Ma’ruza №13. Ochiq kon ishlarida transport tizimi. Darsning maqsadi



Download 370,57 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana06.06.2022
Hajmi370,57 Kb.
#639730
  1   2
Bog'liq
13-maruza (1)



MA’RUZA № 13. OCHIQ KON ISHLARIDA TRANSPORT TIZIMI. 
 
Darsning maqsadi – 
Ochiq kon ishlaridagi yuklari va ularni tashuvchi 
transport turlari. Ochiq kon ishlaridagi transport tizimlari bilan tanishish.
 
Reja:
 
1.
 
Karyer yuklari. 
2.
 
Karyerlarda qo‘llaniladigan transport turlari. 
3.
 
Kombinatsiyalashgan transport. 
 
Karyer yuklari. 
Karyer yuklarini tashish karyerlarda eng kо‘p energiya sarf bо‘ladigan
jarayon hisoblanadi. Ochiq kon ishlaridagi umumiy xarajatlar ichidan transport 
xarajatlari 60-70% ni tashkil qiladi. Ochiq kon ishlarida kon ishlari olib borishda 
tog‘ jinslari, foydali qazilmalar, foydali komponentlar miqdori kam bо‘lgan 
foydali qazilmalar va materiallar tashilishi kerak. Tashiladigan yuk turiga va 
yо‘nalishiga qarab ochuvchi va foydali qazilma yuk oqimlari tarkib topadi. Yuk 
oqimlari zaboylardan boshlanib, noruda tog‘ jinslar ag‘darmalarida yoki foydali 
komponentlar miqdori kam rudalar ag‘darmalarida yoki foydali qazilma 
zaxiralarida tugaydi.
Karyer yuklarini tashishchun deyarli barcha transport turlari qо‘llaniladi, 
ular ish prinsipiga qarab quyidagilarga bо‘linadi: 
-
uzluksiz (konveyerli, truboprovodli, osma pо‘lat arqon yо‘lli); 
-
siklli (temir yо‘l, avtomobil, skipli, yuk kо‘taruvchiqurilmalar, konveyer 
poyezdlari). 
Uzluksiz transport turi unumlirok trnansport turi bо‘lib,kon ishlarini uzluksiz 
olib borilishini, boshqarishni avtomatlashtirishni va yuqori ish unumdorligini 
ta’minlaydi. Uning qazuvchi-yuklovchi va ag‘darma hosil qiluvchi texnikalar bilan 
birgalikda ishi butunlay avtomatlashtirilgan yuqori unumdorlikka ega bо‘lgan 
komplekslarni tashkil qilib, tog‘ jinslarini qazib olishga xizmat qiladi. Masalan, 
rotorli kо‘p chо‘michli ekskavatorlar, konveyer transporti, transport-ag‘darma 
kо‘prigi yoki ag‘darma hosil qiluvchi komplekslari. Karyerlarda tog‘ jinslarini 
qazib olishda uzluksiz ishlaydigan komplekslarni qо‘llaganda yuk oqimini 
soddalashtiradi, karyerlarda uskunalarni ishlatish darajasi ortadi.
Karyerlarda qo‘llaniladigan transport turlari
Karyerlarda avtomobil transporti keng qо‘llaniladi. Bunga sabab uning 
avtonomligi, harakatchanligi, topogorafik, geologik va ob-havo sharoitlarida ham 
yuqori unumdorligi va temir yо‘l transportiga nisbatan soddaroq tuzilganidir. 


Avtomobil transporti tashish masofasi 4-5 km bо‘lgan va yillik yuk aylanish 
hajmi uncha katta bо‘lmagan, ya’ni 15-20 mln.t bо‘lgan hollarda karyerda keng 
qо‘llaniladi. Ishlash prinsipi kon massasini zaboylardan qabul qilish punktlarigacha 
tashish va tо‘kishdan iborat. 
Temir yо‘l transporti har qanday ob-havo sharoitida о‘zining ishonchliligi, 
yuqori unumdorligi va ishlatishda foydaliligi sababli karyerlarda tarqalgan 
transport turidir. Uning asosiy kо‘rsatkichi yuk aylanmasi bо‘lib tonna yoki kub 
metrdagi yuk miqdorini vaqt birligi ichida tashilishiga aytiladi. Karyer yuk 
aylanmasi keraksiz jinslarni, foydali qazilma va materiallar yuk aylanmasi 
yig‘indisidan iborat. 
Temir yо‘l tarnsporti tashish masofasi 4 km va undan yuqori, yillik yuk 
aylanish hajmi esa 25 mln.t va undan yuqori bо‘lgan karyerlarda keng qо‘llaniladi. 
Temir yо‘l transportining vositasi rels yо‘llari va harakatganuvchi sostavlardan 
iboratdir.
Konveyer transporti transport turi sifatida allaqachonlardan beri 
ishlatlishiga qaramasdan karyerlarda yosh transport turi hisoblanadi. Konveyer 
metall formalardan tuzilgan bо‘lib, tashuvchi a’zosi sifatida rezina lenta (lentali 
konveyer), kurakli zanjir (kurakli konveyer), plastinkalar (plastinkali konveyer) 
yoki ariqcha shakldagi (vibratsiyali konveyer) a’zolari ishlatiladi. 
Karyerlardi yumshoq, maydalangan (bо‘lak о‘lchami 400 mm gacha) qattiq 
va yarim qoyatoshlarni tashish uchun lentali konveyerlar keng qо‘llanilmoqda. 
Ularning ish prinsipi shundan iboratki: konveyer lentasida tog‘ jinslari tо‘ldirilib 
baraban yuritgich yordamida tortish bilan harakatga keltirilib tashiladi. Konveyr 
lentasiga nagruzkani kamaytirish uchun qо‘shimcha tortish a’zolari, pо‘lat arqon, 
zanjir, telejkalar qо‘llaniladi. Bunday hollarda lenta faqat kon massasini 
joylashtiruvchi idish vazifasini о‘taydi. 
Karyerlardagi konveyrlar transporti joylashishi va mо‘ljaliga qarab 
zaboydagi, tо‘plovchi, yuk kо‘taruvchi, magistral va ag‘darma turlariga bо‘linadi. 
Kombinatsiyalashgan transport. 
Kombinatsiyalashgan transport – unda bir xil yuklarni ketm-ket ravishda 
turli kо‘rinishdagi, о‘zi uchun qulay sharoitda ishlay oladigan transportlar 
qо‘llaniladi. 13.5 – rasm. 
Avtomobil va temir yо‘l transporti kombinatsiyasi keng qо‘llanilmoqda. 
Bunda kon massasi zaboydan avtomobil transporti yordamida qayta yuklovchi 
punktgacha tashilib keltiriladi, keyin esa temir yо‘l transporti yordamida yer 
yuzasiga va ag‘darmalarga chiqariladi. Ushbu kombinatsiya chuqurligi 120 - 150 
metrgacha bо‘lgan karyerlarda quyi pog‘onalarda qо‘llaniladi.



Download 370,57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish