yangi nom ostida saqlash.
1.7. Merge … (Bog‘lash) – joriy sahnaga
boshqa sahnalarning
fayllarini qo‘shish. Bog‘lash davomida sahnaga qanday ob’eklarni qo‘shish
zarurligi haqidagi so‘rovli oyna paydo bo‘ladi. Agarda obyektlarning nomi bir-
biriga mos kelmasa, quyidagi so‘rovlar berilgan oyna chiqadi: Merge – shu nomlar
bilan birlashtirish; Skip – obyektni o‘tkazib yuborish; Delete Old – eski obyektni
yangi obyekt bilan almashtirish; Auto-Rename
avtomatik qayta nomlash va
qo‘shish.
1.8. Import … (Import) – faylni boshqa formatlarga import qilish. Masalan,
*.fbx kengaytmali fayllar yordamida Maya grafik muharriridagi faylni Autodesk
3D Studio Max dasturiga import qilish. Xuddi shunday, *.ai (Adobe Illustrator)
kengaytmali fayllar
yordamida ham vektorli konturlarni import qilish mumkin, bunda ikki o‘lchovli
egri chiziqlar o‘zgartiriladi.
1.9. Export … (Eksport) – faylni boshqa
formatlarga eksport
qilish.
1.10. Summary info … (Umumiy axborot) – sahna haqidagi tugallangan
axborotlar (obyektlar soni, foydalanilayotgan materiallar va b.).
1.11. View Image File … (Tasvirni ko‘rish) – grafik muhitdan chiqmagan
holda vizuallashtirilgan materiallarni ko‘rish imkonini beradi.
2. Edit (Tahrirlash) – obyektlar bilan ishlash buyruqlari.
Asosiy buyruqlar:
2.1. Undo (Bekor qilish) [Ctrl+Z] – oxirgi haraqatni bekor
qilish. Bu buyruq orqali oxirgi bajarilgan o‘nta amalni bekor qilish mumkin.
Orqaga qaytishlar sonini Preference (Xususiyatlar) menyusida ko‘rsatish mumkin,
bu esa kompyuter tezkor xotirasining yuklanuvchanligiga ta’sir ko‘rsatadi.
2.2. Redo (Qaytarish) [Ctrl+Y] – Undo buyrug‘i bilan bekor qilingan
harakatlarni orqaga qaytaradi.
2.3. Hold (Kechiktirish) [Alt+Ctrl+H] – almashish buferida
sahnaning joriy
holatini xotirada saqlash.
2.4. Fetch (Olish) [Alt+Ctrl+F] – buferdan sahnaning kechiktirilgan holatini
olish.
2.5. Delete (O‘chirish) [Delete klavishasi] – obyektni o‘chiradi. 2.6. Select
All (Barchasini belgilash) [Ctrl+A] – sahnadagi
barcha obyektlarni belgilaydi.
Izoh
: Belgilangan obyekt oq ko‘rinishga keladi va uning
o‘qlari koordinatada ko‘rinadi.
2.7. Select invert (Invertirlash) [Ctrl+I] – sahnadagi belgi-
lanmagan obyektlar belgilangan va teskari bo‘ladi.
3. Tools (Uskunalar)
– obyektlar va ularning xususiyatlari
bilan ishlash bo‘yicha turli xildagi uskunalar.
Asosiy buyruqlar:
3.1. Transform Type-In ... (Klaviatura orqali ko‘chirish) [F12]
– paydo bo‘ladigan oynada mos o‘qlar uchun raqamli
qiymatlarni berish orqali
sahnada obyektlarni qo‘chirish yuz beradi (5.17-rasm).
Shuningdek, ushbu panel ekranning quyi qismidagi holatlar satrida joylashgan.
5.17-rasm. Obyektlarni qo‘chirish oynasi.
Parametrlar: Absolute – sahnada obyektning holati; Offset – ma’lum masofada
mos o‘qlar bo‘yicha obyektlarni siljitish.
Izoh
: Obyektni ko‘chirish uchun, obyektni ko‘chirish, burish va
masshtablashni tanlash zarur.
3.2. Spacing tool (Fazoga xos uskuna) [Shift+I] – belgilangan yo‘l bo‘yicha
uch o‘lchovli obyektni joylashtirish imkonini beradi (5.18-rasm).
Chiqadigan
oynada (5.19-rasm) quyidagi asosiy parametrlar o‘zgartiriladi: Pick Path –
tanlangan obyekt bir tekisda taqsimlanadigan yo‘lni ko‘rsatish; Pick Points –
tanlangan obyekt joylashadigan nuqtani ko‘rsatish; Count – joylashgan ob’eklar
soni.
5.18-rasm. Belgilangan yo‘l bo‘yicha obyektning joylashishi.
5.19-rasm. Spacing tool oynasi.
4. Group (Guruh)
– sahna obyektlari guruhini yaratish buyrug‘i.
5. Views (Proeksiyalar)
– tasvirlanadigan obyektlarni bosh-qarish, ekranga
chiqishlarni sozlash, ekspert rejimini ishga solish (Expert Mode [Ctrl+X]) – faqat
ko‘rinadigan ekran bilan ishlash.
6. Create (Yaratish)
– obyektlar yaratish uskunasi, buyruqlar panelidagi
Create bandiga o‘xshash.
7. Modifiers (Modifikatorlar)
– obyektlarni o‘zgartirish uchun uskuna,
buyruqlar panelidagi Modify bandiga o‘xshash.
8. Character (Personaj)
– suyaklar tizimini yaratish (Bones) va skeletli
deformasiyalar orqali turli xildagi obyektlarning ani-matsiyalari
bilan ishlash
buyrug‘i.
9. Reactor (Reaktor)
– yordamchi obyektlarni yaratish, ular yordamida suv
yuzasi, qattiq va egiluvchan jismlar, to‘qimalar va boshqa uch o‘lchovli jismlarning
real fizik xususiyatlari model-lashtiriladi.
10. Animation (Animatsiya)
– animatsiyalarni boshqarishning turlicha
algoritmlarini ifodalagan nazoratchilar yordamida animatsiyalanuvchi obyektlar
yaratish buyrug‘i.
11. Graph Editors (Grafik muharrir)
– ushbu
band sahna obyektlari bilan
ishlash jarayonini optimallashtirishga yo‘naltirilgan bir necha muharrirlardan tarkib
topadi: Track View (Treklarni ko‘rish) – animatsiyalangan obyektlarni tahrirlash;
Schematic View (Tuzilmalarni ko‘rish) – sahnadagi alohida obyektlarning bir-biri
bilan ierarxik aloqasi; Particle View (Bo‘lakni ko‘rish) – bo‘lakning murakkab
tizimini yaratish.
12. Rendering (Vizuallashtirish)
– sahnani vizuallashtirish ishlariga, ya’ni
kuchaytirilgan yorug‘lik, videomontaj effektlari (Video Post), atrof-muhit effektlari
(tuman, olov, hajmiy yorug‘lik)ni yaratishga mo‘ljallangan buyruqlar. (Material
Editor) Materiallar muharriri oynasini chaqirish.
13. Customize (Sozlash)
– dastur parametri va interfeysi elementlarini
sozlash. Sozlash imkoniyalaridan foydalanib foyda-lanuvchi interfeysda o‘zining
variantini
yaratishi, ya’ni buyruqlar panelida kerakli tugmalarni ko‘shishi,
buyruqlarni chaqirish uchun qaynoq tugmalar kombinasiyasini o‘zgartirishi va
boshqa amallarni bajarishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: