А. Туркманов. “Бухгалтерия ҳисoби” фани бўйича ўқув-услубий мажмуа. – Тошкент: Иқтисодиёт, 2018 йил, 249 бет. Ғоя муаллифи: иқтисод фанлари доктори, профессор Б. Ю. Ходиев


Soliq bo’yicha operatsiyalarni hisobga olish



Download 9,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet155/206
Sana04.06.2022
Hajmi9,94 Mb.
#636240
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   206
Bog'liq
УУМ Маъруза машғулоти- Бухгалтерия ҳисоби (барча-2017-18)

2. Soliq bo’yicha operatsiyalarni hisobga olish 
2004 yilning 1 yanvaridan mulk shaklidan qat’iy nazar barcha xo’jalik yurituvchi subektlarda 
qo’llaniladigan yangi schyotlar rejasida byudjet bilan olib boriladigan operatsiyalarni hisobga olib 
borish uchun 11 ta balansli va 2 ta balansdan tashqari schyotlar belgilangan bo’lib, ular quyidagilar:


157 
Balansli schyotlar: 0950 «Vaqtinchalik farqlar bo’yicha kechiktirilgan Foyda solig’i»; 3210 
«Vaqtinchalik farqlar bo’yicha kechiktirilgan Foyda solig’i»; 4410 «Byudjetga soliqlar va yig’imlar 
bo’yicha bo’nak to’lovlari»; 6240 «Soliqlar va majburiy to’lovlar bo’yicha kechiktirilgan 
majburiyatlar»; 6250 «Vaqtinchalik farqlar bo’yicha kechiktirilgan Foyda solig’i bo’yicha 
majburiyatlar»; 6410 «Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarz»; 7240 «Soliqlar va majburiy to’lovlar 
bo’yicha uzoq muddatli kechiktirilgan majburiyatlar»; 7250 «Vaqtinchalik farqlar bo’yicha 
kechiktirilgan Foyda solig’i bo’yicha uzoq muddatli majburiyatlar»; 8840 «Maqsadli foydalanadigan
soliq imtiyozlari»; 9810 «Foyda solig’i bo’yicha xarajatlar»; 9820 «Foydadan hisoblangan boshqa 
soliqlar va yig’imlar bo’yicha xarajatlar» schyotlarni o’z ichiga oladi. 
Balansdan tashqari schyotlarga esa: 012 «Kelgusi davrlarda soliq solinadigan bazadan 
chiqariladigan xarajat» 013 «Vaqtinchalik soliq imtiyozlari (turlari bo’yicha)» schyotlar kiradi.
Yuqorida keltirilgan schyotlarning oldiga qo’yilgan vazifalar turlicha. Bu vazifalarni 
buxgalterlar chuqur anglab amaliyotda ulardan to’g’ri foydalanishlari zarur. 
0950 «Vaqtinchalik farqlar bo’yicha kechiktirilgan Foyda solig’i» schyotida hisobot davrida 
to’lanadigan soliqning kechiktirilgan qismi hisobga olinadi. SHu bilan birga ushbu summa balansdan 
tashqari 012 «Kelgusi davrlarda soliq solinadigan bazadan chiqariladigan xarajatlar» schyotning 
kirimiga yozib qo’yiladi. 
Hisobot davri oxirida ushbu summa soliqqa tortiladigan bazaga qo’shib Foyda solig’iga tortiladi.
4410 «Byudjetga soliqlar va yig’imlar bo’yicha bo’nak to’lovlari» schyotida bo’nak soliq 
summalari, xususan, xarid qilingan xom-ashyo, materiallar, yarim tayyor mahsulotlar va boshqa 
turdagi ishlab chiqarish zahiralari bo’yicha hisoblashish hujjatlarida alohida ko’rsatilgan qo’shilgan 
qiymat solig’i (QQS) hisobga olinadi. 
4410 schyotida yig’ilgan soliq summalarini hisobdan chiqarish tartibi qonuniy va me’yoriy 
hujjatlar bilan tartibga solinadi. Buxgalteriya hisobida 4410 «Byudjetga soliqlar va yig’imlar bo’yicha 
bo’nak to’lovlari» schyotidan chiqarish operatsiyasi quyidagi buxgalteriya hisobi yozuvi bilan 
rasmiylashtiriladi: material resurslari, tovarlar, ishlar va hizmatlarga tegishli QQS summasi qarz 
surishishga (zachetga) qabul qilinganda: D-t 6410 «Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarz», K-t 4410 
«Soliqlar bo’yicha bo’nak to’lovlari» schyoti. 
Amaldagi Nizom qonunchiligi asosida soliqlar bo’yicha imtiyozlar berilgan quyidagi xo’jalik 
subektlariga tegishli:
26
- soliq, bojxona va majburiy to’lovlardan ozod qilish natijasida hosil bo’lgan mablag’larni 
maqsadli vazifalarni bajarishga yo’naltiradigan xo’jaliklar; 
- soliq to’lovlaridan vaqtinchalik ozod qilish natijasida hosil bo’lgan mablag’larni maqsadli 
foydalanishga yo’naltirmaydigan xo’jaliklar. 
Chunonchi, 2003 yil 26 fevralda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasi Prezidentning Farmoni 
bilan Respublikada maxsus klinikalar va tibbiy markazlar tashkil etildi. Davlat tomonidan qo’llab-
quvvatlash maqsadida ushbu respublika ixtisoslashtirilgan markazlari o’z ehtiyojlari uchun olib 
kelinadigan tibbiyot uskunalari va asboblari uchun 2003 yilning 1 martidan to 2012 yilning 31 
dekabrigacha 10 yil muddatga barcha turdagi soliqlar, bojxona to’lovlaribojxona rasmiylashtiruvi 
uchun yig’imlardan tashqarito’lashdan ozod qilinib, bushaydigan mablag’lar Markazlarni rivojlantirish 
va jihozlashga maqsadli tarzda yo’naltirish ko’zda tutilgan. 
Bunday maqsadlar uchun byudjetga to’lashdan ozod qilingan soliqlar summasi moliyaviy 
natijalar to’g’risidagi hisobotda (2-shakl) aks ettiriladi, demak korxonaning moliyaviy natijalarini 
shakllanishiga ta’sir qiladi. 
Byudjetga soliq to’lashdan berilgan imtiyozlar yangi schyotlar Rejasi bo’yicha 8840 «Maqsadli 
foydalaniladigan soliq imtiyozlari» schyotida hisobga olinadi. 
Ayrim xo’jalik yurituvchi subektlar foydadan ajratma solig’idan qonunchilikka binoan 
vaqtinchalik imtiyozlarga aga bo’lishi mumkin. Bunday vaqtlarda umumiy belgilangan tartibda 
hisoblangan foydadan ajratma solig’i summasiga quyidagicha yozuv rasmiylashtiriladi: D-t 9810 

Download 9,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish