49
suratda ishlatish bosqichlarida, standartlar majburiy talablarining aniqlangan buzilishlarini bartaraf
etish to‘g‘risida ko‘rsatmalar berish;
- xo‘jalik faoliyati sub’ekti tekshiruvdan bo‘yin tovlagan taqdirda
mahsulotni realizasiya
qilishni man etish huquqiga ega.
Standartlarni tekshirish va nazorat qilish hamda o‘lchovlarning yagona birlikda bo‘lishini
ta’minlash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi bosh davlat inspektori, standartlarni tekshirish va
nazorat qilish hamda o‘lchovlarning yagona birlikda bo‘lishini ta’minlash bo‘yicha Qoraqalpog‘iston
Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosh davlat inspektorlari bundan tashqari: (O‘zR
25.04.2003 y. 482-II-son Qonuni tahriridagi xat boshi), (Oldingi tahririga qarang)
- standartlarning majburiy talablari buzilganligi uchun xo‘jalik faoliyati sub’ektlariga
nisbatan jarimalar qo‘llash to‘g‘risida qarorlar qabul qilish;
- standartlar buzilishida aybdor bo‘lgan xo‘jalik faoliyati sub’ektlarining mansabdor
shaxslarini ma’muriy javobgarlikka tortish;
- tekshirilgan mahsulotni u standartlarning majburiy talablariga nomuvofiq bo‘lgan
hollarda
realizasiya qilishni (‘etkazib berishni, sotishni), undan foydalanishni (uni ishlatishni) taqiqlash yoki
to‘xtatib qo‘yish to‘g‘risida ko‘rsatmalar berish; (O‘zR 26.05.2000 y. 82-II-son Qonuni tahriridagi
xat boshi)
- tekshirilgan mahsulot standartlarning majburiy talablariga nomuvofiq bo‘lgan hollarda uni
ishlab chiqarishni taqiqlash yoki uni realizasiya qilishni (‘etkazib berishni, sotishni),
undan
foydalanishni (uni ishlatishni) to‘xtatib qo‘yish to‘g‘risida ko‘rsatmalar berish.
Davlat inspektorlarining mahsulotni realizasiya qilishni (etkazib berishni, sotishni) man etish
yoki to‘xtatib qo‘yish to‘g‘risidagi ko‘rsatmasini buzganlik uchun xo‘jalik faoliyati sub’ektlari
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jarima to‘laydilar.
Jarima solish sud tomonidan, xo‘jalik faoliyati sub’ekti sodir etilgan huquqbuzarlikdagi
aybiga iqror bo‘lgan va jarimani ixtiyoriy ravishda to‘lagan taqdirda esa, O‘zbekiston Respublikasi
Bosh davlat inspektori, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar bosh davlat
inspektorlari tomonidan amalga oshiriladi. (O‘zR 10.10.2006 y. O‘RQ-59-son Qonuni tahriridagi
qism)
O‘zR 10.10.2006 y. O‘RQ-59-son Qonuniga muvofiq beshinchi
va oltinchi qismlar
tegishincha oltinchi va ‘ettinchi qismlar deb hisoblansin
Xo‘jalik faoliyati sub’ektlari berilgan ko‘rsatmalar va qarorlarni bajarmagan taqdirlarida
davlat inspektorlari zarur materiallarni prokuratura organlariga yoki sudga oshiradilar.
Davlat inspektorlari zimmalariga yuklangan majburiyatlarni bajarmagan yoki lozim darajada
bajarmagan, davlat yoki tijorat sirini oshkor qilgan taqdirlarida qonun hujjatlarida belgilangan
javobgarlikka tortiladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: