing tushunchasi ishbilarmonlikka kiradigan
faoliyatni o’z ichiga olmog’i kerak deb hisoblaydilar. Boshqalari esa bunday
izohlami tanqid qilib, ayriboshlashning hamma turlari ham marketing tusiga
1
Багиев ПЛ., Тарасевич B.M. Маркетинг: Учебник для ВУЗов.- СПб.: Питер,
2005.
www.ziyouz.com kutubxonasi
ega emasligini va marketing prinsiplarini hamma vaziyatlarga ham tatbiq
qilib bo’lmasligini ta’kidlaydilar. Marketingga ta’rif berishda bunday xilma-
xillikning sababi bor. Birinchidan, marketing konsepsiyasi mazmuni
kapitalistik ishlab chiqarish usuli rivojlanishi bilan o’zgarib keldi va uning
mohiyatini aks ettirdi, ikkinchidan, boshqarish tizimida marketingdan
foydalanish maqsadlari, xususiyatlari, miqyosiga qarab, undagi tashkiliy
qismlaming ahamiyati va boshqaruv tizimidagi ahamiyati o’zgarib boradi.
Bundan tashqari, mutaxassislar marketingni biznes xizmati va falsafasi
tarzida baholaydilar. Xizmat sifatida marketing ishlab chiqarish, savdo,
reklama, texnika xizmati ko’rsatish va boshqa sohadagi tadbirlar majmuidan
iborat. Falsafa sifatida esa marketing - bu jamiyat ishlab chiqarish
munosabatlariga daxldor ijtimoiy-iqtisodiy konsepsiyadir.
Umuman olganda marketingga quyidagicha ta’rif berishimiz mumkin:
marketing — ehtiyoj va muhtojlikni ayriboshlash orqali qondirishga qaratilgan
inson faoliyatining turidir. Marketing vujudga kelishining asosiy sabablaridan
bin bu ishlab chiqarish hajmining ortib borishi, yangi tarmoqlaming vujudga
kelishi, tovar turlarining ko’payishi va tadbirkorlar o’rtasida mahsulotni
sotish bo’yicha muammoning vujudga kelishidir.
Marketing asosida bozomi har taraflama o’rganish yo’nalishlarining
asosiylaridan quyidagilami ko’rsatib o’tish zarur:
• talabni o’rganish;
• bozor tarkibini aniqlash;
• tovami o’rganish;
• raqobat sharoitlarini tadqiq qilish;
• sotish shakli va uslublarini tahlil etish.
Marketing korxonalaming bozorda ishlash uslubi, bozor metodologiyasi
bo’lib, iste’molchilar va ulaming talab hamda istaklarini o’iganish, ularga
mos keladigan tovarlar yaratish, narx belgilash, tovarlami yetkazib berish,
taqdim etish, sotish, xizmat ko’rsatishni uyushtirish usullari, vositalari,
tartib-qoidalari majmui hisoblanadi. Bulaming hammasi birinchi asosiy
maqsadga talab bilan taklifni o’zaro muvofiqlashtirishga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |