Mirzamahmudov o, xakimov m.. T. M, A h. T. Mirzamahmudov amaliy geografiya o'qitish usullari mirzamahmudov o, xakimov m


 Hamkorlikda o’qitish texnologiyalari



Download 1,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/169
Sana08.05.2021
Hajmi1,25 Mb.
#63777
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   169
Bog'liq
amaliy geografiya oqitish usullari

4.4. Hamkorlikda o’qitish texnologiyalari 
Hamkorlikda  o’qitish  texnologiyasi  XX‐asrning  oxirlarida  AQSH 
olimlari  tomonidan  ishlab  chiqilgan,  so’ngra  Yevropa  davlatlarida 
qo’llanila  boshlangan.  O’zbekistonda  mazkur  usul  biologiya  ta’limi 
uchun  J.O.Tolipova  va  A.T.G’ofurovlar  (2002)  tomonidan  qo’llangan  va 
uning ilmiy metodik asoslari ishlab chiqilgan. 
Hamkorlikda  o’qitish  texnologiyasining  asosiy  g’oyasi  birgalikda 
yangi bilimlarni o’rganish va topshiriqlarni bajarish hisoblanadi. Mazkur 
usulni  bir  necha  variantlari  mavjud.  Ulardan  keng  tarqalgani 
quyidagilardir:  a)kichik  guruhlarda  ijodiy  izlanishlarni  tashkil  qilish 
metodi;  b)  xamkorlikda  o’qitishni  “arra”  usuli;  v)kichik  guruhlarda 
xamkorlikda  o’qitish;  “Birgalikda  o’qiymiz”  metodi;  guruhda  o’qitish 
(Tolipova, G’ofurov, 2002) 
Kichik  guruhlarda  ijodiy  izlanishni  tashkil  etish  usuli  1976  yil 
Sh.SHaron  (Isroil)  tomonidan  ishlab  chiqarilgan.  Mazkur  metod  bilan 
o’qitish texnologiyasi quyidagi qismlardan iborat: 
‐ 6 kishidan iborat o’quvchilar ijodiy guruhi tuziladi; 
‐  darsda  o’rganiladigan  mavzu  yanada  kichik  modullarga 
(qismlarga) ajratiladi; 
‐ so’ngra modullar (qismlar) o’quvchilar o’rtasida taqsimlanadi; 
‐ har bir o’quvchi o’ziga taqsimlangan modulni bajaradi; 
‐  modulni  topshiriqlari  bajarib  bo’lingandan  so’ng  munozara 
o’tkaziladi, so’ngra guruh tomonidan ma’ruza tayyorlanadi; 
‐ guruh a’zolari tayyorlagan ma’ruzani sinfda himoya qilishadi. 
Masalan, Afrika iqlimini o’rganish 6 kishilik guruhga topshirildi deb 
faraz qilsak, uni quyidagi 6 ta modulga (qismga) bo’lamiz: 
1 modulcha‐Afrika iqlimini shakillanish omillarini o’rganish. 
2  modulcha‐  Afrikani  qish  faslidagi  iqlimini  asosiy  xususiyatlarini 
ochib berish. 
3  modulcha‐Afrikani  yoz  faslidagi  iqlimini  asosiy  hususiyatlarini 
ochib berish 
4 modulcha‐Afrika materigida yog’inlar taqsimotini asoslab berish 
5 modulcha‐Afrika materigidagi shamollarni asosiy turlari va yo’na‐
lishlarini aniqlash 
6 modulcha‐ Afrika iqlim mintaqalarini tavsifini tuzish 
Mazkur topshiriqlar (modullar)bajarilgandan so’ng guruh talabalari 
tomonidan  Afrika  iqlimi  haqida  ma’ruza  tayyorlanadi  va  sinf 
o’quvchilari oldida ximoya qilinadi. 


68 
 
Xamkorlikda  o’qitishni  aralash  usuli  1978  yilda  E.Aronson 
tomonidan  ishlab  chiqilgan.  Mazkur  metod  bilan  dars  o’tish 
texnologiyasi quyidagi qismlardan iborat: 
‐ 6‐8 ta o’quvchidan iborat kichik guruh tashkil qilinadi; 
‐  bunda  ham  darsda  o’rganiladigan  mavzu  ma’lum  bir  mantiqiy 
modullarga bo’linadi; 
‐  har  bir  modul  bo’yicha  o’quvchilar  bajarishi  lozim  bo’lgan 
topshiriqlar tizimi tuziladi; 
‐ ma’lum bir o’quvchilar guruhi bitta topshiriqni bajaradi va mazkur 
topshiriq bo’yicha mutaxasisga aylanadi; 
‐  guruhlar  qayta  tashkil  etiladi  va  har  bir  guruhda  ma’lum  bir 
topshiriq bo’yicha mutaxassis albatta qatnashishi zarur; 
‐ har bir topshiriq bo’yicha shakllangan “mutaxassis” o’zi egallagan 
bilimlarini sinfdoshlariga gapirib beradi.  
Kichik  guruhlarda  hamkorlikda  o’qitish  usuli  1986  yil  R.Slavin 
tomonidan  ishlab  chiqilgan.  Mazkur  metod  bilan  o’qitish  texnologiyasi 
quyidagi qismlardan iborat; a) o’qituvchi 4 ta o’quvchidan iborat kichik 
guruhlar  tuzadi;  b)  o’qituvchi  ma’lum  mavzu  bo’yicha  o’quvchilarni 
mustaqil  ishlarini  tashkil  etadi;  v)  topshiriq  4  qismga  bo’linib,  har  bir 
topshiriqni  bittadan  o’quvchi  bajaradi;  g)  har  bir  o’quvchi  bajargan 
topshirig’ini  guruhdoshiga  tushuntiradi;  d)  har  bir  guruh  topshiriq 
yuzasidan  xulosa  tayyorlaydi;  ye)  o’qituvchi  xar  bir  guruh  xulosasini 
tinglaydi va ular bilimini baholaydi. 
Masalan,  O’zbekistonni  ma’lum  bir  tabiiy  geografik  o’lkasini 
tabiatini  o’rganishda,  sinf  o’quvchilarini  4  kishidan  iborat  kichik‐kichik 
guruhlarga bo’lib quyidagi topshiriqni berish mumkin (Farg’ona vodiysi 
misolida): 
1‐guruh.  Farg’ona  vodiysining  geografik  joylashishi  va  chegaralari 
hamda tekshirish tarixi. 
2‐guruh.  Farg’ona  vodiysining  geologik  tuzilishi,  relefi  va  foydali 
qazilmalari; 
3‐guruh. Farg’ona vodiysining iqlimi; 
4‐guruh. Farg’ona vodiysining ichki suvlari; 
5‐guruh.  Farg’ona  vodiysining  tuproqlari,  o’simligi  va  hayvonot 
dunyosi. 
Guruhli  usulda  o’qitish  texnologiyasida  sinf  ikkita  guruhga 
bo’linadi va ikkala guruhga bir xil topshiriq beriladi. Masalan, yog’inlar 
va ularning turlari. 


69 
 

Download 1,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish