Ishnine borishi.
Eksikatordagi quritib tayyorlab qo„yilgan xlorli kobalt qog„ozining
bo„lakchasi pinset yordamida olinib, bargning ustki va ostki qismiga qoplanadi. Havo
tarkibidagi namlik qog'ozga ta‟sir etmasligi uchun uning usti va osti buyum oynasi bilan
qoplanadi. Buyum oynasi qo'yilgan vaqt belgilanadi, bir necha minut o„tgandan so„ng
ko„k rangli qog„oz pushti ranga aylanganligi payqaladi va bu vaqt ishchi daftarga yozib
qo'yiladi. Bu usul yordamida bir necha tur o'simliklaming barglari olib transpiratsiya
tezligi aniqlaniladi. Yaqqol misol qilib soyada va yorugda o„sgan o„simlik barglari olinib
kuzatilsa boMadi.
Nazoriy savollari
1.
Fiziologiq tajribalarda nimolarni о ‘rganiladi?
2.
Fotosintez deb nimaga aytiladi?
3.
Fotosintez potensial qanday aniqlanadi?
4.
Fotosintez mahsuldorlik qanday aniqlanadi?
5.
О ‘simlikning barg satxi qanday aniqlanadi?
6.
Barglardagi asosiy tarnspiratsiya bargning qaysi qismiga to'gri keladi
(ostkimi. ustkimi)?
7.
Soyada va yorug ‘dagi barglarning tarnspiratsiyasini tushuntiring.
8.
Qanday о ‘simlik barglarida transpiratsiya tezligi
katta boMadi?
V-bob. DALA EKINLARIDA ILMIY TADQIQOTLAR OLIB BORISH
Donli ekinlarda ilmiy tadqiqotlarni olib borish
Donli ekinlar ahamiyati va klassifikatsiyasi.
Donchilik respublikamizda qishloq
xo„jaligining asosiy tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Donli ekinlar o„sining ahamiyati,
foydalanish koMami va tarqalishi jixatidan qishloq xo„jaligi ekinlari orasida etakchi
hisoblanadi. Donli ekinlar eng avvalo oziq ovqat hisobida, shuningdek chorva ozuqasi va
texnik maqsadlarda ekib etishtiriladi.
0„zining qulay tuproq iqlimi, tabiiy resurslariga ko„ra 0„zbekiston qishloq
xo„jaligida g'allachilikni rivojlantirish uchun barcha shart- sharoitlar mavjud. Axolining
don va don maxsulotlariga boMgan extiyojini toMarok qondirish, bugungi bosqichma-
bosqich bozor iktisodiyotiga oMilayotgan, mulkchilikning yangi shakllari shakllanayotgan
davrda eng dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Respublikamiz Prezidentining Oliy
Majlis sessiyalarida so„zlagan nutqlarida «0„zbekiston uchun, xalqimiz uchun iqtisodiy
mustaqillikka yerishishimiz uchun g'allaga boMgan ehtiyojimizni o„z kuchimiz bilan
qondirishimiz ahamiyati haqida ortiqcha gapirishga hojat yo„q» kabi teran ma‟noli gaplari
zamirida g„a!lani Respublika hayotida nechogMik ahamiyatga ega ekanligini his etamiz.
Donli ekinlar o„z xususiyatlariga ko„ra asosiy don ekinlari, tariqsimon don ekinlari va
7 2
dukkakli don ekinlariga boMinadi. Asosiy don ekinlariga : bug
1
doy , arpa, javdar , suli
singari g„alladon ekinlari kiradi.
Asosiy don ekinlari sovuqqa va qishga nisbatan chidamli boMib namga talabchan
boMadi. Bu ekinlar biologik xususiyatlariga ko„ra uzun kun ekinlari boMib kuzgi va
baxorgi nav va duragaylari mavjud. Tariqsimon don ekinlariga: makkajo„xori, oqjo„xori,
sholi va tariqkiradi. Dukkakli donekinlariga esa: soya, loviya, ko„k no„xot, miaxalliy
no„xot, mosh, burchoq, bargak, yasmiq singari ekinlar kiradi.Tariqsimon don ekinlari
biologik xususiyatlariga ko„ra qisqa kun ekinlari boMib, faqat bahorgi nav va duragaylari
mavjud, issiqqa va kurg„oqchilikka chidamli (sholidan tashqari.). Donli ekinlar bilan ilmiy
tadqiqotlar olib borishda eng avvalo tajribaning maqsad va vazifalari, ekin turi, nav
xususiyati hisobga olinadi .Dukkakli don ekinlaridan ko„k no„xat, burchoq, bargak,
yasmiq o„simliklari biologik xususiyatlariga ko„ra uzun kun ekinlari, soya, loviya, mosh
va nut (maxalliy no„xot) o„simliklari biologik xususiyatlariga ko„ra qisqa kun ekinlari
hisoblanadi.
Donli ekinlarda eksprementlarni rejalashtirish. Kuzgi bug„doy g„alladon ekinlari
ichida eng keng tarqalgan ekinlardan biri. Bug„doy doni non va non maxsulotlari
tayyorlashda, makaron, vermeshil va qandolat maxsulotlari tayyorlashda keng
qoMlaniladi. Boshqa qishloq xo„jaligi ekinlari singari kuzgi bug„doy etishtirish bo„yicha
ilmiy tadqiqotlar olib borishda ham eng avvalo mavzuni to„g„ri tanlash va tajribani to„g„ri
rejalashtirish maqsadga muvofiq.
Mavzu tanlashda asosiy e‟tibor.potensiali yuqori boMgan , maxalliy sharoitga
moslashgan , intensiv tipdagi yangi nav va duragaylar yaratish , mineral o„gMtlar
samaradorligini oshirish , suvdan samarali foydalanish, tuproqning meliorativ holatini
yaxshilash va unumdorligini oshirishga qaratilishi lozim.
Dala tajribalarida o'simlikning qishga , sovuqqa , kurg„oqchilikka ,isiqlikka va
sho„rga chidamliligi o'rganiladi. 0„simlikning tashqi muxitga munosabatini o„rganish
uchun optimal ekish muddatlari va me‟yori aniqlanadi va bu borada turli tuproq iqlim
sharoitlarda ilmiy ishlar olib boriladi.
Tashqi muxitlami ta‟siri o'simlikning o„sish va rivojlanish jarayonida namoyon
boMadi. G'alladon ekinlarida olib boriladigan dala tajribalarida vegetatsiya davomida
ishchi dastur asosida o'rganilayotgan hodisalami to'liq anglash uchun muntazam ravishda
fenologik kuzatuvlar va tadqiqotlar olib boriladi.Tadqiqotda o'simlikka ta‟sir
ko'rsatilayotgan omillami ko'shimcha hosilga yoki don simfatining o'zgarishiga ta‟siri
aniqlanadi. Dala tajribalarida olib boriladigan kuzatishlarda ko'pincha meterologik
sharoitlar, tuproqning agrokimyoviy va agrofizikaviy xossalari o'rganiladi, o'simlikning
o'sish va rivojlanish jarayonini aniqlash maqsadida fenologik kuzatuvlar , o'simiikda ko'k
massasining o'sishi va biologik kuruq massa to'planishini aniqlash uchun uchyotlar olib
boriladi. O'simlikning asosiy poya balantligi, o'sish va rivojlanish dinamikasi, ildiz
sistemasining rivojlanishi, hosil strukturasi va don hosildorligi aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |