43
www.ziyouz.com kutubxonasi
3-BOB
QISHLOQ XO'JALIGIDA YER VA SUV RESURSLARI,
ULARDAN SAMARALIFOYDALANISH YO‘LLARI
• Yer va suv resurslarining qishloq xo‘jaligidagi ahamiyati va o‘ziga xos
xususiyatlari.
• Yer va suvdan foydalanish holati va samaradorligini tavsiflovchi
ko‘rsatkichlar, ulami aniqlash tartibi.
• Yer to‘g‘risidagi me’yoriy hujjatlar. Yer monitoringi va davlat yer kadastri.
• Yer va suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish yo‘llari.
3.1. Yer va suv resurslarining qishloq xo‘jaligidagi ahamiyati va o‘ziga xos
xususiyatlari.
Yer tabiat mahsuli bo‘lib, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida muhim
ahamiyatga ega. Chunki u mazkur tarmoqning eng asosiy ishlab chiqarish
vositasi hisoblanadi. Yerga urug‘. ko‘chat ekib, ishlov berish natijasida turli
xildagi mahsulotlar yetishtiriladi. Demak, tarmoqda yetishtiriladigan barcha
turdagi mahsulotlar yerdan, suvdan foydalangan holda olinadi. Ingliz
iqtisodchisi Uilyam Petti yer resursiga «yer barcha boyliklaming onasidir» -
deb ta’rif bergan.
Mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi asosan sug'oriladigan yerlarda olib
boriladi. Sug‘oriladigan yerlar umumiy yer maydonining 9,6 foizini tashkil
qilib, qishloq xo‘jaligi yalpi mahsulotining 95 foizdan ortig‘i shu yerlarda
yetishtiriladi. Respublikamiz dehqonchiligi sug‘orishga asoslanganligi sababli
suv ham yer resursi kabi qishloq xo'jalik ishlab chiqarishida muhimdir. Qayta
ishlovchi sanoat tarmoqlarining
xomashyoga, aholining esa oziq-ovqat
mahsulotlariga bo‘lgan talahi qondirilishida yer va suvning ahamiyati juda
katta. Yer va suvdan qanchalik oqilona, samarali foydalanilsa, ishlab
chiqariladigan mahsulotlar hajmi shunchalik ko'payadi. Natijada yuqorida
ta’kidlangan talablaming qondirilish darajasi ortadi.
Yerdan foydalanishda uning quyidagi o‘ziga xos xususiyatlarini
e'tiborga olish maqsadga muvofiqdir:
44
www.ziyouz.com kutubxonasi
a) yeming tabiat mahsuli ekanligi. Boshqa asosiy vositalar, ya’ni
binolar, inshootlar, kombaynlar, traktorlar va boshqalar inson mehnatining
mahsulidir. Zaruriyat bo‘lganda ular inson tomonidan ishlab chiqarilishi
mumkin, lekin yemi inson yarata olmaydi;
b) yer maydonining cheklanganligi va takror ishlab chiqarilmasligi.
Ona zamin tabiatan cheklangan, uning maydonini inson kengaytira olmaydi.
Chunki u tabiat mahsuli hisoblanadi. Boshqa asosiy vositalami, masalan
traktorlami, mashinalami talabni qondirish maqsadida ko‘plab ishlab chiqarish
mumkin;
d) yer - qishloq xo'jaligining abadiy ishlab chiqarish vositasidir.
Respublika hududida mavjud bo‘lgan yerlardan qishloq xo'jalik mahsulotlari
yetishtirishda bizdan oldingi avlodlar foydalangan, hozirgi davrda biz
foydalanmoqdamiz,
kelajakda
esa
avlodlarimiz
foydalanadi.
Jamiyat
rivojlanishi natijasida ayrim ishlab chiqarish vositalari takomillashtirilishi
natijasida o‘z o‘mini boshqasiga bo‘shatib beradi. Masalan, bir paytlar yerni
shudgorlashda qoramollar va omochdan foydalanilgan bo‘lsa, keyinchalik fan-
texnika taraqqiyoti natijasida qudratli traktorlar va pluglar ulaming o‘mini
egalladi. Lekin yer qishloq xo'jaligida ishlab chiqarish vositasi sifatida abadiy
qolaveradi, chunki uni boshqa vosita bilan almashtirib bo‘lmaydi;
e) yemi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish maqsadida bir
joydan ikkinchi joyga ko‘chirib bo‘lmasligi. Yerdan joylashgan o‘mida oqilona
foydalanish mumkin. Lekin mashina va traktorlarni talab etilgan joyga olib
borib, turli xildagi ishlami amalga oshirish, bino-inshootlami ham talab etilgan
joyga qurish mumkin;
f) yeming yuqori qatlami hisoblangan tuproq unumdorligining
mavjudligi. Tuproq unumdorligi tabiiy, sun’iy va iqtisodiy unumdorliklarga
boTinadi. Asrlar davomida tashqi ta'sirlar, ya'ni quyosh nuri, yog‘ingarchilik,
chirindilar tushishi va boshqalar ta'sirida shakllangan unumdorlik yeming
tabiiy unumdorligi deyiladi. Tuproqning tabiiy unumdorligi - tabiat mahsulidir.
U tabiatning ta'siri natijasida uzoq yillar mobaynida shakllanadi. Uning holati
quyosh nuri hamda yog'ingarchilik miqdoriga, shamol va suvlaming ta'siriga
bogTiqdir. Ulaming ijobiy ta'sirida tuproq tabiiy unumdorligi yaxshi boTadi.
Sayyoramizdagi yerlaming tabiiy unumdorlik darajasi turlicha boTadi. Insonlar
ta'sir etishi, ya'ni tekislash, shudgorlash, mahalliy va m a’danli o‘g‘itlar berish,
mehnat, mablag' sarflash, yerlaming meliorativ holatini yaxshilash va
boshqalar ta'sirida shakllanadigan unumdorlik sun’iy unumdorlik deyiladi.
Agar yerga to‘g‘ri munosabatda boTinsa, uning unumdorlik darajasi ortib
borish xususiyatiga ega. Darhaqiqat, tuproqqa vaqtida ishlov berilsa,
o‘g‘itlansa, uning unumdorligi oshib borishi mumkin. Lekin boshqa asosiy
vositalar ishlab chiqarish jarayonida qatnashishi oqibatida jismoniy jihatdan
eskiradi. Ular vaqt o‘tishi bilan fan-texnika taraqqiyoti natijasida ma'naviy
45
www.ziyouz.com kutubxonasi
jihatdan ham eskiradi. Lekin yerga e'tibor berilsa, undan fan-texnika
yutuqlarini joriy etgan holda oqilona, samarali foydlanilsa, u yaroqsiz holga
kelmaydi, unumdorligi oshib borishi mumkin. Ammo bu, uning unumdorligi
cheklanmagan, degani emas. Shunday ekan, yerning unumdorligidan
tadbirkorlik bilan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
1998-yil 30-aprelda qabul qilingan Yer Kodeksining 8-moddasiga ko‘ra
0 ‘zbekiston Respublikasida yer fondi yerlardan foydalanishning belgilangan
asosiy maqsadiga ko‘ra quyidagi toifalarga bo‘linadi:
1) qishloq xo'jaligiga moMjallangan yerlar - qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari
uchun berilgan yoki ana shu maqsadga mo‘ljallangan yerlar. Qishloq
xo‘jaligiga mo'ljallangan yerlar sug‘oriladigan va sug‘orilmaydigan (lalmikor)
yerlar, haydaladigan yerlar, pichanzorlar, yaylovlar, ko‘p yillik mevali dov-
daraxtlar va tokzorlar egallagan yerlarga boiinadi;
2) aholi punktlarining (shaharlar, posyolkalar va qishloq aholi
punktlarining) yerlari - shaharlar va posyolkalar, shuningdek qishloq aholi
punktlari chegarasi doirasidagi yerlar;
3) sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga
moijallangan yerlar - ko'rsatilgan maqsadlarda foydalanish uchun yuridik
shaxslarga berilgan yerlar;
4) tabiatni muhofaza qilish, sogiomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga
moijallangan yerlar - alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar egallagan,
tabiiy davolash omillariga ega boigan yerlar, shuningdek ommaviy dam olish
va turizm uchun foydalaniladigan yerlar;
5) tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar - tarixiy-madaniy
yodgorliklar joylashgan yerlar;
6) o‘rmon fondi yerlari - o‘rmon bilan qoplangan, shuningdek o'rmon
bilan qoplanmagan b o isa ham, o‘rmon xo‘jaligi ehtiyojlari uchun berilgan
yerlar;
7) suv fondi yerlari - suv obyektlari, suv xo‘jaligi inshootlari egallagan
yerlar va suv obyektlarining qirg'oqlari bo'ylab ajratilgan mintaqadagi yerlar;
8) zahira yerlar.
0 ‘zbekiston Respublikasi yer fondi 0 ‘zbekiston Respublikasi Yer
resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri qo‘mitasi tomonidan har
yili 1-yanvar holati bo‘yicha korxona, muassasa va tashkilotlaming yerlaridagi
barcha o'zgarishlar to‘g‘risidagi ma'lumotlar, xo‘jalikl£ir tomonidan yer hisobi
hujjatlari asosida tuzilgan hamda tuman, shahar va viloyat hokimlarining
qarorlari bilan tasdiqlangan yillik yer hisobotlarini respublika bo‘yicha
umumlashtirish natijasida tuziladi.
0 ‘zbekiston Respublikasining ma’muriy chegarasidagi yer maydoni
44896,9 ming gektami tashkil qiladi. 2009-yil 1-yanvar holatiga 0 ‘zbekiston
Respublikasi korxona, tashkilot, muassasa va fuqarolari foydalanishidagi yerlar
46
www.ziyouz.com kutubxonasi
jami 44410,3 ming gektarni, sug'oriladigan yerlar esa 4303,0 ming gektami
yoki umumiy maydonning 9,6 foizini tashkil qiladi.
Mamlalcatimiz yer
fondining toifalari bo'yicha tarkibi 3.1-jadvalda keltirilgan.
3.1-jadval
O'zbekiston Respublikasi yer fondining 2009-yil 1-yanvar holatiga toifalar
bo‘yicha taqsimlanishi
JN s
Yer fondining toifalari
Jami maydon
Shundan
sug'oriladigani
ming ga
foiz
ming ga
foiz
1
.
Qishloq xo‘ialigiga m o‘liallangan verlar
22338,3
50,3
4206,8
94,7
2.
Aholi punktlari yerlari
236,3
0,53
48,8
0,11
.
3.
Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va
boshqa maqsadlarda foydalanila-digan
yerlar
1955,5
4,4
11,7
0,03
4.
Tabiatni
muhofaza
qilish,
sogTomlashtirish,
rekreatsiya
maqsadlarida foydalaniladigan yerlar
72,5
0,2
0,6
0,002
5.
Tarixiy-madaniy
ahamiyatga
molik
yerlar
0,3
0,00
1
-
-
6.
0 ‘rmon fondi yerlari
8562,3
19,2
26,3
0,6
7.
Suv fondi yerlari
827.2
1,86
4,3
0,01
8.
Zahira yerlar
10417,9
23,4
4.5
0.01
Jami yerlar
44410,3
100
4303,0
100
Manba: O'zbekiston Respublikasi yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri
qo'mitasi ma'lumotlari.
2009-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, qishloq xo‘jaligi korxonalari va
tashkilotlari yerlaming umumiy maydoni 22338,3 ming gektami yoki yer
fondining 50,3 foizini tashkil qiladi.
Mamlakatimizda ekin maydonlarining boshqa maqsadlarga ajratilishi
natijasida ulaming umumiy maydonida kamayish kuzatilgan. 2000-yilda barcha
turdagi xo‘jaliklarda umumiy ekin maydoni 3778,3 ming gektami tashkil etgan
bo‘lsa, ushbu ko‘rsatkich 2008-yilda 3609,3 ming gektami va 2009-yilga kelib
3608,5 ming gektami tashkil etgan.
3.2-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |