Bank foydasi va uning hisobini yuritish


Respublikamiz tijorat banklari foydasining joriy holati,tahlili va



Download 0,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/12
Sana05.06.2022
Hajmi0,57 Mb.
#637804
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
BANK FOYDASI VA UNING HISOBINI YURITISH1

3.Respublikamiz tijorat banklari foydasining joriy holati,tahlili va 
rivojlaninsh istibollari. 
Mustaqillik yillarida mustahkam bank tizimini shakllantira oldik, desak 
aslo mubolag’a bo’lmaydi. Bunga jahonda yuz beragan moliyaviy inqirozlarning 
yurtimiz bank tizimiga ta’sir qilmaganligini hamda ushbu holatning dunyo 
hamjamiyatida katta obro’ga ega bo’lgan xalqaro moliya tashkilotlari tomonidan 
ham e’tirof etilayotganligini dalil sifatida keltirishimiz mumkin. O’z navbatida, 
mamlakatimiz iqtisodiyotining rivojlanishi bilan birgalikda bank faoliyati ham 
takomillashib bormoqda, respublikamiz banklari tomonidan mijozlar uchun 
zamonaviy bank xizmatlari tez sur’atlarda joriy qilinmoqda. 
Bank tizimi bozor iqtisodiyotida o’z mazmun-mohiyati va tashkiliy darajasi 
bo’yicha islohotlarning hozirgi bosqichida eng ilg’or va ahamiyatli bo’g’in 
bo’lishi uchun zaruriy choralar ko’rilmoqda. Mustaqilligimizning dastlabki 
kunlaridan boshlab bank tizimini mustaqkamlashga alohida ahamiyat 
berilayotganligi va bu sohadagi islohotlarning izchil amalga oshirilishi o’z 
samarasini bermoqda. 
Bugungi kunda axborot texnologiyalarini qo’llagan holda juda ko’p bank 
operatsiyalari amalga oshirilmoqda. Mijozlarning joylashgan joyidan qat’i nazar, 
banklar aloqa vositalari orqali uzoq masofadan turib ularga xizmatlar 
ko’rsatmoqda. Texnologik rivojlanishdagi yutuqlar tufayli bank operatsiyalarini 
amalga oshirishda geografik omil ta’siri kamayib, bank xizmatlari hajmi yanada 


kengaymoqda. 
Shundan kelib chiqqan holda, respublika tijorat banklari xorijiy hamkorlar 
bilan iqtisodiy aloqalar o’rnatishga va xalqaro moliya bozorlarida faoliyat 
yuritishga intilar ekanlar, ularning faoliyatlari bank nazoratining xalqaro 
andozalariga javob berishi taqozo etiladi. Bank nazorati amaliyotini xalqaro 
andozalarga va bank nazorati bo’yicha Bazel qo’mitasi talablariga mos ravishda 
tashkil etish maqsadida, 1996 yildan boshlab Respublika Markaziy banki Jahon 
banki va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda bank rivojlantirishga 
qaratilgan loyihalar ustida ish olib bora boshladi. 
O’sha davrda dunyoning bir qator davlatlarida yuzaga kelgan moliyaviy 
inqirozlar ushbu loyihalarning Markaziy bank nazorat xizmatini takomillashtirish 
uchun nechog’li muhim ekanligini namoyon qildi. Respublikada bank nazorati 
tizimini samarali shakllantirish maqsadida “Barents grupp” va “IBTCI” xalqaro 
maslahat xizmatining yuqori malakali xodimlari jalb etildi. Xorijiy hamkorlar 
bilan yaqin hamkorlik natijasida banklarni masofadan turib nazorat qilish va 
joyida tekshirish uslublari to’liq qaytadan ko’rib chiqildi va bank nazorati 
xizmatining tarkibi optimallashtirildi. Banklar faoliyatini tartibga solish bo’yicha 
ishlab chiqilgan tegishli me’yoriy hujjatlarga o’zgartirish va qo’shimchalar 
kiritildi va yangi hujjatlar ishlab chiqildi. 
Tijorat banklari kapitallashuv darajasini yanada oshirish, resurs bazasini 
mustahkamlash va diversifikatsiyalashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga 
oshirishni davom ettirish. Bunda asosiy e’tiborni qo’shimcha aksiyalar, hamda 
obligatsiyalar chiqarish va joylashtirish borasidagi ishlarni jadallashtirish 
hisobiga banklar kapitallashuvni oshirish mumkin. Tijorat banklari resurs 
bazasini yanada mustahkamlash maqsadida aholi va xo’jalik yurituvchi 
sub’ektlarning bo’sh pul mablag’larini uzoq muddatli depozitlarga jalb etishni 
ham samarali bo’ladi. Bunda omonatlar turlarini ko’paytirish va reklamalar orqali 
ular jozibadorligini oshirish mumkin deb o’ylayman. 
Tijorat banklari faoliyatida ularning oladigan daromadlari va manbalarini 
o’rganish muhim hisoblanadi. Tijorat banklarining daromadlarni shakllantirish 
borasidagi amalga oshirilishi zarur bo`lgan yo`nalishlarni takomillashtirish 


bizning fikrimizcha quyidagilar hisoblanadi: 
o
ehtimoliy хatarlar darajasi cheklangan holda eng katta daromad olish 
maqsadida bank balansining eng maqbul tuzilishini shakllantirish; 
o
sarmoya yetarliligi va likvidlikni nazorat qilish; 
o
sarmoya bazasi bankning aktiv operatsiyalari o`sishiga adekvat tarzda 
o`sishini ta’minlash; 
o
mijozlarning manfaatlarini muhofaza qilish; 
o
standart teхnologiyalarni har bir mijozga individual yondashuv bilan 
uyg`unlashtirish asosida mijozlar bilan ishlash ideologiyasini takomillashtirish; 
o
mijozlar bazasini kengaytirish; 
o
operatsiyalar rentabelligi va bozordagi shart-sharoitni baholash asosida 
yagona foiz va tarif siyosatini hayotga tadbiq etish; 
o
boshqaruv tizimini takomillashtirish; 
o
mijozlar ishonchi, хizmat ko`rsatish tariхi, an’analari va tajribasi kabi 
raqobat afzalliklaridan samarali foydalanish; 
o
bank balansi yanada o`sishini ta’minlash va hokazolar. 
Bank faoliyatidagi risklarni aniqlash va likvidlilikning muvozanat- 
lashmaganligini aniqlash, o’zgarishlarga ta’sir qiluvchi omillar tahlilini har kunlik 
nazorat qilish uchun maxsus tizim tuzish kerak. Shuning uchun, operativ holatda 
analitik ishlarni bajarish uchun ma’lumotlarni olinishi mumkin bo’lgan 
ma’lumotlar bazasini tuzish kerak. Bunga asosan, bankning strategik rivojlanish 
siyosati aniqlanadi. Ma’lumotlar bazasini shakllantirishda manba sifatida kredit 
va depozit shartnomalar bo’yicha xulosalar, kreditga rejali bo’lgan ehtiyoj xaqida 
ma’lumotlar, hisobraqamlar bo’yicha ma’lumotlar, kreditlarning aylanishi haqida 
ma’lumotlar va boshqa shu kabi ma’lumotlar ishlatilishi mumkin. Hamda banklar 
tomonidan kredit berilayotganda, mijozni kreditga layoqatliligini baholashda 
faqat uchta koeffisiyent bilan cheklanib qolmasdan, ko’rsatkichlar tizimini ishlab 
chiqish, hamda ularni baholashni skoring usulini kengaytirish. 
Ma’lumotlar bazasiga asosan bank tomonidan har kunlik likvidlilik va 
to’lovga layoqatlilik haqida ma’lumotlar olinishi mumkin va bank 
operatsiyalarini kelajakdagi istiqbollarini tahlil qilish kerak. Bu esa bank 


mablag’larini joylashtirish, resurslarni jalb qilish, o’z mablag’larini oshirish, 
bankning boshqa muassasalarga ulush qo’yishni ko’paytirish, yangi daromad 
topish yo’llarini ishlab chiqish va yangi operatsiyalarni rivojlantirish masalalarini 
bog’lab bitta yechim topishga yordam beradi. 
Banklar faoliyatida foyda ko’payishida ularning aktivlarining daromadliligi 
asosiy masala hisoblanadi. Bugungi kunda ko’pgina banklarimizda daromad 
keltirmaydigan aktivlar sezilarli miqdorlarni tashkil etgan. Mamlakatimiz tijorat 
banklari foydasini ko’paytirish asosiy vazifalardan biri garomadlar keltirmay- 
digan aktivlar hajmini qisqartirish hisoblanadi. Bank tomonidan aktiv 
operatsiyalar bir vaqtning o’zida qonuniy me’yorlarga roiya qilgan, bank 
likvidligini ta’minlagan, alohida operatsiya turlari bo’yicha risklarni mutanosib 
taqsimlagan holda foyda olish maqsadida amalga oshiriladi. Ko’proq daromad 
keltiruvchi (yuridik va jismoniy shaxslarga beriladigan kreditlar, valyuta bilan 
bog’liq operatsiyalar, komission daromadlar kabi) operatsiyalar hajmini oshirib, 
daromad keltirmaydigan operatsiyalar hajmini mumkin qadar kamaytirish kerak. 
Bundan tashqari, ko’rsatilayotgan xizmatlar turini kengaytirish maqsadida 
daromad keltiruvchi operatsiyalarning yangi ko’rinishlarini qidirib topish zarur. 
Shuningdek, barqaror daromadlarni ham oshirish lozim. 
Quyidagi aktiv operatsiyalar hajmini oshirish kerak: 

yuridik va jismoniy shaxslarga beriladigan kreditlarning turlarini yanada 
ko’paytirish, ularni turli xil maqsadlarga yo’naltirish va bu borada qulay shart-
sharoitlarni yaratish; 

davlat va yuridik shaxslar tomonidan chiqariladigan qimmatli qog’ozlarga 
investitsiyalarni ko’paytirish, o’z nomi va o’z hisobidan chiqariladigab 
qimmatli qog’ozlar bilan bog’liq operatsiyalar hajmini kengaytirish; 

investitsion loyihalarni amlaga oshirish; 

lizing operatsiyalarning yana yangi turlarini amaliyotga joriy etish. 
Jahon svilizatsiyasi jadallik bilan rivojlanayot paytda, dunyoda birja 
bozorining ahamyati ham ortib bormoqda. Hozirda jahonning ko’plab banklari bu 
soha bilan shug’ullanmoqdalar Biz bu sohani O’zbekistonda ham juda tez 
rivojlanishi uchun banklar xizmatidan foydalanishimiz, to’g’rirog’i bu sohani 


bank xizmat turlaridan biriga aylantirishimiz kerak. Bu bilan har bir jismoniy va 
yuridik shaxs qo’shimcha daromad manbai sifatida shug’ullanishi mumkin. 
O’zbekiston Respublikasida banklarning foydasini yanada oshirish uchun quyidagilar 
amalga oshirish maqsadga muvofiq bo’ladi 

xalqaro amaliyotdan foydalangan holda 
bank nazorati samaradorligini 

oshirish; 

respublika moliya-bank tizimi buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobot 

tizimini Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlariga (MHXS) to’liq 
moslashtirish; 

mijozlarni kreditga layoqatliligini baholash tizimini takomillashtirish va 

yangicha baholash usullaridan foydalanish; 

banklarda yangi turdagi xizmat turlarini tashkil etish orqali ularning 

rentabellilik darajasini, hamda jozibadorligini oshirish; 

ichki audit xizmatini takomillashtirish orqali, bank filiallari ulardan 

maslahatchi sifatida foydalana olish imkoniyatini yaratish; 

banklar joriy likvidlilikning talablarini bajarishi uchun Markaziy bank 

tomonidan obligatsiya va sertifikatlarni chiqarish; 

banklarda marketing va menejment xizmatlarini rivojlantirish yordamida 
banklar moliyaviy ahvolini yaxshilash va boshqalar. 

banklarning elektron tijorat faoliyatini yanada rivojlantirsh va ular 
bo’yicha yangi qonunlar joriy etish. 

tijorat banklari o’z faoliyatini yanada kengaytirish uchun ular foyda 
solig’ining tushirilishi, shuningdek imtiyozlar belgilanishi. 
Umumiy daromadda foyda ulushining kamayishiga foizli va foizsiz 
xarajatlarning ham ta’siri bor, shuning uchun bu xarajatlarni kamaytirish 
maqsadga muvofiq. 
Foizli xarajatlar: jalb qilingan resurslar hajmi, deposit bazasining 
strukturasi, jalb qilingan resurslarning foiz stavkalari kabilarga bog’liq. 
Quyidagi xarajatlarni qisqartirishga erishish kerak: 
o
foizsiz xarajatlar (valyuta operatsiyalarida, qimmatli qogo’z bilan bog’liq 


operatsiyalarda, vositachilik xarajatlari); 
o
ma’muriy boshqaruv bilan bog’liq xarajatlar. 
o
Bank xarajatlarini kamaytirish orqali resurs bazaning tarkibi yaxshilash ya’ni 
mijozlarning depozitlarini ko’paytirish va qimmat depozit vositalarining (masalan 
banklararo kreditlar) ulushini kamaytirish imkonini beradi. 
o
Raqobatchilik sharoitida bank tomonidan taklif etilayotgan har bir mahsulot yoki 
xizmat turlari mijozlarga tushunarli, qulay va mashhur bo’lishi kerak. 
o
Internetdagi ma’lumotlar hajmini yanada ko’paytirish, mijozlarga xizmat 
ko’rsatishning qulay usullarini qo’llash, taklif etilayotgan mahsulot va xizmat 
turlari, ularning afzallik tomonlari to’g’risida, umuman bankning texnologik 
imkoniyatlari haqida mijozlarga ko’proq va batafsil ma’lumotlarni qiziqarli qilib 
reklama yordamida yetkazish mumkin. Zaruriyat tug’ilsa, mijozlar uchun maxsus 
seminar va konferensiyalar, maqsadli reklama aksiyalarini tashkil etish lozim. 
Bunday ishlar mijozlarning shu bankka bo’lgan qiziqishlarini yanada orttiradi. 
o
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, yuqoridagi aytib o’tilgan fikrlarimiz hamma 
banklarimiz amalayotida ham qo’llanilib kelinmaydi, ayniqsa bank o’z faoliyatida 
filiallar bilan bog’liq faoliyatga ham alohida va chuqur e’tibor qaratib ularning 
sifatini oshirishlari kerak. Zero, bunday qilingan samarali harakatlar albatta o’z 
samarasini ko’rsatib,bank foydasini oshirishga xizmat qiladi. 

Download 0,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish