Pedagogik tajriba - sinov ishlari mazmuni, va uni tashkil etish
metodikasi
.
5 sinf ―tasviriy san‘at‖ fani mavzusi bo‗yicha o‗quvchining bilim olish
faoliyatini faollashtirish texnologiyasiga asoslangan nazariy darsi namunasini
keltiramiz.
Mavzu: tasviriy san‘atning ifodaviy vositalari haqida suhbat.
Darsning maqsadi:
tasviriy san‘atning ifodaviy vositalari haqida ma‘lumot
berish. O‗qituvchilarga san‘atning uch guruhi (tasviriy, amaliy san‘at; badiiy
konstruktiv loyihalash; dizayn san‘ati) bilan tanishtirish. Tasviriy san‘atning
ifodaviy tili (kompozitsiya, chiziq, dog‗, rang, shakl, hajm, fazo, faktura) haqida
suhbat o‗tkazish.
Dars uslubi:
og‗zaki bayon qilish, klaster metodi va suhbat o‗tkazish.
Vosita:
tasviriy san‘atning ifodaviy vositalariga doir reproduksiyalar.
Xususan, X. Raximova, A.O. Muxtorov, I. Jabborov, A. Dyurer, A. Matiss,
T. Muhammedov, R. Choriev, B. Jalolovlarning chiziqli suratlari va boshqalar.
Dars shakli:
suhbat, amaliy mashg‗ulot va kichik guruhlar bilan ishlash.
32
Tashkiliy qism: o‗qituvchining salomlashishi, jurnalga yo‗qlama qilishi. Sinf
o‗quvchilarini darsga jalb qilib, ish muhitini yaratish.
O‘tgan mavzuni mustaxkamlash:
o‗quvchilarning uy ishlarini tekshirib, «5»
balli tizim asosida baholash vazifani namunali bajargan o‗quvchilarning ishlari
namuna qilib ko‗rsatilib rag‗batlantiriladi, chizishga qiynalgan o‗quvchilarga
ko‗rsatmalar beriladi. Yozgi ta‘tilda uyga berilgan tasviriy san‘atdan bajarilgan
natyurmortlar, manzaralar, turli xil xodisalar tasvirlangan vazifalarni ishlaydilar.
Tarqatma materiallar bilan o‗tilgan mavzu mustahkamlanadi.
Yangi mavzu bayoni:
o‗qituvchi darsni suhbat tarzida tashkil etib, unda
asosiy e‘tiborni tasviriy san‘atning ifodaviy vositalari tasviriy, amaliy san‘at,
badiiy konstruktiv loyihalashga, dizayn san‘atiga hamda kompozitsiya, chiziq,
dog‗, rang, shakl, fazo, faktura haqida taniqli yirik musavvirlar asarlarining
tahliliga qaratishi lozim. Suhbat quyidagi mazmunda bo‗ladi va turli tasviriy
materiallarni namoyish etish bilan olib boriladi. Umumiy o‗rta ta‘lim maktablarida
tasviriy san‘at mashg‗ulotlarining o‗z maqsad va vazifalari mavjud bo‗lib, ular
naturaga qarab rasm ishlash, kompozitsiya, san‘atshunoslik asoslari bo‗limlari
orqali amalga oshiriladi.
Naturaga qarab tasvirlash o‗quvchilarga narsa va xodisalarning hajmi va
fazoda joylashuvi, ularning bir muncha tiniq bilimlari haqida tasavvurga ega
bo‗lish imkonini beradi. Naturaga qarab tasvirlash jarayonida o‗quvchilar naturani
tahlil qilish, ularni bir - biri bilan taqqoslash, umumlashtirish kabi eng muhim
xususiyatlarini tasvirlashga harakat qiladilar. Bunda, ayniqsa, chiziqlar ravonligi,
ranglarning nafis va mutanosibligini, ifodalangan go‗zallikni zehnlab tasvirlay
olishga alohida e‘tibor beriladi.
Kompozitsiya. U mavzu bo‗yicha xotira va tasavvur asosida rasmlar ishlash
jarayonida o‗z aksini topadi. Bunda o‗quvchilar tanlangan mavzuga ko‗ra, uning
elementlarini qog‗oz yuzasida bir biriga bog‗lab, turli tasvir elementlaridan yaxlit
kompozitsiyani hosil qilishni o‗rganadilar. Kompozitsiya tuzishdan maqsad,
mavzuga muvofiq keladigan elementlarni tanlab olib, ularni o‗rnini almashtirib,
yangi detallar kiritish orqali original mazmunni ifodalovchi ijodiy ish yaratishdir.
33
O‗quvchilarga kompozitsiya qonuni – asosan uchta belgi bilan ifodalanishi haqida
ma‘lumot berishimiz lozimdir. Birinchi belgi bu badiiy asarda sodir bo‗layotgan
voqeaning o‗ziga xosligi. G‗.Abdurahmanovning «sijjakda kuz» va boshqalar
asarlarining tahlili. Kompozitsiya qonunining ikkinchi belgisi – bu sodir
bo‗layotgan voqea mavzuini, harakat holatini, vaqtini tasvirlaydi. I.Repinning
«kutilmagan edi» asarida faqat personajlar tasvirlangan. Bu erda bo‗layotgan
kulminatsion daqiqa hayotiy voqeani mavzu bilan bog‗lovchi harakatdagi
vositadir. Kompozitsiya qonunining uchinchi belgisi bu yangilikdir. Rassomlik
san‘ati haqiqatni to‗g‗ri ifoda etib qolmay, rassom his-tuyg‗ularini, estetik
go‗zallikni, tasavvurni jozibali tarannum etadi. Badiiy obrazdagi estetik sifatlar,
kompozitsiya echimidagi yangiliklar rassom tomonidan kashf etiladi.
O‗quvchilarga biz yuqorida umumiy o‗rta ta‘lim maktablarida tasviriy san‘at
mashg‗ulotlarida talab etiladigan vazifalar haqida suhbat olib bordik. Endilikda biz
dasturda talab etilgan tasviriy san‘at haqida to‗xtalamiz tasviriy san‘atning asosiy
uch turi mavjud bo‗lib, bular rangtasvir, grafika va haykaltaroshlikdan iboratdir.
Rangtasvir – tasviriy san‘atning shunday bir turidirki, unda rang eng asosiy o‗rinni
egallaydi. Biror yuzada bo‗yoqlar vositasida bajarilgan san‘at asari rangtasvir
deyiladi. Rangtasvir yo‗nalishiga ko‗ra, mahobatli, dastgohli, miniatyura, teatr
rangtasvir kabi turlarga bo‗linadi. Rangtasvir yo‗nalishlarining har bir maxsus
xususiyatlari bilan bir - biridan farqlanadi. Rassomlar O‗. Tansiqboev,
A. Abdullaev, R. Ahmedov, M. Nabiev, Ch. Ahmarov, R. Choriev va
boshqalarning rangtasvir asarlarini o‗quvchilarga tanishtirish rangtasvir haqida
ma‘lumot berish.
Grafika – hozirgi zamon san‘atining keng tarqalgan turlaridan biridir.
Tasviriy san‘atning bu turiga oddiy qora qalamda chizilgan surat, tematik
kompozitsiyalar kitobning ichki va tashqi tomoniga ishlangan turli rasm,
illyustratsiya, plakat, va boshqalar kiradi. Grafika san‘ati asarlari hajm jihatdan
uncha katta bo‗lmay, ko‗p hollarda qog‗ozga ishlanadi. Grafikaning xarakterli
tomonlaridan biri, uning seriyali qilib ishlanishi, ya‘ni voqeani bir necha qog‗ozda
tasvirlanishidir. Bunday soyali rasmlar o‗zaro bir - biri bilan bog‗liq bo‗lib,
34
ma‘lum bir mazmunni ochib beradi. Grafik rassomlardan M. Kagarov,
Q. Basharov, M. Sadiqov, F. Gambarova, G‗. Boymatovlarning ijodlarini sanab
o‗tish mumkin.
Haykaltaroshlik asarlari o‗z ishlatilish o‗rni, bajaradigan vazifasi va
tayyorlanish usuliga qarab turlicha nomlanadi. Ular odatda dumaloq va qabariq
ko‗rinishda bo‗ladilar. Dumaloq haykallarni hamma tomondan aylanib ko‗rish
mumkin bo‗lsa, qabariq haykallarni yuzaga bo‗rttirib ishlanganligi sababli faqat bir
tomondan ko‗riladi.
Haykaltaroshlardan I. Jabborov, A. Raxmatullaev, J. Quttimurodov,
R. Mirtojiev, A. Xotamov, E. Esanovlarning reproduksiyalari bilan o‗quvchilarni
tanishtirish. Shuningdek dars jarayonida tasviriy san‘at vositalari va ko‗rgazmalar
haqida suhbat o‗tkaziladi. O‗quvchilarga quyidagicha savollar berish mumkin.
– tasviriy san‘at nima?
– tasviriy san‘atning qanday turlari bor?
– rangtasvirni bilasizmi?
– haykaltarosh va grafika san‘ati nima?
– rassomlardan kimlarni bilasiz?
O‗qituvchi o‗tilgan materiallar yuzasidan savol - javob o‗tkazib, berilgan
bilimlarni mustahkamlaydi. Amaliy san‘at o‗quvchilarda badiiy didni o‗stirish
bilan bir qatorda, ularda borliqni idrok etish madaniyatini va unga estetik
munosabatni shakllantirishga xizmat qiladi. Amaliy san‘atning turlari naqqoshlik,
yog‗och o‗ymakorlik, misgarlik, kandakorlik, zargarlik, gilamdo‗zlik, kashtachilik,
zardo‗zlik va boshqalar.
Shu maqsadda o‗quvchilarni quyidagi tushuncha va ma‘lumotlarga ega
bo‗lishlari talab etiladi:
– avvalgi va hozirgi xalq amaliy san‘ati ustalarini bilish;
– xalq amaliy san‘ati muzeylarining nomi va joylashgan manzillarini
Bilish;
– xalq amaliy san‘atiga oid ma‘lum terminlarni bilish;
35
Dars jarayonida xalq amaliy san‘atning turlariga mansub bo‗lgan xalq
ustalari tomonidan yaratilgan asarlarining reproduksiyalari bilan tanishtirish.
O‗quvchilarga xalq amaliy san‘ati bo‗yicha quyidagi savollarni berish mumkin.
– xalq amaliy san‘ati nima?
– xalq amaliy san‘atining turlarini bilasizmi?
– xalq amaliy san‘ati muzeylari respublikamizda nechta va
Qaerda joylashgan?
– xalq amaliy san‘ati ustalaridan kimlarni bilasiz?
Dizayn san‘ati hozirgi kunda birmuncha rivojlanib kelmoqda san‘atning bu
turiga alohida e‘tibor berish davr talabi ekanligi Respublikamizning o‗nlab
mamlakatlari bilan savdo - sotiq, ijtimoiy, iqtisodiy aloqalarni yo‘lga qo‗yishda
ham ko‗zga tashlanmoqda. Dizayn san‘atining bu turi badiiy konstruksiyalash
bo‗lib bunda o‗quvchilar har - xil ko‗rinishga ega bo‗lgan qutilarga badiiy bezak
berib, uni jihozlaydi shuning bilan birgalikda bayramga bag‗ishlangan otkritkalar
turli shakldagi sovg‗a - salom uchun qutichalar tayyorlash haqida suhbat
o‗tkaziladi. O‗quvchilarga badiiy konstruksiyalashga tegishli bo‗lgan materiallar
bilan tanishtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |