Ibtidoiy shorvachilikni
ng
paydo bo’lishi
Madaniy o‘simliklarning kelib chiqishi haqidagi nazariya o‘zlashtiruvchi
iqtisodiyotdan, ishlab chiqaruvchi iqtisodga o‘tish, uy hayvonlarini xonakilash-
tirish muammosini chetlab o‘tmadi. Lekin hayvonlarni xonakilashtirishga oid
nazariya o‘simliklardagi singari to‘liq, atroflama yartilmagan.
N.I. Vavilov boshliq chorvachilik bilan shug‘ullanuvchi olimlar hayvonlarni
xonakilashtirishni besh markazga bo‘lgan. Bular
1) Xitoy – Malayziya (cho‘chqaning bir necha turi, tovuq, o‘rdak, Xitoy g‘ozi,
to‘ti, ipak qurtini bir necha turi, Xitoy arisi, oltin baliq, chamasi it ham)
2) Hindiston markazi (zebra, Osiyo qo‘tosi, qoramol, Hindiston mushugi, hind
arisi, hind fili, tovuq, it, tovus).
3) Janubiy – G‘arbiy Osiyo (yirik qoramol, sharq oti, qo‘y, echki, cho‘chqa, bir
o‘rkachli tuya, ari turi, kaptar).
102
4) O‘rta yer dengizi markazi (shoxli qoramol, g‘arb oti, qo‘y, echki, cho‘chqa
o‘rdak, g‘oz, quyon).
5) Indoneyziya (lama, muskus o‘rdagi, dengiz cho‘chqasi).
Qo‘shimcha yana yetita kichik markazlar ajratiladi.
1) Tibet- pamir (qo‘tos)
2) Sharqiy Turkiston (ikki o‘rkachli tuya)
3) Sharqiy Sudan (bir o‘rkachli tuya)
4) Janubiy Arabiston (bir o‘rkachli tuya)
5) Absissiya (nubiya eshagi, adinson arisi)
6) Janubiy Meksika (tustovuq)
7) Sayan – Oltoy (dumbali qo‘y, shimol bug‘usi)
O‘simlikshunoslikdagi kabi bu yerda uy hayvonlarini diskret – alohida –
alohida shakllanganligi haqida so‘z yuritiladi. Snunga ko‘ra hayvonlarning ba‘zi
turlari har xil markazlardan paydo bo‘lgan deb ta‘kidlanadi.
Markazlarning geografik o‘rni zoologik, geografik dalillarga asoslangan,
chunki arxeologik dalillar bu soha bo‘yicha juda ham kam.
Ayrim hayvon turlarini xonakilashtirishdagi izchillik.
O‘simliklarni
madaniylashtirish, hayvonlarni xonakilashtirishga nisbatan qiyin, chunki
o‘simliklar passiv, odamlar va faol hayvonlarning xulq-atvori evolyutsiya
jarayonida tarkib topgan. Har bir hayvon evolyutsiya davomida o‘ziga xos xulq-
atvorga ega bo‘lgan. Hayvonlarning o‘ziga xos xulq - atvori ularni qo‘lga
o‘rgatishda katta to‘siq hisoblanadi. Hozir ham hayvonlarni qo‘lga o‘rgatish qiyin.
Bizni bilimlarimiz qadimgi odamlarga qaraganda yuqori bo‘lsa-da.
Mushuklar uylarda yashasa ham yirtqichlik xususiyatini tashlagan emas.
Hayvonlar xulq- atvori – ishonmaslik, qo‘rqish, yirtqichlilik instinktlari ularni
xonakilashtirishda doimo to‘siq bo‘lib kelgan. Qadimgi Misrda dastlabki davrda
xonakilashtirilgan turlar ohu (kiyik) tulki, giena, turna, maymunlarning ayrim
turlarini to‘liq xonakilashtirib bo‘lmagan. Itlar esa o‘zining faolligi
harakatchanligi, qiziquvchanligi, qo‘rqmasligi tufayli o‘ng‘aylik bilan qo‘lga
o‘rgangan. Ko‘p olimlarning qayd etishicha, bo‘rilar va chiya bo‘rilarning
103
ayrimlari odamlar orqasida harakatlanishi, odam yashaydigan joydan uzoqda
bo‘lmasligi, odamga qiziqishi ularni qo‘lga o‘rgatishga qulaylik tug‘dirgan.
Keyingi yillarda texnikaning rivoji tabiat haqidagi bilimlari kengayishi
insoniyat tabiatning noqulay sharoitlariga qarshi kurashi tufayli tabiatni yanada
o‘zlashtirish imkoniga ega bo‗ldi.
Hayvonlarni xonakilashtirish jarayonida ularning ko‘p belgilari yovvoyi
ajdodlariga nisbatan bir yo‘nalish bo‘yicha katta o‘zgarishlar ega bo‘lgan. Bularga
birinchi navbatda kalla skeletining o‘zgarishi kiradi. Yovvoyi ajdodlarga nisbatan
xonakilashtirilgan barcha hayvonlarda oliy nerv faoliyati pasaygan, hatto, harakat
diapozoni kamaygan va ular birmuncha kamharakat bo‘lib qolganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |