176
xavfsizlik siyosatini va xavfsiz assotsiatsiyalar SA-ni boshqarish. Bu
xavfsizlik siyosati va SA-ni boshqaradigan ilovalar.
IPSec ning asosini 3 ta protokol tashkil etadi: Autentifikatsiya AH, ESP va
IKE protokoli.
IPSec xavfsizlik vositalarining arxitekturasi 16.7-rasmda ko‘rsatilgan.
IKE
protokoli
AH protokoli
ESP protokoli
Autentifikasiya
protokollari
Shifrlash
algoritmlari
DOI
interpritasiya
domeni
Parametrlarni
kelishish algoritmlari
va kalitlarni
boshqarish
16.7-rasm. IPSec protokollari arxiteksturasi
ESP va AH protokollari xavfsiz uzatishning muhim atributlarini – aloqa
maxfiyligini, tomonlarning autentifikatsiyasini va maʼlumotlar
butunligini
taʼminlashga imkon beradi.
IPSec protokolida xabarlarni autentifikasiyalash uchun НМАС-МD5 va
НМАС-SНА-1 algoritmlari qo‘llaniladi. Maʼlumotlarni shifrlash uchun esa DES, 3-
DES va AES simmetrik blokli shifrlash algoritmlari qo‘llaniladi.
Xavfsiz SA shaklantirilganda, almashinuvning ikki tomoni ular o‘rtasida
maʼlumotlar oqimini tartibga soluvchi bir qator parametrlarni kelishishi kerak.
Xavfsiz SA uchun bunday parametrlar, xususan, xavfsizlik protokoli (AH yoki ESP)
turi va ishlash rejimi, shifrlash usullari, maxfiy kalitlar, assotsiatsiyadagi joriy paket
nomerining qiymati va boshqa maʼlumotlardir. Barcha
aktiv assotsiatsiyalarni
aniqlaydigan ushbu parametrlar to‘plami xavfsiz kanalning har ikki chekka
nuqtasidagi SAD maʼlumotlar bazasida saqlanadi. Har bir IPSec uzelida 2 ta SAD
177
mavjud, bittasi chiquvchi
assotsiatsiyalar uchun, ikkinchisi esa kiruvchi
assotsiatsiyalar uchun.
Xavfsiz assotsiatsiyalar maʼlumotlar
bazasi SAD-dan tashqari, IPSec
arxitekturasida yana bir komponent mavjud: IP paketlar va ular uchun o‘rnatilgan
ishlov berish qoidalarini belgilaydigan xavfsizlik siyosati maʼlumotlar bazasi SPD.
Paketlarni qayta ishlashda SPD-lar SAD bilan birgalikda ishlatiladi. SPD
xavfsizlik siyosati maʼlumotlar bazasi – bu tartiblangan qoidalar to‘plami bo‘lib,
ularning har biri “selektor”lar to‘plamini va xavfsizlik siyosatini o‘z ichiga oladi.
Paketlarni tanlash uchun “selektor”lar ishlatiladi, xavfsizlik siyosati esa tanlangan
paketga qanday ishlov berish kerakligini belgilaydi. Bunday maʼlumotlar
bazasi
IPSec dasturi o‘rnatilgan har bir uzelda yaratiladi va saqlanadi.
Xavfsizlik siyosati IP paketni qayta ishlashning 3 ta variantini aniqlaydi:
paketni tashlab yuborish;
paketni o‘zgartirishsiz o‘tkazish;
IPSec yordamida qayta ishlash.
Har bir IPSec uzeli 2 ta SPD bazasini qo‘llab-quvvatlashi kerak, bittasi
chiquvchi
trafik uchun, ikkinchisi kiruvchi trafik uchun,
chunki har xil
yo‘nalishlarda har xil himoya talab qilinishi mumkin.
AH va ESP protokollari uzatilgan maʼlumotlarni
Do'stlaringiz bilan baham: