36
alohida-alohida hisobga olinadi har qator kulis uchun ekilgan boshqa
ekinlar hosili,
poyasi, somoni ham alohida yig„iladi va hisoblanadi.
Tuproqni himoyalovchi almashlab ekishlar.
Eroziyaga qarshi qo„llaniladigan
choralardan almashlab ekishni to„g„ri joylashtirish juda muhim ahamiyatga ega.
Maqsadga erishish uchun almashinadigan ekinni to„g„ri joylashtirish ham alohida
rol o„ynaydi.
Shamol ta‟siri faol bo„lgan hududlarda bajariladigan muhim dala
tajribalarida almashlab ekishga agroiqtisodiy va iqtisodiy baho berish bilan birga,
almashlangan ekinlarning tuproqni himoyalashdagi ta‟siri ham tadqiq etilishi zarur.
Tuproq himoyalovchi almashlab ekishlar tizimi 7.1-chizmada keltirilgan.asosiy
almashlab ekish ziroati-beda bo„yicha kuzatishlar
ushbu kitobda keltirilgan
uslubda amalga oshiriladi. Tuproq ustida, shamol tartibi, tuproq namligi va shamol
eroziyasining salbiy oqibatlari bo„yicha tadqiqotlar «Ihota o„rmonlari», «Kulisli
himoya qatorlari» nomli uslubiyatning bo„limlari asosida o„tkaziladi.
7.1 - chizma. Tuproqni himoyalovchi almashlab ekish bo‘yicha tajriba variantlarining
joylashishi.
Kimyoviy tadbirlar.
So„ngi yillarda tuproq to„zishi va o„simliklar
zararlanishiga qarshi yuqori molekulali kimyoviy preparatlar qo„llanilmoqda.
Tajribalarda bunday preparatlar ularni qo„llash qoidalariga ko„ra, «OVT-1»
purkagichi bilan sepiladi. Tajriba qo„yishdan avval tajriba dalasida 3-4 ta chuqur
kavlanib, genetik qavatlar bo„yicha marfologik tavsiflanadi. Genetik qavatlardan
olingan tuproq namunalarida mehanik
va makro agregat tarkibi, gumus, azot,
fosfor, kaliyning yalpi va harakatchan shakllari tahlil qilinadi. Tajriba
boshlanishdan oldin
1
turoqdagi tuz tarkibi 3, 6, 9, 12, 15 va 18-kunlari, keyin 1-
sug„orishgacha qadar ham 10 kunda 1,5 m. chuqurlikkacha tuproq namligi
aniqlanadi. Shu kunlari tuproqning 0-1, 1-2, 2-3, 3-5, 5-10, 10-20, 20-30 sm.
chuqurliklaridan olingan namunalarida uning makrostrukturasi tahlil qilinadi, havo
va tuproq harorati o„lchanadi. Tuproq harorati 0-5 va 5- 10 sm. chuqurlikda soat 9,
14 va 21 da o„lchanadi. Har 2 kun oralatib, 90 % nihollar paydo bo„lguncha
ko„chatlar soni hisoblanadi. 0, 15, 30, 50 va 75 sm. balandlikda «chang» tutiladi,
15 sm. balanlikda shamol tezligi aniqlanadi. Sanab o„tilgan
barcha kuzatuvlar va
tadqiqotlar, hamma variantlar bo„yicha 2-3 takrorlanishda bajariladi. Har galgi
kuchli shamoldan keyin g„o„zaning zararlanganlik darajasi qayd etilgan tasnif
bo„yicha aniqlanadi. Fenologik kuzatuvlar barcha variantlar bo„yicha 2
37
takrorlanishda umumqabul qilingan uslub bo„yicha o„tkaziladi, hosil variantlar
bo„yicha yoppasiga teriladi va hisoblanadi (7.2-chizma).
Do'stlaringiz bilan baham: