Qaddi-qomatni ekologik aspekti
Arktikada yashovchi odamlar gavdasi miqti tuzilgan. Mezomorf ko‘krak qafasi
silindrsimon katta. Ularda muskul tipi, ko‘p astenoid tipi juda kam. Modda
almashinishi jadal oqsil xolesterin qonda yuqori
.
Bilimni tekshirish uchun savollar
1. Odam tanasi tuzilishini tushuntiring.
2. Odamdagi soch xillarini gapiring.
3. Birlamchi soch qanday paydo bo‘lgan?
41
4.Uchlamchi soch tananing qaysi qismlarida rivojlanadi?
5. Evolyutsion jarayonda soch reduksiyasiga sabab nima bo‘lgan?
6. Reduksiyani olimlar qanday tushuntirib beradilar?
7.Teri rangi qanday bo‘ladi?
8.Ranglarlani har xil bo‘lishi nimaga bog‘liq?
3§. Genetika, xulq atvor va madaniyat. Ijtimoiy hayot va madaniyat
biologiyasi.
Tayanch iboralar va tushunchalar:
shartli refleks, shartsiz refleks, xulq atvor,
yevgenika, hatti – harakat, genetika tuyg„u, etologiya, reproduktiv, ijtimoiy,
birlamchi va ikkilamchi signal sistemasi.
Hulq-atvor hayvon va odamlarning tashqi muhit bilan o‗zaro aloqa
qilishidir. Uning fiziologik asosi bo‗lib shartsiz va shartli reflekslar sanaladi.
Odamlarda mehnat qilish faoliyati hamda jamoa bo‗lib yashash bilan uzviy
bog‗liq holda ikkinchi signal sistemasi rivojlangan. Hulq-atvor ijtimoiy tarixiy -
tajriba bilan bog‗liq bo‗lib, odamning fe‘l-atvori axloq-odob doirasida
baholanadigan hatti-harakat sistemasidan tashkil topadi. Hulq-atvor, hatti-
harakat hayvon va odam organizmining murakkab biologik funksiyasi bo‗lib,
u tufayli hayvon va odam organizmi tashqi abiotik muhit bilangina emas, balki
o‗z
turi va boshqa turlarga mansub organizmlar bilan aloqada bo‗ladi.
Hayvonlarning o‗zini himoya qilish, ozuqa topish, yakka yoki guruh bo‗lib
yashashi, o‗z turiga mansub boshqa jins bilan jinsiy qo‗shilishga bo‗lgan
moyillik va fe‘l-atvorning boshqa ko‗rinishlari shartsiz reflekslar, instinktlar
asosida tarkib topadi. Shu bilan birga murakkab tuzilishga ega hayvon fe‘l-
atvori hayot davomida orttirilgan befarq ta‘sirlovchilar bilan shartsiz
ta‘sirlovchilarning navbatlashishi natijasida hosil bo‗lgan tajribalar asosida
shakllanadi.
Hayvonlar va odamlar fe‘l-atvorini shakllanishida markaziy nerv
sistemasi, analizatorlar asosiy o‗rinni egallaydi. Hayvonlar va odamlarning
hulq-atvori bilan etologiya, zoobiologiya, fiziologiya, ijtimoiy psixologiya
42
shug‗ullanadi. XX asrning 50 yillaridan boshlab hayvonlar, odam hulq-atvori
bilan genetika fani ham shug‗ullanmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |