А. Туркманов. “Бухгалтерия ҳисoби” фани бўйича ўқув-услубий мажмуа. – Тошкент: Иқтисодиёт, 2018 йил, 249 бет. Ғоя муаллифи: иқтисод фанлари доктори, профессор Б. Ю. Ходиев


 Yuridik shaxslar tomonidan to’lanadigan soliqlar va uning ahamiyati



Download 9,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet153/206
Sana04.06.2022
Hajmi9,94 Mb.
#636240
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   206
Bog'liq
УУМ Маъруза машғулоти- Бухгалтерия ҳисоби (барча-2017-18)

10.3. Yuridik shaxslar tomonidan to’lanadigan soliqlar va uning ahamiyati 
Soliqlar – bu jismoniy va yuridik shaxslar daromadlari hamda mulklaridan ma’lum (qonunda 
belgilangan) bir qismini davlatning moliyaviy imkoniyatini ta’minlash maqsadida majburiylik, 
qaytarmaslik, davlat majburlovini qo’llashlik asosida byudjetga o’tkazishning birdan-bir qonuniy 
usulidir.
Soliqlar milliy daromadni davlat tasarrufiga olishning eng muhim vositasiga aylangani sababli, 
ular makroiqtisodiyotni tartibga solishda borgan sari muhimroq rol o’ynamoqdaki, YAMM umumiy 
hajmida soliq tushumlari salmog’ining ko’payishi buning ko’rsatkichi hisoblanadi. 
Soliqlarni tasniflash - soliqlarni muayyan xarakterli belgilari, ya’ni ularni undirish usullari, 
qo’llaniladigan stavkalar turi, soliq imtiyozlari va hokazolar bo’yicha guruhlashdir.
25
Туйчиев А.Ж. Мажбуриятлар ҳисоби ва таҳлилининг назарий-методологик муаммолари. Монография. –Т.: 
ТДИУ 2010. 256 б.


155 
Soliqlarni turlari bo’yicha tasniflashga bir necha belgilar asos qilib olingan. Halqaro amaliyotda 
ikkita asosiy tasnif guruhlari qabul qilingan-bevosita va bilvosita soliqlar. Ushbu guruhlar soliq solish 
ob’ektiga va to’lovchi bilan davlat o’rtasidagi o’zaro munosabatlarga bog’liqdir. 
Bevosita soliqlar bevosita daromad va mol-mulkka belgilanadi (soliqqa tortishning bevosita 
shakli), ya’ni bevosita soliqlarning uzil-kesil to’lovchisi daromad oluvchi (mol-mulkka egalik qiluvchi 
va h.k.) xo’jalik sub’ekti hisoblanadi.
Soliq to’lovchining daromadi (ish xaqi, foyda, foizlar va boshqalar) va mol-mulki (yerlar, uylar, 
qimmatli qog’ozlar va boshqalar) qiymati bevosita soliqlar ob’ektidir. 
Bilvosita soliqlar - narx yoki tarifga ustama ko’rinishida belgilanadigan, tovar va xizmatlardan 
olinadigan soliqlar. Bilvosita soliqlarga tovarni sotish narxida to’lanadigan yoki tarifga kiritilgan tovar 
va xizmatlarga solinadigan soliqlar kiradi, ya’ni bilvosita soliqlarning pirovard to’lovchisi bo’lib, tovar 
iste’molchisi maydonga chiqadi, uning zimmasiga soliq narxda ko’zda tutilgan ustamalar orqali 
yuklanadi. Mazkur holda korxonalar o’zlari ishlab chiqargan tovarlar va xizmatlarni sotib, soliq 
summalari hisobga olingan pul summalarini oladilar, so’ngra olingan barcha soliq summalarini tegishli 
tartibda byudjetga o’tkazadilar.
Bilvosita soliq solishda davlat amalda yangi qiymatni taqsimlash ishtirokchisiga aylanib, tovar 
yoki xizmatlarni sotish paytida ushbu qiymatning bir qismiga bo’lgan o’z huquqlarini e’lon qiladi.
Bevosita soliqlardan farq qilib, bilvosita soliqlar bevosita to’lovchining daromadi yoki mol-
mulki bilan bog’lanmaydi. Odatda, shaxsiy iste’mol tovarlari shuningdek aholiga sartaroshxonalarda, 
kimyoviy tozalash shohobchalarida, avtotransport korxonalari tomonidan ko’rsatilgan va hokazo 
xizmatlar soliq solish ob’ekti hisoblanadi. Bilvosita soliqlarga tortiladigan tovarlar va xizmatlar soni 
muntazam ravishda oshib boradi. 
Bevosita soliqlar salmog’ining kamayishi korxonalarning moddiy-texnika bazasini 
kengaytirishga, qo’shimcha mahsulot ishlab chiqarishga olib keladigan bo’lsa, bilvosita soliqlar 
salmog’ining ko’tarilishi korxonalarda investitsion faoliyatini rivojlantirishga imkon yaratadi.
Soliqlar majburiy to’lov bo’lib, qonun asosida undiriladi. Demak, soliqlarda, moliyada bo’lgani 
singari doimiy qaytarilib turadigan moliyaviy voqeliklar, aniqrog’i pul munosabatlari bo’ladi. Ana shu 
pul munosabatlarining mazmunini ochish orqali soliqlar mohiyati ochiladi. 
Umumdavlat va mahalliy byudjetlarga to’lanadigan soliqlarning asosiy qismi yuridik shaxslar 
zimmasiga to’g’ri keladi. SHu bilan birgalikda davlat maqsadli fondlariga to’lanadigan majburiy 
to’lovlarning ham kattagina qismini yuridik shaxslar to’laydi. Yuridik shaxslar tomonidan soliqlar va 
majburiy to’lovlarning o’z vaqtida va to’g’ri to’lanishi, avvalo, ularda soliq hisobining qay darajada 
yuritilishiga bog’liq. Soliq hisobini to’g’ri tashkil qilish va yuritishda hisobning asosiy vazifalari 
belgilab olinadi.
Soliq hisobining asosiy vazifalari quyidagilardir: 
- yuridik shaxslar tomonidan soliqlar hamda majburiy to’lovlarni o’z vaqtida va to’g’ri 
hisoblash; 
- hisoblangan soliq va majburiy to’lovlarni davlat byudjeti hamda davlatning maqsadli fondlariga 
o’z vaqtida to’lanishini ta’minlash; 
- soliqlar va majburiy to’lovlar bo’yicha belgilangan imtiyozlardan keng foydalanish. 
Ma’lumki, O’zbekiston Respublikasining korxonalar, birlashmalar va tashkilotlardan olinadigan 
soliqlar Soliq kodeksiga amalga kiritilgan edi. 

Download 9,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish