MA‘RUZA MASHG‘ULOTLARI.
68
3. Maktabgacha ta‘lim bo‗limlarining nazorat qilishga tayyorgarligi
va uning bosqichlari
Nazorat qilishga nazoratchi-metodistning tayyorgarligi
Maktabgacha ta'lim muassasalarini tekshirish oldidan
tekshiriladigan muassasalar
maktabgacha ta‘lim bo'limlari tomonidan belgilanadi, buning uchun yuqori boshqarma
tomonidan
«Ruxsatnoma» xati olinadi. Bizning institutimiz tomonidan esa Toshkent shahar maktabgacha ta'lim
maktabgacha ta'lim boshqarmasiga ma'lumotnoma yuboriladi.
1. Bunda tekshiriladigan tuman muassasalarning nomi, raqami ko'rsatiladi.
Keyin tuman
maktabgacha ta'lim bo'limi mudiri nomiga «Ruxsatnoma» xati olinadi.
2. Tekshirish shahar, hokimiyat - shahar qo'mitalari tomonidan bolsa,
tekshirish uchun
«eslatma-savollar» tuziladi, shu orqali muassasa ishi tekshiriladi.
3. Tekshirishi lozim bo'lgan muassasa haqida maktabgacha ta'lim bo'limidan ma'lumot olish;
bunda nazoratchi-metodistga muassasasa haqida dastlabki ma'lumotlar berilib, maktabgacha ta‘lim
muassasalarning maktabgacha ta‘lim miqyosida tutgan o'rni, uning butun faoliyatini aks ettiruvchi
hujjatlar bilan tanishiladi;
4. Tekshirish rejasi tuzilib, tekshirish muddati, kim tomonidan tekshirilayotganligi ko'rsatiladi
(Bu tinglovchiamaliyotchilar uchun).
Nazorat qilishga tayyorgarlik bu
- davlatimizning «Maktabgacha ta'lim» bo'yicha qaror,
ko'rsatma, buyruq, instruktiv va direktiv hujjatlarini yana bir bor ko'zdan kechirib chiqishni
nazoratchi-metodistdan talab qiladi. Bu - «Maktabgacha ta'lim» dasturining hamma bo'limlarini
yana bir bor chuqur o'rganishni talab qiladi. Shu o'rinda biz yuqorida aytib o'tilgan «Direktiv» va
«Me'yoriy» hujjat nima ekanligini tushunib olishimiz lozimdir.
Direktiv hujjat
- bu farmon, farmoyish, yo'l-yo'riq, ko'rsatma, ya'ni yuqori bo'limlar tomonidan
quyi bo'limlarga yoki rahbarning o'z xodimlariga bergan ko'rsatma, yo'1-yo'riqlariga aytiladi.
Meyoriv hujjat esa - me'yorlar qoidasiga asoslangan hujjatdir.
Masalan: Bolalarning yoshi bo'yicha yosh guruhlariga to'g'ri taqsimlash, xodimlarni shtat me'yori
bo'yicha ishga qabul qilish, smeta bo'yicha xarajatlarni
taqsimlash - sarflash, bolalarning
ovqatlantirish me'yorlari, tarbiyachilarning oylik ish haqlari va hokazolardan iborat.
Shuningdek, xalq xo'jalik rejalarida ko'zda tutilgan ijtimoiy maktabgacha ta‘lim rivojlantirish
bo'yicha asosiy ko'rsatkichlarning bajarilishi, Maktabgacha ta'lim bo'limlari
tomonidam maktabgacha ta'lim muassasalarini kadrlar bilan ta'minlash, qishloq maktabgacha ta'lim
xodimlariga beriladigan imtiyozlardan foydalanishi me‘yorlari kiradi.
Demak, nazorat qilishni tashkil etish, unga tayyorgarlik tekshiruvchilardan o'z ustida ko'proq
ishlashni, g'oyaviysiyosiy va ilmiy yetuklikni, tashkiliy, pedagogik va metodik ishlarning mohirono
o'z ishida qo'llashni talab etadi.
Nazorat qilishning mazmunli tizimini amalga oshirishda nazorat
qilishni olib borish
bosqichlari muhim ahamiyat kasb etadi.
Ular quyidagilar:
1) Tekshirish rejasini tuzish va tasdiqlatish;
2) Tekshirishning maqsadi va vazifalari to'g'risida mudirani ogohlantirish;
3) Ishning borishini xarakterlovchi hujjatlarni o'rganish (hisobot, akt va hokazo).
4) Muassasa xodimlari
bilan suhbat;
5) Maktabgacha ta'limni boshqarish ishini o'rganish, uning holatini tahlil qilish;