MA‘RUZA MASHG‘ULOTLARI.
133
masalalarini, tarbiyachilarning nazariy va metodik tayyorgarliklarini oshirish masalalarini va
maktabgacha ta'lim muassasasi faoliyatining boshqa masalalarini muhokama qiladi.
Pedagogik kengashlar kun tartibini belgilashda barcha qatnashchilarni qiziqtiruvchi mavzuning
kengligini, dolzarbligini ta'minlash zarur. Faqat shundagina Pedagogik kengashda ish muhiti hukm
suradi, masalalar muhokamasi sermahsul va faol bo'ladi.
Pedagogik kengash tarkibiga: metodist, tarbiyachilar, musiqa rahbari, maktabgacha ta'lim
muassasasiga xizmat ko'rsatuvchi shifokor, katta hamshirasi, kasaba uyushma, otaonalar
qo'mitasining raisi hamda vasiylik kengash raislari kiradi. Pedagogik kengash yig'ilishiga jamoat
tashkilotlarining
vakillari,
maktablar
o'qituvchilari,
maktabgacha
ta'lim
muassasasi
tarbiyalanuvchilarining ota-onalari taklif etilishi mumkin.
Pedagogik kengash maktabgacha muassasaning yillik ish rejasiga kiritilgan va pedagoglar
Pedagogik kengashi tomonidan tasdiqlangan reja bo'yicha ishlaydilar.
Maktabgacha ta'lim muassasalarida kollegial organ hisoblangan Pedagogik kengashlar tashkil
etilib, u pedagogik xodimlar, ota-onalar, homiylarni birlashtirib, maktabgacha ta'limda davlat
talablari asosida muvofiqlashtirilgan ta'limtarbiya jarayonini takomillashtirishga xizmat qiladi.
Pedagogik kengash maktabgacha ta'lim muassasasidagi ta'lim-tarbiya jarayonidagi asosiy
masalalarni hal etuvchi doimiy faoliyat ko'rsatadigan organ
Pedagogik kengashning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:
- ta'lim muassasasi pedagogik jamoa faoliyatini yo'naltirish, tarbiyalanuvchilarning egallashi lozim
bo'lgan bilim, malaka va ko'nikmalarini rivojiantirish, "Maktabgacha yoshdagi bolalar
rivojlanishiga qo'yiladigan Davlat talablari‖ning bajarilishini ta'minlash;
- ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil etish samaradorligini oshirishda maqbul lozim-sharoitlar
yaratishga doir qarorlar qabul qilish;
- pedagog xodimlarning nufuzi va metodik salohiyatini oshirish, ularning tashabbuskorligini
qo'llab-quvvatlash va rivojiantirish bo'yicha maqsadli ishlarni tashkil etish;
- pedagog xodimlarning nufuzi va metodik salohiyatini oshirish, ularning tashabbuskorligini
qo'llab-quvvatlash va rivojiantirish bo'yicha maqsadli ishlarni tashkil etish;
- pedagogik jamoaning ma‘lum yo'nalishlardagi faoliyatini tahlil qilish va yakuniy xulosa berish;
- ilg'or pedagoglarning ish tajribalarini o'rganish, ommalashtirish, yosh pedagoglarga metodik
yordam ko'rsatish ishlarini amalga oshirish yo'llarini belgilash;
- "Ustoz-shogird" an'analari, uzluksiz malaka oshirish borasida olingan hisobotlar yuzasidan
xulosalar tayyorlash va ularning bajarilishini nazorat qilish;
- tarbiyalanuvchilarga umuminsoniy va milliy qadriyatlarga asoslangan ma'naviy-axloqiy hislarni
singdirish, bola shaxsini shakllantirishda ta'lim jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni
tatbiq etish;
- ta‘lim oluvchilarni ma'naviy yuksak, umuminsoniy va milliy ruhda, o'z vatani, xalqini ardoqlovchi
shaxs sifatida tarbiyalash yuzasidan takliflar berish.
Do'stlaringiz bilan baham: