repiterlar
qo‘llaniladi. Repiterlar signallarni qayta
tiklab uzatadi (2.4-rasm).
«Shina» topologiyasining ishonchliligi yuqori emas, signallar tarmoq
kabelining oxiriga borganda maxsus choralar ko‘rilmasa, qayta akslanadi. Bu esa
butun tarmoqning ish faoliyatining buzilishiga olib keladi. Signallarning
akslanishini oldini olish uchun
terminatorlar
qo‘llaniladi (2.1-rasmda to‘rtburchak
shaklda ko‘rsatilgan). Terminator o‘ziga kelgan signallarni yutib yuboradi.
Agar tarmoq kabeliga shikast yеtkazilsa, unda tarmoq 2 ta tarmoq segmentiga
bo‘linadi. Ularning har birida kabel uzilgan joyida signallarning akslanishi sodir
bo‘ladi.
185 m
Repiter
Repiter
Repiter
T
e
rm
in
a
to
r
T
e
rm
in
a
to
r
2.4-rasm. “Shina” topologiyasida Repiterlardan foydalanish
22
«Shina» topologiyasida tarmoq uzunligini oshirish uchun ko‘pincha bir necha
segmentlar ishlatiladi (har bir segment alohida shinani tashkil qiladi), bu segmentlar
o‘zaro repiter qurilmalar orqali ulanadi. Lekin bu usulda tarmoqning uzunligini
cheksiz oshirib bo‘lmaydi, chunki aloqa yo‘lida signal tarqalish tezligining
chegarasi mavjud.
2.1.2. «Yulduz» topologiyasi
«Yulduz» — bu markazi mavjud topologiya bo‘lib, bu markazga barcha
abonentlar ulanadi. Barcha axborot almashinuvi markaziy kompyuter orqali amalga
oshiriladi, shuning uchun u tarmoqqa xizmat ko‘rsatadi va bu kompyuterning
yuklamasi juda yuqoridir. Markaziy kompyuterning tarmoq qurilmalari tashqi
abonentlarning qurilmalariga nisbatan ko‘p bo‘ladi. Odatda, aynan markaziy
kompyuter eng ko‘p quvvatga ega bo‘ladi, sababi axborot almashish vazifasini
boshqarish faqat shu kompyuter orqali amalga oshiriladi.
«Yulduz» topologiyali tarmoqlarda hech qanday konflikt holatlari bo‘lmaydi,
chunki boshqarish markazlashtirilgan hamda har bir abonent alohida aloqa kabeli
bilan ulangan.
«Yulduz» topologiyasida kompyuterlardan birining buzilishi tarmoqda
ishlayotgan boshqa kompyuterlarga taʼsir qilmaydi, lekin markaziy kompyuterning
har qanday buzilishi tarmoqning butunlay ishdan chiqishiga olib keladi. Kabellardan
birortasida uzilish yoki qisqa tutashuv ro‘y bersa, «Yulduz» topologiyasida faqat
bitta kompyuterda axborot almashinuvi to‘xtaydi, qolgan hamma kompyuterlar
odatdagiday ishini davom ettiradi. «Shina» dan farqli «Yulduz» da har bir aloqa
yo‘lida faqatgina ikkita abonent bo‘ladi: markaziy va tashqi kompyuterlardan biri.
«Yulduz»
topologiyasida
tarmoqqa
ulanadigan
abonentlar
soni
chegaralangan. Odatda, markaziy abonent 4-16 ta atrofida tashqi abonentlarga
xizmat ko‘rsata oladi. Belgilangan chegaragacha qo‘shimcha abonentlarni ulash
ancha oddiy bo‘lsa, chegaradan ortiq bo‘lgan hollarda abonent ulash imkoni yo‘q.
Baʼzi hollarda yulduzsimon ulanishni kengaytirish imkoni mavjud, agarda, tashqi
abonentlardan birining o‘rniga markaziy abonent ulansa, natijada, o‘zaro ulangan
23
bir necha yulduz topologiyali tarmoq hosil bo‘ladi. 2.5-rasmda keltirilgan «Yulduz»
topologiyasi «Aktiv yulduz» deb ataladi, 2.2-rasmda «Passiv yulduz» topologiyasi
keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |