4. TUPROQQA ISHLOV BERISH BO‘YICHA DALA TAJRIBALARI
Bo‘lak (variant) o‘lchami.
Tuprqqa ishlov berishning turli tehnologiyalarini
– shudgorlash, yumshatish, ularning chuqurligi, tuproqqa yuza ishlov berish yoki
amalga oshirilgan tadbirlar soni, ekishda qo„llaniladigan yangi mashinalar va
qurollar, egat oralariga ishlov berish, ularning chuqurligi, soni va boshqa
masalalarni o„rganishda 8-12 egatli bo„lak (variant)larda ishonchliroq natijalar
olinadi. Bunda dala tajribalari zamonaviy mashina va qurollarni ishlatish imkonini
yaratib, mehanizatsiyalashtirish darajasi bo„yicha ishlab chiqarish sharoitiga
yaqinlashadi.
Bo„lak kengligini belgilashda tajribada ishlatiladigan qurol va mashinalarni
foydali qamrov kengligini hisobga olish kerak. Bunda eng muhimi, mashina va
qurollar bo„lak boshidan ohirigacha kira olishi, bo„lak chegarasida o„g„itlash
22
chegarasi o„tishi, so„qaning ohirgi marzasi yoki shudgor marza, kultivatorning
chekka ishchi organi, tirmatishi va boshqa o„tishi ta‟minlanishi darkor.
Mashina va qurollarning foydali qamrov kengligi turlicha. Masalan, «P-5-
35-M» rusumli so„qaniki 1,75 m, qo„shqavatli «PYA-3-35» rusumli so„qaniki –
1,05 m. SHu kabi yahlit ishlov beruvchi kultivatorlar, lemehli yoki diskali
lushchilniklar, tirmalar turlicha foydali qamrovga ega. 60 sm qator oralig„idagi
egatlarga chigit ekadigan 4 qatorli chigit seyalkasining foydali qamrov kengligi 2,4
m; 90 sm li qator orasida – 3,6 sm va h.k.
Bo„lak kengligi chigit seyalkasi foydali qamrovini hisobga olib belgilanadi.
Tajribaning har bir bo„lagi (varianti) seyalka yahlit sonli kira olishiga
mo„ljallangan bo„lishi kerak. Bu bo„lak (variant)lardan olingan natijalarni
qiyoslash imkonini beradi.
Dala tajribasida bo„lak kamida 4 egatli bo„lib, 4 qatorli seyalka bir kirishda 4
qatorni qamraydigan kenglikda bo„lishi kerak. Bunda markazdagi ikki egat hisobli,
ikki chetdan bittadan egat himoya qatori hisoblanadi.
Tuproqqa ishlov berish bo„yicha tajribalardagi bo„lak (variant) egat oralig„i
60 va 90 sm bo„lsa, belgilangan vazifalarga qarab, 8 va 12 qatorli bo„lgani ma‟qul.
Shunday qilib, variantlar kengligi quyidagi bo„lishi mumkin:
60 sm li egat oralig‘ida
2,4 m – 4 qatorli, shundan 2 tasi hisobli;
4,8 m – 8 qatorli, shundan 4 tasi hisobli;
7,2 m – 12 qatorli, shundan 8 tasi hisobli;
90 smli egat oralig‘ida
3,6 m – 4 qatorli, shundan 2 tasi hisobli;
7,2 m – 8 qatorli, shundan 4 tasi hisobli;
10,8 m – 12 qatorli, shundan 8 tasi hisobli.
Haydash chuqurligi (40 sm va undan ham chuqurroq) o„rganilayotgan
tajribalarda bo„lak (variant)lar chegarasidagi notekisliklarni tekislash ancha
mushkul. Bu ishni osonlashtirish uchun bo„laklardagi himoya egatlari sonini
seyalkaning bir marta yurishiga moslab har tomonidan 4 tadan qatorgacha
ko„paytirish, hisobli egatlar esa seyalka 1 yoki 2 marta yura oladigan kenglikda
bo„lishi zarur.
Bo‘laklar uzunligi
ajratilgan maydon uzunligi bilan belgilanadi. Turoqqa
ishlov berish bo„yicha tajribalar uchun maydonning uzun tomoni ko„ngdalang
yo„nalishda cho„zilgan, qisqa tomoni nishablik yo„nalishida, uzunligi 120-150-200
m bo„lgan dalalar qulay.
Bunday maydonlarda tajribaning barcha takrorlanish va variantlarini bir
qatorda joylashtirish, har bir bo„lak qiyalik bo„yicha unumdorligi turlicha
tuproqlarni qamrab olishga erishish mumkin. Tajriba bo„laklari uzunligi sug„orish
egatlari uzunligi bilan teng bo„ladi. Bo„laklar o„rtasidan o„qariq o„tkazishga yo„l
qo„yib bo„lmaydi.
Bo„laklar qator (yarus)lar bo„yicha joylashtirilganda o„qariqlar qatorlar
chegarasida olinadi. Buning uchun zarur maydon ajratiladi.
23
Do'stlaringiz bilan baham: |