Tuproq va o‘simliklarning agrokimyoviy tahlili.
Ekishgacha, amal davrida
va amal davri ohirida tuproqqa ishlov berish bo„yicha tajribalarda tuproq va
o„simliklarning agrokimyoviy tahlillari o„tkazilishi zarur.
Tajribada uning vazifalariga ko„ra, gumus, yalpi azot, fosfor, kaliy, nitratlar,
amiak va o„simlik o„zlashtiradigan fosfatlar miqdori aniqlanadi. Bunda sho„rlangan
erlardagi tuproqlarning sho„rlanish darajasini kuzatish, albatta zarur.
G„o„za asosiy oziqa moddalarni o„zlashtirishni aniqlash uchun o„simlikda
rivojlinish davrlari bo„yicha kimyoviy tahlil o„tkaziladi.
Tuproq mikrofloriyasini kuzatish.
Kuzgi shudgorning turlicha chuqurligi va
o„tkazish tehnologiyasi, amal davridagi kultivatsiyalar soni va chuqurligi tuproq
mikroflorasi soni va sifat tarkibiga, turli qatlamlarda taqsimlanishga jiddiy ta‟sir
27
ko„rsatadi. Tuproqning ayrim qatlamlari bo„yicha mikroflora tavsifi tajriba
variantlarida kechayotgan jarayonlar yo„nalishini tasavvur etish, tuproq
unumdorligidan imkoni boricha ko„proq foydalanish uchun qulayroq sharoitlarni
belgilashga imkon beradi.
Tuproq mikroflorasini kuzatish aprel-may, iyun, iyul, oktyabr-noyabr
oylarida o„tkaziladi.
Sug‘orishda suvni o‘lchash.
Tuproqqa ishlov berish bo„yicha tajribalarda
amal davri sug„orishlarda berilgan suv miqdori, albatta, o„lchanish kerak. Buning
uchun mahsus suv o„lchagich-suv o„tkazgichlar va boshqa moslamalardan
foydalaniladi (sug„orish bo„limiga qarang).
Tajriba qo„yishning asosi bo„lgan yagona farq tamoyili bo„yicha tuproqqa
ishlov berish usullari, tehnologiyasi yoki ishlov chuqurligi o„rganilganda amal
davri sug„orishlarining barchasida bir hil me‟yorida suv berish zarur.
Masalan, shudgor yoki yumshatishning turlicha chuqurligi, erta bahorgi va
ekish oldindan ishlovlar chuqurligi, g„o„zaning amal davridagi kultivatsiyalar
chuqurligi va b.q. o„rganilganda har bir sug„orishda mavsum bo„yicha barcha
variantlarga bir me‟yorda suv beriladi.
Oddiy va plyonka ostida
ekish
tuproqda
maqbul harorat kuzatilganda
boshlanib, barcha variantlar uchun ekish muddati va usuli, ekish me‟yori, ekish
chuqurligi va sh.k lar bo„yicha teng sharoit yaratiladi. Bunda, shuningdek, plyonka
turlari, ular olinadigan muddatlar ham aniqlanadi.
G„o„za parvarishda hosil-yig„im terimida mehanizatsiya keng qo„llanilishi
munosabati bilan chigit ekishda, egatlarning to„g„ri va enlamalari oralig„i oddiy
egatlar kengligi bilan bir hil bo„lishi muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu talablarga
amal qilingandagina qo„llanilayotgan mashinalarning yuqori samaradorligiga va
qo„l mehnati sarfini kamaytirishga erishish mumkin.
Buning uchun seyalkalar sinchiklab tayyorlangan, marker esa zarur
kenglikka juda aniq o„rnatilgan bo„lishi zarur. Ekishda qatnashayotgan traktorchi
yuqori malakali bo„lishi darkor.
Kultivatsiya, egat va boshqalarning chuqurligini o‘lchash.
G„o„za qator
oralarini uzunasiga yoki ko„ndalangiga o„lchash amallarini o„tkazishda, uning har
hil chuqurligini, egat chuqurligi yoki o„g„it solinadigan chuqurlik samaradorligini
o„rganishda tuproqni yumshatish chuqurligi, egat chuqurligi va kengligi, o„g„it va
boshqa oziq moddalar solishning haqiqiy chuqurligi haqida ma‟lumotlar zarur
bo„ladi. Bunday ma‟lumotlarni chuqurlik o„lchagich asbobidan foydalanish orqali
olish mumkin. (4.2-chizma).
1)
Bu haqda «Методы агрохимических, агрофизических и микробиологических исследований в
поливных хлопковых районах» nomli qo„llanmadan (Tashkent, 1963) atroflicha ma‟lumot olish mumkin.
2)
«Методы агрохимических анализов почвы растений в Средней Азии» T, 1977
28
4.2 - chizma. 90 sm. li egat oralig‘ida traktor kultivatori o‘tguncha o‘rnatilgan chuqurlik
o‘lchagich.
Chuqurlik o„lchagich uzunligi 90 sm, kesmasi 3h5 sm li tahtachadan iborat.
Tahtachaning har 15 sm. da 3 tadan teshik ochilgan. Ularga uzunligi 50 sm. li, to„rt
burchakli, kesmasi kichik bo„lakchalar har 1 sm. da har 5 sm. da katta bo„lakchalar
tushirilgan. Bu bo„lakchalar kultivatsiyaning haqiqiy kengligi, egat kengligini
o„chash imkonini beradi.
Chuqur o„lchagich (reyka)lar bo„lakchalari 1 sm. dan, yuqoriga qarab, 1sm
dan 50 sm gacha. Bo„lakchalar kultivatsiya chuqurligini birdaniga uch joydan
o„lchash imkonini yaratadi. Tik chuqur o„lchagichlar chuqurchalarga 90 sm.li egat
oralig„ida ko„ndalang planka chetida 15 sm, 60 sm. egat oralig„ida plankacha
chekkasida 30 sm. li bo„lakchada va o„ng tomonda planka chetidan 15 sm. da
o„rnatiladi.
Kultivatsiyalashda o„g„it solish yoki egat chuqurligini o„lchash uchun
chuqur o„lchagich egat orasiga kultivator ishchi organlari o„tguncha o„rnatilib,
tegishli ma‟lumotlar yozib olinadi va ishchi organlar o„tgandan so„ng yana
o„rnatilib, o„lchanadi.
Asbob har bir egat oralig„ida to„g„ri chiziq bo„ylab chapdan o„ng tomonga
qarab o„rnatiladi. Reykalar tuproqqa tegishi bilan o„lchov boshlanadi. O„lchash 0,5
sm. aniqlik bilan o„tkaziladi. Reyka bo„yicha hisob chapdan o„ngga tomon olib
boriladi. Ko„rsatkichlar yozib olingach, ushbu joy qoziq qoqib belgilanadi va
asbob keyingi egatga ko„chiriladi. Bunday o„lchashlar variantning 5 joyida amalga
oshiriladi.
Kultivator ishchi organlari o„tgandan keyin, birinchi marta asbob o„rnatilgan
joydagi yumshatilgan tuproq ehtiyotlik bilan olib tashlanib, yana asbob o„rnatiladi,
reykalar tushiriladi, o„lchov bajarilib, ma‟lumotlar yozib olinadi va o„rtachasi
hisoblanadi.
Misol: asbob 60 sm. li egat oralig„iga o„rnatilgan. Kultivator o„tguncha
chuqurlik 1-reykada 4 sm, 2-reykada 5 sm va 3-reykada 3 sm.
Kultivator o„tgandan keyin bu ko„rsatkich 1-reykada 9 sm, 2-reykada 15 sm,
3-reykada 10sm. birinchi o„lchov ko„rsatkichlarini ikkinchisidan ayirib,
kultivatsiyaning amaldagi chuqurligi chiqariladi.
29
Kultivatsiya chuqurligini o„lchash 4.1-jadvalda keltirilgan shaklda yozib
boriladi.
O„g„it solish chuqurligi yoki egat chuqurligini aniqlash ham yuqorida qayd
etilgan tartibda bajariladi.
Begona o‘tlarni sanash.
Kuzgi shudgor chuqurligi yoki tehnologiyasi, bu
tadbir bajariladigan qurollar, erta bahorgi va ekish oldidan tuproqni tayyorlash
usullari, qurollari va soni, kultivatsiya chuqurligini o„rganish, kultivatsiya ishchi
organlari samaradorligi, ular sonini aniqlash ishlari begona o„tlarni hisobga olish
bilan birga olib borilishi kerak. Begona o„tlarni tuproqqa ishlov berish bo„yicha
o„tkaziladigan tajribalarda hisobga olish ular sonini kamaytiruvchi yoki
ko„paytiruvchi choralar ishlab chiqish imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |