Darsni kasbga yo’naltirilganligi. Geografik bilim va ko’nikmalarni
egallash jarayonida o’quvchilar juda ko’p kasblar bilan tanishadi.
Masalan, “Boshlang’ich tabiiy geografiya” kursida “plan va karta”
mavzusi o’tilganida geodezist va topograflar kasbi haqida, litosferani
o’rganishda geologlar kasbi haqida, gidrosferani o’rganishda gidrolog
kasbi, iqtisodiy geografiya darslarida iqtisodchi va Amaliy geografiya
darslarida muhandis boshqa kasblar haqida bilimlar va ma’lumotlar
beriladi. Bundan tashqari har bir materikni tekirilish tarixini
o’rganganda sayyohlar va olimlar haqida ham ma’lumotlar beriladi.
Olimlar kasbi haqidagi ma’lumotlar turli xil qonun va qonuniyatlarni
ochgan olimlarini hayoti va faoliyatini o’rganishda berib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |