Antropologiya fanining rivojlanish tarixi.
Odamning tabiatdagi o‘rni,
uning kelib chiqishi bilan bog‘liq tushunchalar juda qadim zamonlardan boshlab
to‘plana borgan.
Yovvoyi yarim yovvoyi odamlar o‘zlarini ayrim sut emizuvchi hayvonlar
ayiq, bo‘ri va boshqalarning avlodi deb tushunganlar. Odamning paydo bo‘lishi
haqida to‘xtab Yunoniston faylasufi Anaksimandr (610-546 eramizgacha) odam
hayvonlarning bir necha bor o‗zgarishi natijasida paydo bo‗lgan, degan g‗oyani
ilgari suradi. Demokrit (470-380) va Empedokl (490-430)lar ham odamning paydo
bo‗lishini hayvonlarga bog‗laydilar. Eramizdan oldingi davrlarda tabiatshunos
olimlar odam tana tuzilishi yuksak hayvonlarga o‘xshashligini qayd etish bilan
birga ular orasidagi tafovutga ham to‘xtalgan. Chunonchi Anaksagar (500-425
6
eramizgacha), Sokrat (469-399 yil eramizgacha) odam qo‘llari bilan hayvonlardan
farq qiladi degan fikrni ilgari surganlar. Antik dunyoning yirik olimi Aristotel
Anaksogar va Sokratga e‘tiroz bildirib odam faqat qo‘li borligi uchun
hayvonlardan yuqorida turmaydi, balki aql-idroki bilan ulardan keskin farqlanadi
degan.
Qadimgi Rim olimlari orasida Lukretsiy Karning (95-51 eramizgacha) antro-
pologiya sohasidagi xizmati beqiyos. ―Narsalar tabiati‖ deb nomlangan asarida u
organik olam shu qatori odamning tabiiy ravishda paydo bo‗lishini bayon etadi.
Yovvoyi qabilalardan boshlab to hozirgi davrgacha odam madaniyatini qanday
paydo bo‘lganligini tavsiflab bergan.
Odamning paydo bo‘lishi to‘g‘risidagi fikr ajdodlarimizni qadimgi
davrlardan boshlab qiziqtirib kelgan va bu to‘g‘risida turlicha mulohazalar o‘rtaga
tashlangan. Chunonchi qadimgi Misrda Xnum degan xudo odamni kulol charxida
loydan yasagan degan fikr keng tarqalgan. Eramizdan oldingi VII - III asrlarda
Sharqiy O‗rta Yer dengizi atrofida ibtidoiy jamoa parchalanib, quldorlik jamoasi
paydo bo‗ladi. Ishlab chiqarish kuchlarining rivoji odamlar orasidagi yangicha
munosabatlarning vujudga kelishiga hamda odamlar ongining o‗sishiga olib keladi.
Olam, undagi qonuniyatlar haqidagi fan – falsafa paydo bo‗ladi. Faylasuflardan
Anaksimandr (610-546 eramizgacha) tabiatning boshlanishi haqida to‗xtalib, odam
hayvonlarning bir necha bor o‗zgarishi natijasida paydo bo‗lgan, degan g‗oyani
ilgari suradi. Demokrit (470-380) va Empedokl (490-430)lar ham odamning paydo
bo‗lishini hayvonlarga bog‗laydilar. Odam haqidagi bilimlar faylasuflar bilan
birgalikda tabiatshunoslarning kuzatishlari tufayli ham paydo bo‗ladi. Uy
hayvonlari va yovvoyi hayvonlarni kuzatish natijasida odamning tabiatdagi o‗rni
belgilandi.
Hayvonlar irsiyatini hamda odamlardagi kasalliklarni o‗rganish ayrim
organlarning funksiya ta‘sirida o‗zgarishi haqidagi bilimlarning to‗planishiga olib
keldi.
Shuni aytish joizki, anatomik bilimlar yunon olimlarining qarashlaridan
ancha oldin paydo bo‗lgan. Qadimgi Misrda o‗lgan odamlarning tanasi chirib
7
qolmasligi uchun mumiyolash ma‘lum ma‘noda odam tana tuzilishini bilishni
taqazo etardi. Odam skeletini chizishni ham anatomiya bilan bog‗liq holda hal
qilish kerak edi.
Eramizdan 500yil avval Kratonskiy hayvonlar tanasini yorib bir necha
kashfiyotlar qildi. Gippokrat (460-356) odam organizmiga iqlimnng ta‘sirini
o‗rgandi. U odam tanasidagi qon, safro shilimshiqqa qarab temperamentni aniqlash
haqidagi ta‘limotni yaratdi. Odamda qonning ko‗p bo‗lishi sangivinik, sariq
safroning ko‗p bo‗lishi xolerik, qora safroning ko‗p bo‗lishi melanxolik,
shilimshiqning ko‗p bo‗lishi esa flegmatiklarga xos ekanligini ta‘kidladi.
Geradot (454-406) Don, Volga daryosi bo‗ylab sayohat qilib, turli qabila va
irqlarning tashqi qiyofasini tasvirlab berdi.
Odamni o‗rganish Aristotel falsafasida (354-322) o‗zining eng yuksak
cho‗qqisiga ko‗tarildi. U o‗zining ―Hayvonlar tarixi‖, ―Hayvonlarning tana qismi‖,
―Hayvonlarning kelib chiqishi‖ kabi asarlarida odamning organik olamdagi o‗rni
haqida mulohaza yuritadi. U odam aqlli mavjudot bo‗lishida faqat qo‗li emas, balki
ko‗p turli sabablar ham ta‘sir etganligini aytib o‗tadi.
Qadimgi Rim olimlari orasida Lukretsiy Karning (95-51 eramizgacha)
antropologiya sohasidagi xizmati beqiyos. U organik olam, odamning tabiiy
ravishda paydo bo‗lishini ―Narsalar tabiati‖ deb nomlangan asarida bayon etadi.
Yevropada xristian dinining paydo bo‗lishi bilan tabiiy bilimlar uzoq vaqt
inqirozga uchradi.
O‗rta asrlarda bu vaqtda Abu Ali ibn Sino, Beruniylar odam tanasining
tuzilishini o‗rganish bo‗yicha bir qancha kashfiyotlar qildilar. ibn Sinoning 5
jildlik ―Tib qonunlari‖asari shular jumlasidandir. Asarining birinchi jildida odam
tanasining tuzilishi va funksiyalari, qaddi qomati haqida so‗z yuritiladi.
Uyg‗onish davrining buyuk rassomi Leonardo da Vinchi odamning tana
tuzilishini, suyaklar va muskullar rasmini chizib, odam va maymun qo‗llarini
taqqoslagan. Odam tana tuzilishini o‗rganishda Andreas Vezaliy (1514-1504)ning
xizmatlari nihoyatda katta. U odam tanasini yorib, organlar tuzilishini o‗rgangan.
8
Garvey (1978-1667) qon aylanish doirasini kashf etdi. Yurak va qon
aylanish doirasining tuzilishini to‗g‗ri tasvirlab berdi.
Odam irqlari haqidagi bilimlarning paydo bo‗lishida geografik sayohatlar
muhim ahamiyatga ega bo‗ldi. Chunonchi, Zahiriddin Muhammad Bobur,
Xristofor Kolumb, Vaska da Gama, Magellan dunyo bo‗ylab sayohat qilib,
odamlarning irqlari haqidagi dastlabki ma‘lumotlarni to‗plashdi.
Dastlabki odamlar hayvonlardan paydo bo‘lganligini Abu Nasr Farobiy
qayd qilgan. Abu Rayhon Beruniy odamlarning rangi, qiyofasi, tabiati va
axloqining turlicha bo‗lishi tuproq, suv, havo va odamlar yashab turgan muhit
sharoitiga bog‗liq, deydi. Bugina emas hatto ayrim din targ‘ibotchilari ham
Shunday fikrda bo‘lganlar. Masalan XVIII asrda yashagan shayx Aziziddin
Nasafiy o‘zining Zubdat ul xaqqayiq-xaqiqatlar qaymog‘i nomli risolasida ―inson
koinotning kichray-tirilgani, insonda barcha iloxiy va moddiy olamlarning xislati
jamuljam‖, ―odam hayvon bilan o‘xshashdir ya‘ni odam o‘simlik ruxi, hayvon
ruxi, jon ruxi bo‘yicha hayvonlarga monandir‖. ―Inson hayvon turlaridan biridir‖ .
Magellan
dengizchilari
Afrika
qirg‘oqlarida dastlab maymunlarni
uchratganlarida ularning tashqi qiyofasi, ko‘p hatti- harakatlari odamlarga o‘xshash
ekanligini ko‘rib hayron qolganlar. Keyinchalik maymunlar va odamlar orasida
juda ko‗p o‗xshashlik borligi ayon bo‗la boshladi.
O‘simlik va hayvonlar sun‘iy sistemasini yaratgan Karl Linney odamning
xudo yaratganligiga to‘liq ishonsa ham, biroq primatlar turkumini ajratgan va unga
maymunlar bilan birga odamlarni ham kiritgan. Bu haqda to‘xtab K. Linneyning
afsuslanib ―Oh maymundek jirkanch bir maxluq bizga o‘xshasa‖ degan nolasini
eslab o‘tish o‘rinlidir.
Fan tarixida odamning tabiiy yo‘l bilan kelib chiqqanligini birinchi bo‘lib
aytgan va uni isbotlashga uringan mashhur Fransuz olimi Jan Batist Lamark
xisoblanadi. U dastlabki odamlar daraxtlardagi shoxdan – shoxga ko‘chib yuruvchi
maymunlarning yerda yurishga o‘tgan ajdodlaridan kelib chiqqan degan fikrni
quvatlagan. Lamark uqtirishicha maymunlarning tik xolda yurishga o‘tishi
tananing o‘zgarishiga va to‘g‘rilanishiga olib kelgan. To‘da-to‘da bo‘lib hayot
9
kechirish esa nutqni rivojlantirgan. Odamning paydo bo‘lishini Lamark
organizmlar muxitning o‘zgarishi, maymunlarning talab istagini o‘zgarishi
organlarning mashq qilish va qilmasligi bilan tushuntirgan.
Odamning paydo bo‘lishi muammosini hal etishda evolyutsion ta‘limotning
asoschisi Ch.Darvinning 1859 yil nashr qilingan ―Turlarning kelib chiqishi‖ asari
muxim o‘rin tutadi. Qayd etilgan asarda olim organik olamning harakatlantiruvchi
omillari bo‘lmish, irsiy o‘zgaruvchanlik, yashash uchun kurash, tabiiy tanlanish
g‘oyasi yaqin o‘rtada odamga ham tatbiq etilishini bayon etgan. Bu bilan cheklanib
qolmay, 1871 yili maxsus ―Odamning paydo bo‘lishi va jinsiy tanlanish‖ asarini
nashr ettirgan. Darvin ushbu asarida Yer yuzida odamning paydo bo‘lishi tasodifiy
xodisa bo‘lmay balki hayvonot dunyosining million yillar davom etgan tarixiy
taraqqiyoti natijasi ekanligini asoslab bergan. U odamlarni hayvonlarga
o‘xshashligini solishtirma anatomiya, morfologiya, embriologiya, paleontologiya,
biogeografiya dalillariga tayangan xolda isbotlab berishga harakat qilgan. Darvin
dastlabki odamlar kaynazoy erasining uchlamchi davrida yashab so‘ng qirilib
ketgan maymunlardan kelib chiqqan bo‘lishi mumkin degan.
Darvin yashagan davrda odam hayvonlardan xususan maymunlardan kelib
chiqqanligini isbotlovchi paleontologik dalillar nihoyatda kam edi. XIX asrning
oxirlari va XX asrga kelib tik yuruvchi maymunlar maymun bilan odam o‘rtasidagi
oraliq formalar yoki arxantroplar, paleontroplar, neontroplarning suyak qoldiqlari
ko‘plab topildi. Bu esa bir tomondan odamning kelib chiqishi tarixini
aniqlashtirishda, ikkinchi tomondan antropologiyani fan sifatida shakllanishida
nihoyatda muxim ahamiyat kasb etdi.
1859- yili Parijda Antropologik ilmiy jamiyat tuzildi va Antropologik muzey
tashkil etildi. Antropologik jamiyat 1963-yili Londonda, 1964-yili esa Moskvada,
Shuningdek, Germaniya, Italiya va boshqa mamlakatlarda ham tashkil etildi.
Xususan XX asrning 20 yillarida O‘rta Osiyo Davlat Universitetini biologiya
fakultetida antropologiya kafedrasi va muzeyi tashkil etiladi. Kafedra mudiri prof.
L.V. Oshanin va uning shogirdi V.Ya.Zizenkova talabalarga antropologiya
bo‘yicha ma‘ruza o‘qish, laboratoriya mashg‘ulotlarini o‘tkazish bilan birgalikda
10
O‘rta Osiyo xalqlaring irqiy tafovutlarini tatqiq qila boshlaydilar. Keyinchalik bu
soha dotsent Q. Najimov va boshqalar tomonidan davom ettirildi.
Arxeologlar va antropologlar olib borgan tadqiqotlar natijasida 1935 yil
Surxondaryo viloyatining Boysun tog‘idagi Teshiktosh g‘oridan neandertal
bolaning, 1950 yillarda Farg‘ona vodiysi xududida Chashma, So‘x, Seleng‘ur,
Toshsan manzilgoxlarida 1.5 yarim million yillar oldin yashagan eng qadimgi
odamlarni (Nomo erektus - tik yuruvchi) odamining suyak qoldiqlari 2003 yili
Toshkentdan 100km uzoqdagi Obi Raxmat g‘oridan 50ming yil muqaddam
yashagan odamning suyak qoldiqlari topildi. Xozirgi vaqtda ham Respublika
Fanlar akademiyasining Tarix va arxeologiya instituti O‘rta Osiyo Davlat
Universitetining arxeologiya kafedrasi ilmiy xodimlari tomonidan O‘zbekistonning
turli xududlarida arxeologik, antropologik tadqiqotlar olib borilmoqda.
Boshqa mamlakatlar qatori respublikamizda ham odamning qadimgi
vakillarini o‗rganish bo‗yicha paleoantropologiya, qadimiy ashyoviy yodgorliklar
bilan arxeologiya fani shug‗ullanmoqda. Olib borilgan tadqiqotlar natijasida
Markaziy Osiyo mintaqasi odamning shakllanish markazlaridan biri bo‗lganligini
ko‗rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |