6
KIRISH
TAJRIBA O‘TKAZISHDA TUPROQ HUSUSIYATLARNI HISOBGA
OLISH
Tajriba uchun dala tanlash o„ta ma‟suliyatli ish bo„lib, yetti o„lchab, bir
kesishni taqozo etadi. Aks holda tajriba davomidagi barcha ishlar o„z qimmatini
yo„qotadi. G„o„za-beda, g„o„za-g„alla majmuidagi ekinlar agrotehnikasiga oid
tajribalarni o„tkazish mo„ljallanganda tadqiq etiladigan hudud tuproqlarini batafsil
o„rganib chiqish zarur. Ularning viloyat va O„zbekiston miqyosidagi o„rni va
salmog„ini tasavvur etish uchun ilmiy adabiyot va Respublikamiz, shuningdek,
tajriba o„tkaziladigan ho„jalik va ilmiy muassasa tuproq haritalari bilan tanishib
chiqish talab etiladi. Bu, tanlangan dala tuproqlarining muayyan hudud uchun
hosligi (o„hshashligi) haqida aniq tasavvurga ega bo„lish va dala tajribalari
natijalarini tuprog„i shu tuproq turlariga hos boshqa hududlarga ham tavsiya qilish
imkonini beradi.
Ta‟kidlash joizki, har bir ho„jalik ishlab chiqarish yo„nalishidagi ho„jalik
ham tajriba ho„jaligi ham, tuproq va agrokimyoviy haritanomalarga ega.
G„o„zani parvarishlashda qo„llaniladigan agrotehnik va meliorativ tadbirlar
tizimini to„g„ri amalga oshirish maqsadida respublikamiz viloyatlari o„ziga hos
sharoitlaridan kelib chiqib, olimlarimiz tomonidan ikki guruhga – bo„z tuproqlar
hamda sahro-cho„l mintaqalariga ajratildi. Quyida ularning tavsifi keltirilmoqda:
Bo‘z tuproqlar mintaqasi
tog„ va tog„ oldi hududlarini o„z ichiga oladi. U
to„q tusli, tipik va och tusli bo„z tuproqlar mintaqasiga bo„linadi.
Sahro mintaqasi 3 ta mintaqadan: shimoliy, markaziy va janubiy
mintaqachalardan
tashkil topgan. Hududlar tabiiy sharoiti bo„yicha bunday
bo„linishi ularning tuproqlari, shuningdek, bu tuproqlarda amalga oshiriladigan
meliorativ va argotehnik tadbirlarga ko„ra bir-biridan farqlanishini bildiradi.
To‘q tusli bo‘z tuproqlar
dengiz sathidan 700-1000 m yuqori joylashgan tog„
va tog„ oldi mintaqasining ancha baland qismlarida shakllangan. Bunday tuproqli
hududga Janubiy Qozog„iston viloyati Chimkent-Sayram guruhi tumanlari g„o„za
parvarishlanadigan
maydonlarining
salmoqli qismi, qisman Qirg„iziston
Respublikasi O„sh viloyati, shuningdek, unchalik ko„p maydonlarni egallamagan
Tojikiston Respublikasi maydonlari va O„zbekiston Respublikasining ba‟zi
tumanlari joylashgan.
Bu tuproqlar mayda zarrachali va qumoq, allyuvial va proallyuvial
yotqiziqlarda shakllangan, sho„rlanmagan, unumdor, fizikaviy hususiyati ham
yahshi. Bunday tuproqli erlarni tekislash ularda suv, irrigatsiya eroziyasiga qarshi
kurashish talab etiladi.
To„q tusli bo„z tuproqlarda eng ertapishar g„o„za va g„alla navlari
etishtiriladi.
Tipik bo‘z tuproqlar
dengiz sathidan 400-700 m balandlikda tarqalgan, tog„
oldi tekisliklari va daryo terrasalarining yuqori qismlarini ishg„ol etgan. Bunday
tuproqlardan iborat, g„o„za va boshqa ekinlar o„stiriladigan maydonlar Keles,
Quruq-Keles, Chirchiq, Angren, Ko„gart daryolari havzalarida, Qoradaryo,
Kurshaba, Oqbura, Aravansoy hamda Farg„ona vodiysi janubiy va shimoliy
hududlaridagi tog„ daryolarining yuqori, Zarafshon, Qoradaryo, Kofirnihon,
7
Qizilsuv va Yahsuv daryolarining yuqori va o„rta qismlarida joylashgan. Ushbu
tuproqlar mayda jinsli qumoq, lyossimon delyuvial va ba‟zan allyuvial
yotqiziqlarda rivojlanib, sho„rlanmagan, unumdorligi, fizikaviy hususiyatlari
yahshiligi bois er tekislashdan tashqari mahsus melioratsiya tadbirlarini amalga
oshirish talab qilinmaydi. Tipik bo„z tuproqli erlarning notekis relfli katta nishabli
qismlarida irrigatsiya eroziyasiga qarshi tadbirlar o„tkazilishini va ularni yahshilab
tekislash zarur.
Tipik bo„z tuproqlarda g„o„zaning o„rtapishar navlari ekiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |